So’nggi yangiliklar

19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  1 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  1 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  2 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  11 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  16 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  4 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  3 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  4 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  8 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1

Abduqahhor Marufaliev: "Navoiy safariga Odilov va Abdujabborov bora olishmaydi" Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: "Navoiy safariga Odilov va Abdujabborov bora olishmaydi"

Mamlakat milliy chempionatining navbatdagi tur uchrashuvini Bekobodning "Metallurg" jamoasi safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.
Jamoa murabbiylaridan biri Abduqahhor Marufaliev bilan suhbatimiz mazkur uchrashuvga tayergarlik haqida bo'ldi.

- CHempionatda engil uchrashuvning o'zi yo'q, barcha jamoalar maydonga faqatgina g'alaba ishtiyoqida tushishyapti. SHu manoda Navoiyda kechadigan o'yin ham biz uchun qiyin bo'ladi. O'tgan mavsum "Qizilqum" bilan safarda durang qayd etgandik. Bu mavsumni navoiyliklar juda yaxshi boshlashdi. Ayni paytda peshqadamlar safida borayapti. Albatta, bu narsa bizni cho'chitmasligi kerak. Futbolchilarimiz ruhiyatini o'yinga moslay olsak, ijobiy natijaga erishishimiz mumkin. Jamoamizda afsuski yo'qotishlar bor. Navoiy safariga "Nasaf"ga qarshi o'yinda jarohat olgan markaziy himoyachimiz Doniyor Odilov, qanot yarim himoyachimiz Saidjon Abdujabborov bora olishmaydi.

Said "Olmaliq" bilan kubok o'yinida jarohatlandi. Doniyor alohida shug'ullanishni boshladi. Abdujabborov ham, Odilov ham keyingi turgacha safga qaytishiga umid bog'lab turibmiz.

O'tgan kuni hujumchimiz Jasur Hakimovning, kecha esa to'purarimiz Zoxid Abdullaevning tug'ilgan kuni bo'ldi. Yigitlarning har ikkalasini jamoadoshlar tavallud ayemi bilan tabriklashdi. Ko'z tegmasin, hujum chizig'imiz vakillari bu yil o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Ularga mustahkam sog'lik tilash barobarida yanada sermaxsul, hujumkor o'yinlarini kutib kolamiz.

Navoiy safariga yoshlar tarkibimiz ham, asosiy tarkibimiz ham bugun jo'nab ketadi, - deydi Abduqahhor Marufaliev.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика