Abramovich katta pullarni sarflamoqchi emas. U Frenk Lempardga shart qo'ydi
09 iyu 2020 17:03
Yangiliklar


Abramovich katta pullarni sarflamoqchi emas. U Frenk Lempardga shart qo'ydi
"CHelsi" yarim himoyachilari Ngolo Kante va Jorjino yaqin transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, londonliklar xo'jayini Roman Abramovich bosh murabbiyi Frenk Lempardga shart qo'ydi. Biznesmen transferlar uchun katta pullarni sarflamoqchi emas, shu sabab murabbiy o'yinchi xarid qilgan taqdirda, biror-bir futbolchisi bilan xayrlashishi kerak.
SHu sabab yarim himoyachilar Ngolo Kante va Jorjinolar klubdan ketishi kerak. Ularning o'rniga Kay Xaverc va Timo Vernerlar keladi. "Lester" himoyachisi Ben CHiluellning xaridi Markos Alonso yoki Emerson Palmierilardan biri bilan xayrlashishga olib keladi.
"Leypcig" o'yinchisi Timo Verner 60 million evro evaziga "CHelsi"ga o'tadi. Xavercning transferi uchun 85 million evro sarflanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar