So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  3 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  3 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Adnan Oraxovac: “O'zbekistonni doim yaxshi xotiralar bilan yodga olaman” Yangiliklar

Adnan Oraxovac: “O'zbekistonni doim yaxshi xotiralar bilan yodga olaman”

2015 yil Toshkentning “Paxtakor” klubiga kelgan chernogoriyalik himoyachi Adnan Oraxovacni o'quvchilarimiz juda yaxshi bilishadi.

Ikki yarim yil davomida “sherlar” safida, yarim yil Samarqandning “Dinamo” klubi tarkibida o'ynagan himoyachi qishda Tailand klubiga o'tdi. Biz Tailand oliy ligasining "Prachuap FC" klubi safida faoliyat olib borayotgan futbolchi bilan bog'lanib u erdagi sharoitlar, O'zbekistondan xotiralar borasida suhbat qurdik.

- Tailandga o'tish qanday sodir bo'ldi?
- O'tgan mavsum "Dinamo"da o'ynab yurganimda chempionat tugashiga 6-7 tur qolganida Tailanddan taklif bo'ldi. Ammo o'sha paytda bu haqda o'ylashni istamadim. Agar meni o'z klublaridan ko'rishni istashsa mavsum tugashini kutishsin deb javob berdim. CHunki "Dinamo"ga oliy ligada qolishiga yordam bermoqchi edim. Mavsum yakuniga etgach klub mening agentimga shartnoma yubordi va unga men rad javobini bera olmadim.

- Klubingiz haqida nima deya olasiz?
- "Prachuap FC" kichkinagina klub, o'z tarixida birinchi bor Tailand oliy ligasida o'ynamoqda. Klub kichik bo'lsa ham ajoyib infrastrukturaga ega, mashg'ulot maydoni, baza, o'yin maydoni ajoyib holatda. Moliyaviy jihatdan ham yaxshi imkoniyatlarga ega. Bu erga menga barchasi yoqmoqda, murabbiylar, futbolchilar barchasi.


- O'zbekistondan qanday xotiralar qolgan?
- O'zbekistonni doim yaxshi xotiralar bilan yodga olaman. U erda ajoyib 3 yilni o'tkazdim, ko'plab yaxshi insonlar bilan tanishdim. U erda ko'plab do'stlarim bor, ular bilan tez-tez gaplashib turaman.

- O'zbekiston chempionatida o'zgarishlar katta, uni kuzatib borayapsizmi?
- Ha imkon bo'lishi bilan kuzatayapman. O'yinlarni ko'rayapman, ko'plab yangiliklar bor. O'zbek futboli rivojlanmoqda va o'tgan yilga nisbatan kuchaydi.

- Uch yil davomida O'zbekistonda o'ynadingiz. Siz uchun eng noqulay raqib hujumchisi kim edi?

- Kuchli hujumchilar ko'p edi. Ulardan eng kuchli uch nafar hujumchi: Nemanya Yovanovich, Dragan CHeran va Marat Bikmaev.

- Tailand oliy ligasi saviyasi qanday?

- Saviyasi yaxshi. Har bir klub moliyaviy tomonlama kuchli. SHu bois har bir klubda kuchli legionerlar bor. "Buriram"da Diogo, "Muangton Yunayted" safida Selio, Eberti, "Port" klubida chernogoriyalik Dragan Boshkovich, "Bangkok Glass" safida Mario Gjurovski, "CHainat Xornbill" tarkibida Floran Sinama-Ponol kabi futbolchilar o'ynashmoqda.

- Siz himoyachisiz. Ammo dastlabki 6ta o'yinda 3ta golli pas berdingiz. Tailandda burchak to'pi tepayapsizmi?
- (Kuladi) ajoyib savol. Yo'q shunchaki jarima to'pi yoki burchak to'pi vaqtida menga uzatiladi, men esa qulay vaziyatda turgan sheriklarimga to'pni oshirishim mumkin. SHunday tarzda golli paslarga ega bo'ldim. Buning ustida mashg'ulotlarda ishlayapmiz.


- Qachondir yana O'zbekistonga qaytasizmi?
- Hozircha Tailanddaman. Bu erda ko'proq o'ynamoqchiman. Agar O'zbekistondan yaxshi taklif bo'lsa nima uchun yo'q deyishim kerak?

- O'z vaqtida sizdan intervyu olganimda Paolo Maldini va Alessandro Nesta eng kuchli markaziy himoyachilar deb aytgandingiz. Ayni paytda o'ynayotganlar orasidan kimlarni alohida ko'rsata olasiz?

- Hozir faoliyatini davom ettirayotganlar orasida Serxio Ramos, Tiago Silva va Stefan Savichni eng kuchli deb hisoblayman.

- Nima deb o'ylaysiz qaysi qaysi terma jamoa birinchi bo'lib Jahon chempionatiga chiqadi CHernogoriya yoki O'zbekiston?
- O'tgan saralash bosqichida CHernogoriyaga ham, O'zbekistonga ham ozgina omad etishmagandi. O'zbekistonga bitta gol etmagan bo'lsa, CHernogoriyaga 4 ochko etmadi. O'zbekiston safarda Xitoyni mag'lub etishi kerak bo'lgan o'yinda yutqazib qo'ygandi. O'sha o'yinda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'lgandi. Ammo bu futbol va hayot to'xtab qolmaydi. Xatto Jahon chempioni bo'lgan Italiya ham saralashdan o'ta olmadi. Ishlashda davom etib oldinga intilish lozim. O'zbekistonda qobiliyatli va mahoratli futbolchilar juda ko'p. Umid qilamanki, 2022 yilgi Qatarda bo'ladigan Jahon chempionatida ham CHernogoriya, ham O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi.


- Ikki yil oldin uylanishimga hali 2-3 yil bor degandingiz. Vaqt keldimi?
- Yo'q hali. Balki yana ikki yil kutarman (kuladi).  To'g'risi hozircha uylanish rejada yo'q.

- "Dinamo" maoshingizni to'liq to'lab berganmi? Qarzdorliklar qolmaganmi?
- Ha albatta. Klub barcha pullarimni berdi. Hech qanday muammo bo'lmadi. Ushbu klub bilan do'stona xayrlashdim.

- O'zbekistonlik muxlislarga nima deysiz?
- Sevimli klubingiz va terma jamoaga muxlislik qiling. Agar jamoaingiz yutqazib tursa futbolchilarni so'kib emas qo'llab quvvatlab ruhini ko'taring shunda natija bo'ladi. Ishoning maydonga tushgan har bir futbolchi sizdan ham ko'proq g'alaba qozonishni istaydi. O'zbekiston men uchun ikkinchi uy. Doim O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика