So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  3 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  21 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  9 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

Abror Pirriev Rodrining gaplariga munosabat bildirdi Yangiliklar

Abror Pirriev Rodrining gaplariga munosabat bildirdi

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Rodri yaqinda og'ir taqvimdan nolidi.

Xususan mohir yarim himoyachi shunday degan: "Odamlar faqat o'yinni ko'radi, lekin oldingi davr, tayyorgarlik, sayohat, mehmonxonada o'tkazilgan vaqt ham bor. Rostini aytsam, bu borada nimadir qilish kerak. O'yinlar ko'payib bormoqda va bu to'xtaydiganga o'xshamaydi".

"Siz futbolchilar haqida qayg'urishingiz kerak. Men buni juda yaxshi tushunaman. Futbol biznes ekanini bilaman, buning uchun katta pul jalb etilishini ham bilaman, lekin sportchilarga g'amxo'rlik qilishingiz kerak bo'lgan nuqta ham bor". (Malumot uchun, Rodri bu mavsum "Manchester Siti" tarkibida 50ta uchrashuvda maydonga tushdi).



"Lokomotiv" bosh shifokori Abror Pirriev soha mutaxassisi sifatida Rodrining gaplariga quyidagicha munosabat bildirdi:


"Avvalo u o'tgan mavsum 50ta o'yin o'tkazgani va bu professional futbolchi uchun meyoriy miqdor ekanini aytib o'tmoqchiman. Umuman olganda, har qanday futbolchi mavsumni bir xil "temp"da, yani uzun tanaffuslarsiz o'tishini xohlaydi. CHunki professionallar uchun o'yin bu chinakam mashg'ulot hamdir.
APL taqvimida turlar oralig'i o'rtacha 5-6 kunni tashkil etadi. Bu optimal oraliq. Va yillik taqvim hadeganda o'zgaravermaydi-ki, bu bilan klub mukammal reja tuzib olishiga imkon yaratiladi".

"Endi boshqa holatga to'xtalsam. Deylik, ayrim chempionatlarda jamoa yig'in o'tkazib, mavsumni boshlab olgach, 2-3 tur o'tar-o'tmas yoki davraning malum qismida tanaffuslar yuzaga keladi. Jamoa nima qiladi? Jismoniy holat va o'yin amaliyotini ushlab turish uchun tag'in o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tashga kirishadi. Futbolchi eng yomon ko'rgani o'quv-mashg'ulot yig'inlari. CHunki jamoa kuchaytirilgan tartibda ishlashi zarur. Yaqindagina zo'riqishlardan o'tib chempionatga etib kelgan futbolchi organizmi uchun bu qo'shimcha stress olib keladi".

"O'xshatish o'rnida buni tezlik olib ulgurgan poezdga qiyoslash mumkin. Poezd kerakli tezlikni olib, ravon harakat darajasiga chiqquniga qadar zo'riqib, tutun bo'ralatib, biror muddatda kerakli tezlikka erishadi. So'ngra shu tezlikda ravongina manziliga etib boradi – xuddi APL jamoasi kabi. Boshqa bir chempionatdagi poezd esa endi tezlik olib ravon harakatga shaylanganda, allaqanday bekatda to'xtab o'tishiga to'g'ri keladi. Bekatda to'xtagan poezd yana avvalgi tezlik bilan ravon harakatga etguniga qadar o'sha tutun bo'ralatish-u, o'sha zo'riqish..."

"Xullas, chempionat davomida bir maromda davom etadigan o'yinlar ko'pligidan noliyotgan Rodri, boshqa bir - o'yinlar soni kam bo'lsa-da, uzundan-uzun yig'inlar-u, to'xtalishlar sabab qayta yig'in o'tish mobaynidagi mashg'ulotlar hamda o'rtoqlik o'yinlari ila APL o'yinchisidan ko'proq yuklama olib ulguriladigan chempionatda to'p tepib ko'rganida edi..."

"Umuman olganda, har qanday professionalga o'yin mashg'ulotdan maqulroq.CHunki o'yin futbolchiga zavq bag'ishlaydi, tajriba va tanilish imkonini beradi, qolaversa mablag' olib keladi. Organizm tiklanishiga kelsak, bu borada APL mutaxassislarining tayyorgarlik rejasini tuzishdagi tajribasi-yu, tibbiy quvvatlov imkoniyatlari keragidan-da ortiq ekaniga shubha yo'q".

"Alqissa, mo'maygina daromad evaziga barcha jihatlar yozib o'tilgan shartnomaga qo'l qo'ygan professionalning taqvim zichligi borasidagi norizoligi-yu, g'amxo'rlik haqidagi davosi etarli asosga ega emas".


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика