So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Abduqahhor Marufaliev: “Boshlang'ich tarkibda Nasimovga ishonch bildirilsa kerak” Yangiliklar

Abduqahhor Marufaliev: “Boshlang'ich tarkibda Nasimovga ishonch bildirilsa kerak”

Futbolchilik faoliyatida qaysi jamoada o'ynamasin doimo etakchilikni o'z qo'liga olishga uringan Abduqahhor Marufaliev butsalarini mixga ilganidan keyin, “Metallurg”da ustozi Rustam Mirsodiqovga yaqin yordam berib kelmoqda.
Aytish kerakki, Marufalievga ham futbolchilarning orzusi bo'lmish, milliy terma jamoa libosini kiyish nasib qilgan. 1992 yildan 2001 yilga qadar milliy terma jamoa murabbiylari etiborida turgan Abduqahhor Marufaliev bosh jamoamiz safida 32ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 5 bor yo'l topa olgani bilan tarix zarvaraqlaridan joy egalladi. SHu bois Iordaniya bilan o'yin oldi navbatdagi suhbatdoshimiz, Marufaliev bo'ldi.

“Avvalo milliy terma jamoamizga safardagi o'yinda omad tilayman. Tabiiyki men ham xalqimiz orziqib kutayotgan g'alabani kutyapman. O'ylaymanki yigitlarimiz bunga qodir. Bugun Sport TVda o'yinni 21:00da olib ko'rsatilishi to'g'risida reklama qilinyapti. SHu bois uchrashuvni oynai jahon orqali ko'rib bo'lsada, futbolchilarimizni qo'llab quvvatlaymiz”.

“Fikrimcha Ammanda kechadigan bahsda 1:1 hisobi qayd etilsa kerak. Safarda gol urishimiz juda ahamiyatli. G'alabami yoki durang natijami, muhimi safardan qoniqarli natija bilan qaytishdir”.

“Bugungi o'yinda murabbiylar shtabi hujum chizig'iga boshlang'ich tarkibda Bahodir Nasimovni qo'ysa kerak. CHunki o'zingizga yaxshi malumki, Nasimov oxirgi marta Toshkentda o'tgan o'yinda zaxiradan tushgan bo'lishiga qaramay, gol urishni uddalagandi. Baqoev ham chakki emas. Unda ham imkoniyat yaxshi. Menimcha Ulug'bekni ikkinchi taymda o'yinni yanada kuchaytirish uchun tushirsa kerak. Bunga o'yin davomida guvoh bo'lamiz”.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика