Abdusalom Azizov: "Bu mag'lubiyat sabablari bir kunda yuzaga kelmagan"
19 iyu 2021 14:52
Yangiliklar
Abdusalom Azizov: "Bu mag'lubiyat sabablari bir kunda yuzaga kelmagan"
O'FA navbatdan tashqari kongressi
Unda so'zga chiqqan O'FA prezidenti Abdusalom Azizov quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Jurnalistlar futbolni faqat kuzatuvchisi yoki tanqidchisi bo'lib qolmasdan, uning faol azolaridan biriga aylanishdi. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doim yonma yon yuradi. Yaqindagi O'zbekiston terma jamoasining mag'lubiyati futbol muxlislarini juda ham ranjitdi. Ushbu mavzu yuzasidan kongressdan so'ng O'FA alohida ko'rib chiqadi va bu borada hisobot beradi. Bu mag'lubiyat sababi bir kunda yuzaga kelmagan. Omillari chuqur o'rganiladi. Bolalar futbolidan tortib barcha futbol tizimimizni qayta ko'rib chiqish lozimligini to'liq tushunib etdik, buni tan olishimiz lozim. Bizda orqaga yo'l yo'q. Bugun butun o'zbek futboli jamoatchiligi bilan birga futbolimiz mavqeyini Osiyo va Jahon miqyosida yuqori poziciyalarga olib chiqish kerakligini gaplashib olamiz", - dedi Abdusalom Azizov.
Fikrlar