Abdurahmon Fozilov Yangi Zelandiyadagi JCHni "CA" uchun yoritib boradi
30 may 2015 17:08
Yangiliklar


Abdurahmon Fozilov Yangi Zelandiyadagi JCHni "CA" uchun yoritib boradi
JCHga bir necha kun qolganida Yangi Zelandiyaga kirish huquqini beruvchi vizani qo'lga kiritgan hamkorimiz Abdurahmon Fozilov kecha tunda "yashil qita"ga uchib ketdi.
Toshkent vaqti bilan bugun tunda terma jamoamiz istiqomat qilayotgan va guruhdagi ikkita uchrashuvni o'tkazadigan Masterton shaharchasiga etib boradigan Fozilov u erda o'z odatiga ko'ra muxlis to'plash bilan birga, JCH shukuhini saytimiz orqali siz o'quvchilarga ulashadi.
JCH-2014 va Bangladeshda bo'lib o'tgan saralash o'yinlarini o'quvchilar uchun qiziqarli tarzda etkazib bera olgan jamoatchi muxbirimizdan ajoyib kundaliklarni kutib qolamiz.

Fikrlar