Afrika kubogi-2023 to'purari terma jamoadan chetlatildi

Оқил Абдубарноев
15 fev 2024, 21:24
Yaqinda yakuniga etgan Afrika kubogida to'purarga aylangan Ekvatorial Gvineya hujumchisi Emilio Nsue "sirli" sabablarga ko'ra terma jamoadan chetlatildi.

Ekvatorial Gvineya futbol federatsiyasi Nsue va uning jamoadoshi Edo Salvadorni noma'lum muddatga terma jamoadan chetlatilishini e'lon qildi.

Bayonotda diskvalifikaciyaning asl sababi oshkor etilmagan. Faqatgina turnir davomida Kot-dIvuar policiyasining aralashuvini talab qilgan intizomsiz harakatlar amalga oshirgani aytilgan.

Ekvatorial Gvineya turnirni 1/8 finaldayoq tark etganiga qaramay, Emilio Nsue 5 ta gol bilan "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Экваториал Гвинея футбол федерацияси