So’nggi yangiliklar

17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  1 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  1 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  11 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2

Abdusamad Do'rmonov: “Murabbiyning qismati shunday” Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: “Murabbiyning qismati shunday”

Kuni-kecha birinchi liga ishtirokchisi “Yozyovon-Lochinlari” ustozi Abdusamad Do'rmonov istefoga chiqdi. Bundan xabar topgach, darhol murabbiyning o'zi bilan bog'landik.

- Abdusamad aka, sizni o'z lavozimingizdan istefoga chiqqaningiz haqida eshitdik. Bu haqda nima deysiz?
- Ha, 2-3 kun bo'ldi bunga. Vaziyat shunday bo'lib qoldi. Murabbiyning qismati shunday. Bugun kimgadir keraksan, ertaga esa aksincha. Buni yaxshi tushunaman va oddiy xol sifatida qarayman.

- Bu yil birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazayotgan “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi tarkibini asosan mahalliy futbolchilar evaziga shakllantirgan bo'lsangizda, ikkinchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdinglar. Ammo endilikda ishdan ketyapsiz. Bu kimning qarori?
- Rahbariyatni. Ular shunday qarorga keldi. Buni o'ziga yarasha sabablari bor albatta. Lekin endi ularni hozir aytishdan naf yo'q deb o'ylayman. Jamoaga omad tilayman.

- “Yozyovon-Lochinlari”dagi faoliyatingizdan qoniqish xosil qildingizmi?
- Albatta. Nazarimda u erda yomon ishlamadim. Mahalliy yoshlarga etibor qaratgan xolda, ularni katta futbol havosiga moslashtirib bordik. Tajriba baribir yo'qligi bilinib turdi. Ammo ularning kelajagi porloq. Asosiysi ilk mavsumda oldimizga qo'yilgan vazifani bajara oldik. To'g'risi bu jamoaga yaxshi niyatlar bilan kelgandim va o'zimga yarasha mqsadlarim bor edi. Lekin afsuski kutilmaganda, istefoga chiqishga majbur bo'ldim.

- Endi kelgusi rejalar qanday?
- Hozircha uydaman. Faoliyati davomida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarimni tahlil qilyapman. Balki endi biror bir klubdan taklif bo'lsa, ko'rib chiqarman. Buni vaqt ko'rsatadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика