So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  0 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  1 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   9 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

afcasiancup.com: Ular qanday chiqishdi? O'zbekiston Yangiliklar

afcasiancup.com: Ular qanday chiqishdi? O'zbekiston

Osiyo Kubogi rasmiy veb-sayti afcasiancup.com O'zbekiston terma jamoasining qanday qilib Osiyo chempionatiga chiqqani haqida to'xtalib o'tdi.
Malumot uchun:
O'zbekiston milliy terma jamoasi
Qita chempionatlaridagi ishtiroki: 5 (1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
Eng yaxshi ko'rsatkich: 4-o'rin (2011)
O'yinlari soni: 20 (9 g'alaba, 3 durang, 8 mag'lubiyat)

O'zbekiston terma jamoasi shu paytgacha besh marta Osiyo Kubogida qatnashgan bo'lib, eng yaxshi ko'rsatkichga 2011 yil Qatarda o'tkazilgan musobaqada erishgan. O'shanda jamoa uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Janubiy Koreyaga 2:3 hisobida mag'lub bo'lib, yakunda to'rtinchi o'rin bilan kifoyalangandi.

Oradan vaqt o'tib navbatdagi qita birinchiligi saralash bosqichini ijobiy o'tkazgan O'zbekiston termasi yana Osiyo chempionatiga yo'l oldi. Saralashdagi dastlabki bahsni o'z maydonida Gonkongga qarshi o'tkazgan jamoa 0:0 o'ynadi. Keyin esa safarda BAA bilan kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. O'yinda o'zbekistonliklardan SHohrux Gadoev gol urgandi.

Keyingi uchrashuvlarga kelib O'zbekiston g'alaba nashidasini surdi: Vetnam 3:1 hisobida dog'da qoldirildi. Sardor Rashidov bilan Igor Sergeev bittadan to'p kiritgan bo'lsa, yana bir golni vetnamliklar himoyachisi o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Javob bellashuvida esa 3:0 hisobi qayd etildi. Yana Rashidov bilan Sergeev, shuningdek Vohid SHodiev o'zini ko'rsatdi.

Undan keyingi bellashuv Gonkong bilan o'tkazildi va bunda 2:0 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritildi. Bu uchrashuvda Vohid SHodiev bilan Odil Ahmedov gol mualliflari bo'lishdi.

Nihoyat guruhdagi oxirgi o'yinni o'z maydonida BAAga qarshi o'tkazgan O'zbekiston 1:1 hisobida durang qayd etdi. Igor Sergeev tomonidan kiritilgan gol o'zbeklarga ketma-ket oltinchi marta Osiyo chempionatida qatnashish eshigini ochdi.

Jamoa Avstraliyadagi qita birinchiligida "V" guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDRga qarshi bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика