So’nggi yangiliklar

00:00Париж-2024. Франция - Миср  3 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  0 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  12 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  0 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  3 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1

Abdumalik Hakimov: “Jamoamning ishtirokidan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Jamoamning ishtirokidan ko'nglim to'ldi”

Malum muddatlik tanaffusdan so'ng yana birinchi ligaga qaytgan “Cementchi” jamoasi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bosh murabbiy Abdumalik Hakimov ilgari aynan ushbu klubda futbolchi sifatida o'ynagan. Bundan tashqari quvasoylik murabbiy, jamoani yana qayta shakllanishida katta hissa qo'shdi.

Farg'ona hokim kubogida ishtirok etgan mazkur jamoa turnirda 3-o'rinni egalladi. O'yindan so'ng Hakimov bilan suhbatlashdik.

- Bilasizmi ilgari Farg'ona hokim kubogi turnirida futbolchi sifatida ishtirok etganman. Mana endilikda murabbiy sifatida qatnashdim – deya gap boshladi Abdumalik Hakimov. – Biz o'ynagan davrda turnirning mavqei yuqori bo'lgan. CHunki “Navbahor” va “Andijon” asosiy tarkibi bilan ishtirok etgan. Muxlislar uchun ham qiziqarli edi. Lekin bu yilgi musobaqani past saviyada o'tdi demoqchi emasman.

- Jamoangiz o'rin olgan guruhdagi o'yinlar haqida fikringiz qanday?
- Rostini aytsam, “V” guruhida raqobat kuchli bo'lmadi. Raqiblarimizni xurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, “Qo'qon-1912-1” bilan “Cementchi” guruhdagi boshqa klublardan yaqqol kuchli edi. “A” guruhida nisbatan jiddiy kurash kechdi. “Navbahor-2” jamoasini o'yinini ko'rmagan bo'lsamda, ko'pchilik bu klub haqida ijobiy fikr bildirdi. Qolaversa AOZK jamoasi ham chakki emas. Ular bilan ilgari sinov-nazorat o'yinini o'tkazganmiz. SHuningdek birinchi liga ishtirokchisi “Yozyovon-lochinlari” jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

- “Cementchi”ni finalga chiqa olmaganiga nima etishmadi deb hisoblaysiz?
- Guruhimizdagi asosiy raqobatchimiz bo'lgan “Qo'qon-1912-1” bilan o'yin 1-o'rin egasini aniqlab berardi. Tabiiyki oliy liga jamoasiga qarshi o'yin murakkab kechdi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishdi. SHunga qaramay nazarimda qo'qonliklar ham osonlik g'alaba qozonmadi.

- Turnirdagi ishtirokinglardan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ha, biz uchun bu musobaqa kerak edi. Ko'rikda bo'lib turgan o'yinchilarni sinovdan o'tkazdik. Qolaversa kamchiliklarimizni ham bilib oldik. O'yinlarimizni o'zingiz ham ko'rdingiz, muxlislar va mutaxassislar ham o'yin borasida ijobiy fikrlarni bildirmoqda. Bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlayapti.

- Kamchiliklar nima deb o'ylaysiz?
- Har bir o'yindan keyin yigitlar bilan yig'ilish o'tkazib, uchrashuvni taxlil qildik. Unda hammani o'ziga yarasha xatosini ko'rib chiqdik va kelgusida uni bartaraf etish uchun ko'rsatmalar berildi. O'ynaganki futbolchi xato qiladi. Tayyorgarlikni boshlaganimizga 1 oy vaqt bo'lgan ersada, shu kungacha asosan jismoniy tayyorgarlik borasida ishladik. To'p bilan asosan kvadrat o'ynab, yugurish va shunga o'xshash yuklama berdik. CHempionatga qadar hali oldimizda vaqt bor.

- Endi rejalar qanday?
- Hokim Kubogi turnirida ishtirok etdik. Xohlardikki, Toshkentda o'tkaziladigan PFL Kubogida ham qatnashishni. U erda yanada kuchliroq sparringlar bilan kuch sinashish foydadan xoli bo'lmasdi. Lekin moddiy imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, bu yil birgina Farg'ona hokim kubogi musobaqasida ishtirok etish bilan cheklanamiz. Asta-sekin kelgusida bu borada ijobiy tomonga o'sish bo'ladi degan umiddaman. Keyingi rejalarga keladigan bo'lsak, Quvasoyda ikkita stadionimiz bor. Undan shahrimizda tashqari suniy-qoplamali maydonlar ham mavjud bo'lib, bemalol foydalanishimiz mumkin. Futbolchilarni ovqatlanishi uchun zavod oshxonasi xizmatda ekanligini aytib o'tishni istardim. Nasib qilsa yaqin kunlarda qarorgohimiz ham yana klub ixtiyorida bo'ladi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика