Abidal: "Messi menga ertaga qaerda bo'lishini bilmasligini aytdi, ammo sport dunyosi shunday"
14 jan 2015 11:42
Yangiliklar


Abidal: "Messi menga ertaga qaerda bo'lishini bilmasligini aytdi, ammo sport dunyosi shunday"
"Barselona" sobiq himoyachisining takidlashicha, ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messi klubini o'zgartirmaydi.
"Messini yaxshi bilaman. U tarbiyali inson. Leo klubga va boshqa odamlarga zarar etkazish uchun "Barselona"da emas. Uning o'z feli bor, lekin Messi qolganlarni hurmat qiladi. Futbolchining takidlashicha, u bugun "Barselona"da, ammo ertaga qaerda bo'lishini bilmaydi. Biroq sport olami shunday qurilgan. Messi "Barselona"da qolishiga ishonaman. "Barselona" uning uyi va Messi o'z o'yini bilan hammasini isbotlab bo'ldi" - deydi Abidal.

Fikrlar