So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Abramov va boshqa masalalar bo'yicha O'FF hamda PFL rahbariyati bilan uchrashuv Yangiliklar

Abramov va boshqa masalalar bo'yicha O'FF hamda PFL rahbariyati bilan uchrashuv

Kuni kecha hamkasbim Narzulla Saydullaev bilan O'FFga bordik.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad kuni kecha Vadim Abramovni futboldan chetlatilgani bilan bog'liq va terma jamoaga oid yig'ilib qolgan savollarga javob olish edi.

PFL rahbari Omon G'ofurov hamda O'FF vice-prezidenti SHoakram Isroilov bilan o'tgan salkam 4 soatlik muloqotda ko'plab masalalar bo'yicha suhbat, bahs-munozara, o'zaro fikr almashish bo'lib o'tdi.

1. Vadim Abramov nega chetlatildi?

O'FF vice-prezidentiga Vadim Abramov nega chetlatildi, deya murojaat qilganimizda SHoakram Isroilov quyidagi vajlarni keltirdi:

"Abramov O'FFning o'zgarishlariga qarshi noo'rin fikrlar bildirishdan charchamadi. Uning chetlatilishi yaqinda bo'lib o'tgan majlisdagi gaplari bilan bog'liq emas. Vadim Abramov bergan intervyusida balki majlisdagi gaplarim ularga yoqmagan bo'lsa kerak, debdi. Aslida unday emas. Abramov bir necha bor OAVdagi chiqishlari orqali O'FFning qilayotgan o'zgarishlariga qarshi chiqayotganini ko'rsatdi.
Lekin chetlatilishning sababi birgina bular emas. Abramovning ish faoliyatini to'liq o'rganib chiqdik, bazi kamchiliklar, ishdagi yo'l qo'yilgan xatolarni ko'rdik. Bu shunchaki o'tirib olib qabul qilingan qaror emas. Abramovning faoliyatiga doir ko'plab malumotlar bor bizda. Hammasini chuqur o'ylab, tahlili qilib uni nomuayyan muddatga chetlatdik.
Futbolni yaxshi tushunsa, kerakli maslahatlari bo'lsa nega kelib biz bilan bo'lishmadi? Bizning har doim eshigimiz ochiq.

(c) SHoakram Isroilov.


Har qanday murabbiy o'z fikrini aytishga, futbol mutaxassisi sifatida munosabat bildirishga haqli. O'FFning bu qarori nafaqat Abramov uchun, balki boshqa murabbiy va futbolchilarni ham og'zini yopib qo'yilishiga, o'zi shundoq ham gapirmaydigan murabbiylarni endi OAV orqali muloqot qilishi yanada qiyin bo'lishini takidladim. Biroq O'FF rahbariyatini takidlashicha, bu narsa hech kimni "og'zini yopish" uchun qilinmagan. SHunchaki Abramov borasida boshqa masalalar ham ko'tarilgani aytildi.


2. Terma jamoa masalasi

Ko'pchilikni qiziqtirayotgan va o'ylantirayotgan mavzu: MTJga kim bosh murabbiy bo'ladi? Bu masala bo'yicha SHoakram Isroilovga murojaat qilganimda, ayni paytda murabbiy izlash bo'yicha ish qizg'in ketayotgani va yaqinda elon qilingan 9 nafar nomzod ichiga yana bitta mutaxassis qo'shilgani malum bo'ldi. Yaqin kunlar ichida ushbu mutaxassis borasida rasmiy axborot berilishi aytildi.

Xush, demak MTJga yangi murabbiy deyarli topilganga o'xshaydi. SHunday bo'lsa, MTJga bosh murabbiy tanlanayotganida aynan qaysi kriteriyalarga etibor qaratilishi haqida so'raganimda, SHoakram Isroilov quyidagicha javob berdi:
"Birinchi navbatda terma jamoalar bilan ishlash tajribasi. Ikkinchi o'rinda esa bizning futbolga, hozirgi mavjud sharoitda ishlay olishi, to'g'ri kelishi inobatga olinadi".



3. Kutilmagan qarorlar
O'FFda rahbariyat o'zgarganidan keyin ishga bo'lgan yondoshuv va munosabat o'zgardi.
Hakamlarni chetlatilishi, "Buxoro" va "Nasaf" muxlislari uchun jazolanishi va hokazolar.
Avvaliga Rustam Bobomurodov futboldan butunlay chetlatildi. Keyinchalik Olim Tolibjonov hamda Vadim Agishev malum muddatga diskvalifikaciya qilindi.
Yaqinda Vadim Abramov ushbu ro'yxatni to'ldirdi.

Keyingi mavsumdan boshlab jarimalar miqdori yanada ko'payadi.
Rustam Bobomurodov birgina xatosi evaziga butunlay futboldan chetlatilishi qanchalik adolatli?
Bu savolga rahbariyat ushbu xatolar birinchisi emasligini qistirib o'tib, Bobomurodovning xatolar limiti to'lib ketgani uchun bunday qaror qabul qilingani malum qilindi.

SHerzod Qosimov, Aziz Asimov va Doniyor Saylavovlar ham o'z xatolari evaziga jazolanganini va endilikda hakamlarga qo'yilgan baho hech qaerda elon qilinmasligi takidlandi.
Butun dunyoda hakamlarga qo'yilgan baholar elon qilinmaydi. Endilikda bizda ham ushbu amaliyot qo'llaniladi. Yani hakamlarning o'zi ham necha ball olganini bilmaydi. Ular keyingi turgacha qanday ishlashani va necha bahoga loyiq ko'rilganini o'ylab, o'z ustida ishlaydi.
Uchrashuv nazoratchisi o'yindan keyin hakamlar bilan faqatgina qaerda xato qilgani va qaerda to'g'ri qaror qabul qilgani bo'yicha muhokama qiladi.

Keyingi mavsumdan boshlab eng yaxshi ball to'playdigan hakam ishlashda davom etadi va ishi pasayib ketadigan hakam esa Super liga o'yinlariga tayinlanmay, Pro-liga uchrashuvlariga hakamlik qiladi.
Hakam qachonki o'z ishini sifatini oshirmaguncha Super liga bellashuvlariga tayinlanmay turadi.

SHuningdek, kelasi yildan hakamlarga to'lanadigan pullar ham ikki karra oshiriladi. Qachonki hakamlar o'z ishlari uchun munosib rag'batlantirilsa, o'shanda ular o'yinlarni adolatli boshqarishadi. Ortiqcha gap-so'zlarga ham hojat qolmaydi.

"Buxoro"dagi o'yinda muxlislar chinakamiga tartibsizlik chiqarishgani hamda stadion suhandoni uchun klub jarima to'lagandi.

SHoakram Isroilov hamda Omon G'ofurovning aytishicha, PFL klublari uchun 10-20 million pul hech narsa bo'lmay qolgan. SHu boisdan jarimalar miqdori qanchalik kattaroq bo'lsa, o'shanda ular keyinchalik ushbu xatolarni takrorlanmasligini oldini olishlari mumkin. Aks holda vaziyat o'zgarmayotganligini bildirishdi.

Yangi rahbariyat o'zgarishlardan ko'zlangan maqsad haqida to'xtalar ekan, futbolimizni yangi darajaga olib chiqish, yuzaga chiqqan ko'plab muammolarni imkon qadar yangicha uslubda bartaraf etishdan iborat ekanligini takidlab o'tdi.

Qarorlar qabul qilinayotganida bazan keskin choralar ko'rishga majbur bo'linayotgani ham alohida etirof etildi.


"Bolalar futboli bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida. Respublikamizda 27ta futbol maktab-internati bor. Bu maktab-internatlari uchun davlat hisobidan har yil katta mablag' sarflanmoqda. Lekin bu maktab-internatlarida tarbiyalanayotgan bolalar qani? Ular qaerga ketishyapti, nega yuqori saviyali futbolchilar etishib chiqmayapti? CHunki ish to'g'ri yo'lga qo'yilmagan.
Bolalar futbolida ishni to'g'ri yo'lga qo'yish juda muhim. Xabaringiz bor, viloyatlar to'rtta hududga bo'lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinmoqda. Kuni kecha serbiyalik Zavisha Milosavlevich poytaxtimizga tashrif buyurib, o'z dasturini taqdim qildi. Ispaniyalik yana bir mutaxassis Kiko Zuniga yurtimizga kelib, bolalar futboli bo'yicha rejalari bilan o'rtoqlashadi. Bu ishlarning barchasi yurtimizdagi futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish maqsadida amalga oshirilmoqda", - dedi SHoakram Isroilov.


Normativ bo'yicha so'ralganida, SHoakrom Isroilov Oliy liga, umuman terma jamoa futbolchilarining ham jismoniy holati talabga umuman javob bermasligini aytib o'tdi.

Normativ testlarni joriy etilishidan ko'zlangan maqsad - futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash uchun ularga ko'mak berish.

Oliy liga jamoalarida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar futbolchilarni kerakligicha tayyorlay olishmayotgani, klublarda dietolog, fitness-murabbiy yo'qligi evaziga ham holat shu darajaga tushib qolgani aniq.

Kelasi mavsumdan boshlab PFL bu borada ham kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqchi.
Normativ testlar futbolchilarga qandaydir cheklov qo'yish uchun emas, aksincha ularni jismonan etukroq bo'lishlariga ko'mak berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Normativ testdan o'tolmagan futbolchiga kerakli tavsiyalar berilishi va o'sha futbolchi tavsiya etilgan dastur bo'yicha shug'ullanishi aytildi. Keyinchalik esa mavsum avvalida qaytadan normativ test topshirishi malum qilindi.

Bu klub ishiga aralashish emasmi?

Aynan shu savol bilan murojaat qilganimizda, SHoakram Isroilov va Omon G'ofurov boshqa choramiz qolmadi-da, deb javob qaytarishdi.

"Futbolchilarimizning jismoniy holati juda achinarli ahvolda qolganidan keyin nima qilaylik? Biz qaramasak, hech kimni bu bilan ishi bo'lmayapti-ku?
Biz klublarning yoki murabbiylarning ishiga aralashmoqchi emasmiz. Qachonki klublarimizni ham to'liq professional bo'lishsa, biz ular bilan ishimiz bo'lmaydi. Oyoqqa turib olishguniga qadar ularga bu borada ko'mak bermoqchimiz xolos. SHu paytga qadar O'FFning klublar bilan ishi bo'lmagan. Klublar o'zi bilgancha ishlagan. Normativlar natijasi o'zgartirib PFLga topshirilgan.

Lekin muxlislarni aldab bo'lmaydi. Futbolchilarimiz 60-daqiqadan keyin jismoniy jihatdan toliqib qolishayotganini ko'ryapmiz. Bu holat xalqaro musobaqalarda terma jamoalarimiz natijasiga salbiy tasir qilmoqda. SHu sababli ham O'FF mutaxassislari tomonidan futbolchilardan normativlar qabul qilinishi yo'lga qo'yildi. Jamoalar ro'yxat asosida normativlarni topshirishyapti", - deydi PFL rahbari Omon G'ofurov.



SHu o'rinda Omon G'ofurov hamda SHoakram Isroilov hech bir qarorga shunchaki kelinmayotganini qabul qilishmayotganini alohida takidlashdi.

"Har bir qaror ustida bosh qotirilib, chuqur tahlil qilinmoqda. Ko'pchilik bizni futbolda yangi, hech nimani tushunmaydi, demoqda. Xo'p, shuncha yil futbol odamlari, futbolni zo'r tushunadigan mutaxassislar ishlashdi. Xo'sh, nima o'zgardi?
Bizning maqsadimiz futbolimizni rivojlantirish, JCHga chiqish, yangi yutuqlarga erishish va chempionat saviyasini ko'tarishdan iborat. O'ylaymanki, barchaning maqsad va istagi shu. SHu yo'lda barchamiz bir bo'lib ishlasak, bir yoqadan bosh chiqarsak, ko'zlagan marraga etamiz", 
 - dedi SHoakram Isroilov.

Muloqot chog'ida yana bir qator masalalar bo'yicha qizg'in suhbat bo'lib o'tdi.

Bazi masalalar bo'yicha etirozlarimizga O'FF tushuntirish berishdan qochmaganligi va samimiy suhbati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика