Abduqodir Husanov - eng yaxshilardan biri!
08 fev 19:42
Yangiliklar
Abduqodir Husanov - eng yaxshilardan biri!
Unda "shaharliklar" mehmonda 2:1 hisobida zafar quchdi. Pep Gvardiola Abduqodir Husanovni o'yinning 46-daqiqasida Vitor Reys o'rniga maydonga tushirdi. Quvonarlisi, "Siti"ning birinchi goli aynan O'zbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov hisobiga yozildi – 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin to'p yo'l-yo'lakay Husanovga tegib, darvoza to'ridan joy oldi. 79-daqiqaga kelib esa jamoa sardori Kevin De Bryuyne katta sahnaga chiqib, g'alabani taminladi.
SHu tariqa Husanov APLda gol urgan ilk o'zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi va jamoa tarkibidagi ikkinchi o'yinida ham g'alabani tantana qildi. FlashScore portali uni Niko O'Rayli va Kevin De Bryuyne bilan bir qatorda etirof etib, 7,9 ball berdi. SofaScore portali esa himoyachiga 7,8 ball qo'yib, "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topdi.

Angliya Kubogi
4-bosqich
Leyton Orient – Manchester Siti 1:2
«Brisben Roud»
Gollar: 1:0 – 16, avtogol Ortega, 1:1 – 56 Husanov, 1:2 – 79 De Bryuyne.
Leyton Orient – Kili, Karri, Xepp, Simpson, Djeyms, Braun (Boll, 85), Gelbreyt (Obiero, 86), Djayesimi (Pretli, 54), Donli (Adjey, 85), Perkins (Kuper, 65), Kelman.
Manchester Siti – Ortega, Ruben Diash (Stounz, 46), Reys (Husanov, 46), O`Rayli (De Bryuyne, 72), Lyuis, Gyundogan, Niko Gonsales (Bernardu Silva, 22), Grilish, Makati (Foden, 72), Savio, Marmush.
Ogohlantirishlar: Makati (42), Kuper (77), Obiero (88).
Eslatib o'tamiz, "ko'klar"ning navbatdagi o'yini 11 fevral kuni "Real"ga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar