So’nggi yangiliklar

19:10"Манчестер Юнайтед"ни кучлилар даврасига қайтарадиган 5 қадам. Қиммат ҳужумчилар — бошланиши  0 18:44Неймар фаолиятини Европа клубларидан бирида давом эттириши мумкин  0 18:16"Реал" Родри учун "Манчестер Сити"га 115 миллион евро таклиф қилмоқчи  5 17:49"Нефтчи" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 17:28"Ливерпуль" Конатени "Реал"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 16:59Breaking! Исак "Ньюкасл"дан кетиш ниятида  3 16:37Жорже Жезуш: "Роналду – катта масштабдаги шахс"  11 16:09Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "ОЧЛ 2 гуруҳ босқичини муваффақиятли ўтказиб, мухлисларимизни хурсанд қилишга ҳаракат қиламиз"  1 15:41"Сурхон" легионер хавбеки билан хайрлашди, яна бир футболчисини "Андижон"га ижарага берди  2 15:39Август ойидан Ўзбекистонда ҳам футболнинг янги қоидалари кучга киради   1 15:20"Натижа учун баъзида мазмунли ўйиндан воз кечдик. Етакчиларимизни йўқотишни истамаймиз, Хебайдан эса кўп нарса кутгандик" — Рўзиқул Бердиев билан интервью  9 15:05Расман: "Милан"га клуб тарихидаги биринчи эквадорлик ўтди   0 14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  1 14:36Хато "Челси" билан шахсий шартларни келишиб олди  4 14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  12

Abdusamad Do'rmonov: "Igor Taran bilan shartnomani bekor qildik" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Igor Taran bilan shartnomani bekor qildik"

A Pro-Liga 6-turidan o'rin olgan “Neftchi”- “SHerdor” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov quyidagicha fikrlarni bildirdi.

Bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. O'tgan turda “Oqtepa”ga yutqazgandik, shu sabab bugun g'alaba qozonish uchun astoydil harakat qildik. Jamoamiz futbolchilarini ruhiy bosimga tayyorgarligini oshirishimiz kerak, ular o'z imkoniyatlari darajasida o'yin namoyish etishlari uchun bu juda zarur jihat. Yana takrorlayapman, ilgarigi “Neftchi” faqat g'alaba uchun maydonga chiqar edi. Hozirgi “Neftchi” futbolchilarida ham mana shunday xarakterni shakllantirishimiz kerak.

A PRO-Ligada darajasi yuqori bo'lgan jamoalar ishtirok etishadi, lekin baribir Superligadan anchagina farq qiladi. Hozirgi futbolchilarimizning ko'pchiligi Superligada yoshlar birinchiligida ishtirok etishgan, shuningdek tarkibimiz deyarli yangilangan.

Xamidullo Abduhamidov? Uning jarohati bor edi, shu sabab bugungi o'yin qaydnomasiga kiritmadik. Tajribali futbolchilarimiz haqida? Ularning jamoamizda o'z o'rinlari bor, tajriba har doim asqotgan va doim shunday bo'lib qoladi, hali oldimizda o'yinlar ko'p.

Igor Taran? Uning o'zi yonimizga kelib, qo'yib yuborishimizni so'radi. Biz unga jamoamizga kerakligini, tajribasi yordam berishini aytdik. Lekin shunday bo'lishi kerak ekan, hozir Igor Taran jamoamizda emas, u bilan shartnomani bekor qildik.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика