So’nggi yangiliklar

14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  1 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  5 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  47

Abduxoliq Qurbonov: "PRO-Liga o'yinlari ham markazlashgan xolda o'tkazish fikriga qarshi emasman" Yangiliklar

Abduxoliq Qurbonov: "PRO-Liga o'yinlari ham markazlashgan xolda o'tkazish fikriga qarshi emasman"

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga musobaqalari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga jamoalari futbolchilari bilan intervyular tashkil etishmoqda. Quyida Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi etakchi futbolchilaridan biri Abduxoliq Qurbonov bilan tashkil etilgan intervyu bilan tanishishingiz mumkin.

- Ayni damda "Istiqlol" jamoasi mashg'ulotlari qay tarzda o'tmoqda?


- Klubimiz mshg'ulotlari karantin vaqtidagi bo'sh vaqtdan foydalanib, alo darajada tashkil etilmoqda. Joriy mavsumdagi vazifamiz Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish, nasib bo'lsa buni uddalaymiz degan umiddaman.

- PRO-Liga klublari orasida qaysi jamoaning chempionlikka imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?

- Ayni damda PRO-Liga klublarida ishtirok etayotgan jamoalarning imkoniyatlari bir xil darajada. Kuchli yoki kuchsiz deb hech bir jamoani alohida ajratib bo'lmaydi. Masalan "Neftchi", "Dinamo", "Istiqlol", "Turon", "SHo'rtan" kabi jamoalar ishtirok etayotgan ligada raqobat juda kuchli bo'lishi tabiiy. "Oq-tepa" va "Zomin" jamoalari ham juda yaxshi shakllangan, "Xorazm"da ham natijalarni yaxshilash uchun imkoniyat etarlicha.

- Bugunga qadar PRO-Ligada 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Zomin" va “Dinamo" mag'lub etildi, safardagi o'yinda "SHo'rtan" bilan mag'lubiyat. SHu o'yinlar haqida nimalarni ayta olasiz?


- "SHo'rtan" bilan o'yinda o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik, "Dinamo" ga qarshi bahsda omad biz tomonda bo'ldi. SHu bois "Zomin" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rdik, guvohi bo'lganingizdek yakunda g'alaba qozondik.

- Pandemiya davrida PRO-Ligani markazlashtirilgan xolda o'tkazish fikriga munosabatingiz qanday?


- PRO-Liga o'yinlarini markazlashgan xolda o'tkazish fikriga qarshi emasman. Birinchi navbatda sanitariya-gigiena qoidalariga qatiy amal qilish taminlanadi. Bundan tashqari markazlashgan o'yinlar jamoalarning asl kuchini ko'rsatib beradi. Juda qiziq uchrashuvlar bo'ladi, har bir jamoa g'alaba uchun maydonga chiqishi tayin.

- Futbolchi sifatidagi maqsadlaringiz qanday? Bugunga qadar nimalarga erishdingiz, nimalarga endilikda erishmoqchisiz?


- Futbolchi sifatida ozmi ko'pmi, natijalar ko'rsatib kelmoqdamiz. Asosiy maqsadim "Istiqlol"ni Superliga yo'llanmasiga ega chiqishida o'z hissamni qo'shish, nasib bo'lsa biz ham kuni kelib yuqori ligada o'ynaymiz.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика