So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  0 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  0 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

Abduqahhor Marufaliev: "CHempionlik uchun "Neksiya" berishgandi" Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: "CHempionlik uchun "Neksiya" berishgandi"

Birozdan so'ng Namangandagi Markaziy "Navbahor" stadionida ushbu jamoaning O'zbekiston chempion bo'lganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan bayram dasturi boshlanadi.

Ayni kez chempion tarkibdan joy olgan futbolchilar "Namangan" mehmonxonasida bo'lib turishibdi. Fursatdan foydalanib, biz chempion jamoa yarim himoyachisi Abduqahhor Marufalievdan intervyu oldik.

- Abduqahhor aka, bayram tadbiri oldidan taassurotlar qanday? Ayni kez nimalar haqida o'ylayapsiz?
- Birinchi galda ushbu shou uchrashuvini tashkil qilgan insonlarga, Namangan viloyat futbol federaciyasi, "Navbahor" klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Taklif qilishganida bundan juda ham xursand bo'ldim. Bilasizmi, hozir o'zimni xuddi 20 yil oldingi davrga tushib qolgandek xis qilyapman. Jamoadosh do'stlarim bilan uchrashdik. Ayrimlari bilan bundan 20 yil oldin ko'rishgandik. Ular bilan dildan suhbatlashdik. Hozir qaerda ishlayotganimiz, nimalar bilan mashg'ul ekanimiz, oila azolarimiz haqida fikr almashdik.

- O'sha 20 yil avvalgi g'alabaning asosiy omili nima edi?
- Menimcha, jamoadagi futbolchilar, murabbiylar shtabi juda ham ahil va inoq bo'lgan. Bir-birimizni hurmat qilardik. Keyin o'sha paytdagi O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari jam bo'lgandi. G'alabaga chanqoq bo'lganmiz.

- "Navbahor" safiga qo'shilishingiz qanday ro'y bergan?
- Jamoa bosh murabbiyi Viktor Jalilov va o'sha paytda klub mamuri bo'lgan Samvel Babayanning taklifi bilan "Navbahor" safiga qo'shilganman. Afsuski, chempionati startida "Traktor" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olib, 5-6ta o'yinni o'tkazib yuborishimga to'g'ri kelgandi. Adashmasam, o'sha chempionlik mavsumida 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol kiritgandim. CHempionlik uchun mavsum avvalida vada qilingan "Neksiya" avtomobili bilan taqdirlangandik.


Kamoliddin Alimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика