Abduxoliqov bugun "Xayduk" bilan rasman shartnoma imzolaydi
27 fev 2014 12:32
Yangiliklar

Abduxoliqov bugun "Xayduk" bilan rasman shartnoma imzolaydi
Xorvatiyaga kirish huquqini beruvchi vizani 2 hafatadan ortiq vaqt davomida kutgan Temurxo'ja Abduxoliqov kecha Zagrebga uchib ketdi.
Toshkent - Ostona - Istanbul yo'nalishi bo'ylab Turkiyaga parvoz qilgan hujumchimiz, kecha tegishli vizani qo'lga olib, Xorvatiya poytaxtiga etib bordi. Bugun u Split shahrida "Xayduk" rahbariyati bilan uchrashadi va rasmiy shartnomasini imzolaydi.
Avval xabar berib o'tganimizdek, Temurxo'ja Abduxoliqov "Xayduk" bilan 2.5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolayapti. Jamoaning o'zi esa Evropa ligasida qatnashish huquqini beruvchi o'rinlar uchun kurash olib boradi. Ayni paytda "Xayduk" turnir jadvalida 47 ochko bilan ikkinchi pog'onadan joy olib turibdi. "Dinamo" (Zagreb) hisobida 53 ochko mavjud.

Fikrlar