So’nggi yangiliklar

19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  0 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  7 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  3 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0 (матнли трансляция)  4 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  2 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  17 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  7 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  5 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  7 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4

Abduqahhor Hojiakbarov Skolari, olimpiya termasidagi mag'lubiyat va "Olmaliq" haqida Yangiliklar

Abduqahhor Hojiakbarov Skolari, olimpiya termasidagi mag'lubiyat va "Olmaliq" haqida

"Olmaliq" safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan himoyachi Abduqahhor Hojiakbarovdan intervyu oldik.
- Futbolga kirib kelishingiz haqida...
- Futbolga 9 yoshimda kirib kelganman. Ilk saboqlarni MHSK futbol maktabida olganman. Mening birinchi murabbiyim Ruslan Ibragimov bo'lgan. Ularga doim rahmat aytib kelaman.

2007 yil "Quruvchi" oliy ligaga chiqqanida jamoaning yoshlar jamoasiga ko'rikdan o'tish uchun borganman. Hikmat Ergashev va Vyacheslav Tigay kabi murabbiylar menga ishonch bildirib jamoaga qabul qilishgan. Ikki yil mobaynida yoshlar jamoasida o'ynaganman.



- Asosiy jamoaga o'tish qanday kechgan?
- Oliy ligadagi debyutimni 2007 yil Bekobodda o'tgan "Metallurg"ga qarshi bahsni o'tkazganman. O'shanda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy edi.

- "Bunyodkor"da ko'p yillar davomida faoliyat olib borgansiz lekin, statistika bu jamoa safida juda kam o'ynaganingizni ko'rsatmoqda. Bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz.
- Rosti bilmayman. Menimcha o'sha vaqt yosh bo'lganman, tarkibda juda tajribali futbolchilar bor edi. Raqobat ham kuchli bo'lgan. Lekin "Bunyodkor"da o'zim uchun ko'p narsa olganman.  

- Toshkent klubi safida bir qator murabbiylar bilan ishlagansiz. Har biriga alohida to'xtalib o'tsangiz...
- Amet Memet kuchli murabbiy. Mirjalol Qosimov yosh bo'lishiga qaramay klub bilan yaxshi natijalarga erishgandi. Luiz Felipe Skolari yoshlarga ko'proq ishonch bildirgan, juda hazilkash edi. Ziko bilan juda kam ishlaganman, lekin u ham braziliyalik ekanligi sezilib turardi.

- 2010 yil oliy ligada deyarli o'ynagan futbolchi "Olmaliq"da paydo bo'lib asosiy tarkib azosiga aylangan...
- Igor SHkvirin meni yoshlar jamoasida o'ynab yurganimda kuzatib o'z jamoasiga taklif qilgan. Bu murabbiy yoshlarga qo'rqmay ishonch bildirishi bilan ajralib turardi. O'sha yil oliy ligada katta tajriba to'plagan edim. O'tgan yil "Bunyodkor" bilan shartnomam tugagach erkin agentga aylanganman. Menga "Olmaliq"dan taklif tushgandi. Igor SHkvirin tufayli o'ylab o'tirmay taklifni qabul qilganman.

- 2013 yil ikkinchi davrasida "Buxoro"da ijarada o'ynagansiz. U erdagi faoliyatingizdan qoniqqanmisiz?
- Tachmurad Agamurodov taklifiga ko'ra ikkinchi davrani "Buxoro"da o'tkazganman. Bu jamoada ham asosiy futbochli bo'lgandim. SHu o'rinda Tachmurad SHamakovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- Vadim Abramov boshchiligidagi Olimpiya terma jamoasida o'ynagansiz. BAAga qarshi o'yin haqida turli mish-mishlar tarqalib ketgan. O'sha bahs haqida...

- Tasodif tufayli arablarga mag'lub bo'lgandik. O'sha o'yinning 20-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etganman. Mish-mishlarda hech qanday asos yo'q, vatan jamoasida barcha yurakdan o'ynaydi. Ishonsangiz hozirga qadar o'sha mag'lubiyatning alami yuragimizda qolib ketgan. BAAga qarshi bahsdan so'ng kiyinish xonasida futbolchilarning ham, murabbiylarning ham ko'zida yosh bo'lgandi...



- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechmoqda...
- "Olmaliq"ning tarkibi 95 foizga o'zgarib ketdi. Murabbiylarimiz jamoani shakllantirish borasida ish olib borishmoqda. Ketganlarning o'rnini tajribali futbolchilar to'ldirishmoqda. 15 fevral kuni xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketamiz. U erdagi yig'in mavsumga tayyorgarlik doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.

- Tarkibga kelgan yangi futbolchilar hususida nima deya olasiz?
- Kamoliddin Murzoev, SHavkat Salomov va Islom Inomovda qanday tajriba borligini barcha biladi. Ular jamoamizni kuchaytirishlari aniq. Serbiyalik Nemanya Yovanovich ham kuchli futbolchi ekani ko'rinib turibdi. Gol urishni ham boshlab yubordi. U oliy ligada ko'p to'p kiritishiga ishonaman.

- Fevral oyida O'FF 2014 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini taqdirlaydi. Uchtadan nomzod nomi malum. Sizning taxminlaringiz?
- Murabbiylar orasida menimcha Vadim Abramov g'olib chiqsa kerak. Adashmasam o'tgan yil u "Lokomotiv" bilan kubokni qo'lga kiritib O'zbekistondagi dastlabki sovriniga ega chiqdi. Futbolchilardan menimcha Jamshid Iskanderovning imkoniyati yuqori. Agar so'rovnoma Osiyo Kubogidan keyin o'tkazilganida Sardor Rashidov favorit bo'lardi (kuladi).


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика