So’nggi yangiliklar

18:20Суперлига. "Динамо" – "Металлург": Асосий таркиблар маълум  0 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  11 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8

"Adidas" to'plari Superliga ishtirokchilariga maqul keldimi? Futbolchilar fikrlari, PFL o'z imidji uchun nima qilishi kerak? Yangiliklar

"Adidas" to'plari Superliga ishtirokchilariga maqul keldimi? Futbolchilar fikrlari, PFL o'z imidji uchun nima qilishi kerak?

Superliga-2021 ham o'z yakuniga etdi.

Turli yo'nalishlarda mavsum yakunlariga bag'ishlangan material va maqolalar chiqib turibdi. Bugun etiborni ortda qolgan chempionatimizda foydalanilgan to'plarga qaratmoqchimiz.

Bu yil Superligada "Adidas Conext 21" to'plaridan foydalanildi. Ushbu to'plar ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi. Yodingizda bo'lsa, Superliga-2020ni jamoalar "Puma" to'plarida o'tkazgandi. Ammo, o'shanda ko'pchilikka "Puma" maqul kelmagandi. Bu yilgi mavsum oldidan PFL futbol jamoatchiligining etirozlaridan kelib chiqib yangi to'plardan foydalanishga qaror qildi. Superliga-2021da ishlatilgan "Adidas Conext 21" to'plari haqida fikr olish uchun bir nafar darvozabon, himoyachi va chempionat to'purari CHeranga murojaat qildik.

Milan Mitrovich, "So'g'diyona" (Superliga-2021da eng ko'p "quruq o'yin" o'tkazgan ikki darvozabondan biri): "Bu mavsum o'tgan yilgidan farqli ravishda juda yaxshi to'plarda o'ynadik. Bu yil to'plarda g'alati traektoriya bo'lmadi. Oldingi mavsumdagi to'plar esa juda g'alati traektoriya bilan uchardi".


SHerzod Nasrullaev, "Nasaf" (Superliga-2021da eng ko'p golli pas bergan futbolchi - 7ta pas. SHuningdek, SHerzod uchta gol ham urgan): "Bu yilgi "Adidas" to'plari har tomonlama menga yoqdi. O'tgan yilgi "Puma" bilan solishtirganda bu to'plar yaxshiroq".


Dragan CHeran, "Paxtakor" (Superliga-2021 to'purari - 16ta gol + 4ta golli pas): "O'zgacha nimadir deya olmayman. O'ylashimcha, o'tgan yilgi "Puma" to'plari yaxshiroq edi".


Ko'rib turganingizdek, ikki futbolchi yangi to'plarga ijobiy baho berdi, bittasi esa oldingi to'pni maqul deb hisobladi. Maqola muallifining fikricha ham, bu to'p avvalgisidan afzal. Sifat haqida futbolchilar yuqorida aytib bo'lishdi. Superliga-2020da "Puma" to'plari mavsum yarmiga keliboq oqarib ketgandi. Bunisi esa uzoqroq muddatga chidab berdi.

Bazi klublar vakillari PFL mavsum boshida 20ta to'p bergani, keyinroq esa yana 10ta berganini aytishdi. Va keyingi ajratilgan 10ta to'p avvalgisidan farq qilishini, yani sifati pastroqligini aytishdi. Demak, PFL klublarga ikki xil to'p tarqatgan. Bunga oydinlik kiritish maqsadida PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev bilan bog'landik. Uning so'zlariga ko'ra, avvaliga PFL Pokistondan mana shu to'plarni etkazib beruvchi shaxs (Ahmed) bilan shartnoma qilib, 1000ta to'p uchun pul ham o'tkazib berishgan. Keyinroq, u shaxs ko'rinmay ketgan. SHundan so'ng PFL o'zi Rossiya orqali to'plarni etkazib beruvchi boshqa variant topgan va ularga buyurtma bergan. Superliga klublariga dastlab 20tadan tarqatilgan to'plar aynan Rossiya orqali olib kelingan. Malum vaqtdan keyin Ahmed yana paydo bo'lgan. Endi PFL uning to'plari sifatli ekanligiga shubha qilgani holda har ikki to'pni ekspertizaga bergan. Ekspertizada to'plarni yorib ko'rib tekshirilgan va PFLga rasman xulosalar taqdim etilgan. D.Imomxo'jaev o'sha ekspertiza xulosalarini bizga ham taqdim etdi. Unga ko'ra, Pokistondan olib kelingan to'plarning sifati ham talabga javob beradi. Yani, sifatsiz emas. Xulosalarni kuzatib chiqarkanmiz, asosan ikki jihatda farq bor: tikilishi va suv shimish darajasi.


Tabiiy teridan tikilgan to'plar yomg'irli havoda 205 grammdan ko'p suv shimib olmasligi kerak. Agar suv shimish darajasi 205 grammdan ortsa, sifatsiz bo'ladi. Suniy teridan tikilgan to'plarda esa bu ko'rsatkich: 180 gramm. Bu belgilangan norma. Endi birinchi to'pda suv shimish darajasi 2.5 grammni qayd etgan bo'lsa, Pokistondan keltirilgan to'plarda bu 15.2 gramm. Har ikkala to'p ham bu borada talabga mutlaqo javob beradi. O'zaro solishtirganda esa birinchisi nisbatan yaxshiroq. Yakunda PFL 1000ta to'pga oldindan qilingan to'lovni yarmini qaytarib olgan va 500ta to'p olgan. Klublarga keyinroq tarqatilgan (10tadan) to'plar aynan Pokistondan keltirilgan. Klublar vakillari bilan suhbatimizdan keyin shunga amin bo'ldikki, ularga birinchi to'plar maqul kelgan.

Etibor qaratishga arzigulik yana bir jihat bor: To'plar mavsum davomida xiralashib, rangini yo'qotmoqda. To'plar PFL musobaqasi hisoblanmish Superliganing yuzi. Qachondir APL, La Liga yoki OCHL, OFK Kubogi kabi musobaqalarda rangi xiralashgan to'plardan foydalanishganini eslay olasizmi? Doim yangi to'plarda o'ynashadi u erlarda. Masalan, OCHLda OFK klublarga har bir o'yin va mashg'ulot uchun 10tadan to'p yuboradi. Yani, "Paxtakor" guruh bosqichida ishtirok etishi aniq. OFK yangi mavsum OCHL oldidan "sherlar"ga guruhdagi 6ta o'yin uchun oldindan 60ta to'p jo'natadi. "Molten" to'plari OFKning rasmiy hamkori hisoblangani bois ularda jamoalarga to'p etkazib berishda hech qanday muammo yo'q.


PFLda esa hozircha to'p etkazib beruvchi hamkor yo'q va ular to'plarni o'zlari sotib olishadi. SHu o'rinda mavsum boshi va oxiridagi ikki o'yindan to'plarni taqdim etamiz.



Superliga-2021 1-turi doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidagi to'p.


Superliga-2021 26-turi doirasidagi AGMK - "So'g'diyona" (0:1) uchrashuvidagi to'p.


PFL tarqatadigan 30ta to'pdan tashqari, klublarni o'zlari ham mashg'ulot uchun to'plar sotib olishlari mumkin. Sababi, mavsum yakuniga borib ular xiralashib ketmoqda. SHuningdek, klublar o'yinda foydalaniladigan to'plarni tozalab ishlatishsa ham maqsadga muvofiq bo'lardi.

Yaxshi kadrni kir to'p buzib turibdi.


PFL 30ta to'pning hammasini mavsum boshida emas, yarmini 2-davra oldidan bergani maqul nazarimizda. SHunda ikkinchi darvada ham to'plar yangidek turadi. SHu masalani ham D.Imomxo'jaevdan so'radik. Uning so'zlariga ko'ra, PFL yangi mavsum uchun ham Rossiya orqali 1000ta to'pga buyurtma bergan va bu safar biz taklif qilayotgandek mavsum boshida 15tasini, yozda qolgan 15tasini berishni mo'ljallayapti.

O'yinlarni yangi to'plarda o'tkazishga nima etsin. Har holda eskirgan va xiralashgan to'plar Superliga imidjiga ijobiy tasir qilmasligi aniq.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика