So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  138 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Abdumalik Hakimov: “Quvasoyda “Navbahor” bilan tomoshabop o'yin bo'ladi” Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Quvasoyda “Navbahor” bilan tomoshabop o'yin bo'ladi”

19 mart shanba kuni Quvasoy shahrida O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan “Cementchi” – “Navbahor” o'yini bo'lib o'tadi.
Bo'lajak uchrashuv oldidan mezbonlar ustozi Abdumalik Hakimovdan intervyu oldik.

- Boshqaruvingizdagi “Cementchi” jamoasi bu yil hisobidan ilk rasmiy o'yinini oliy liga vakili “Navbahor”ga qarshi o'tkazadi. Aytingchi bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?
- Garchi shanba kungi raqibimiz oliy liga jamoasi bo'lsada, o'yinga bo'lgan tayyorgarlik odatdagidek kechmoqda deyish mumkin. Har bir raqibga xurmat bilan qaragan xolda, odatdagidek hozirlik ko'riladi. O'ylaymanki Quvasoyda “Navbahor” bilan o'yin tomoshabop ruh ostida kechadi.  

- Namanganliklarning so'nggi uchrashuvini kuzatgan bo'lsangiz kerak?
- Albatta, “Navbahor”ning Farg'onada “Neftchi” bilan o'tkazgan uchrashuvini bevosita stadiondan turib kuzatib bordik. SHundan so'ng o'zimizga yarasha xulosaga ega bo'ldik. Raqib kuchli. Tarkibida mahoratli futbolchilar jamlangan. O'yin borasida ham ular yomon taassurot qoldirmadi.

- Quvasoylik muxlislar qarshisida o'ynaysizlar. Yigitlarni ruhlantirish qanday kechmoqda?
- Umid qilamanki futbolchilarim uyaltirib qo'ymaydi va shu kuni stadionga kelgan muxlislarni va rahbariyatni xursand qilishadi.

- O'yin oldidan muammo yo'qmi?
- Birgina himoyachi Azamat Abdullaevda jaroxat bor. Qolgan futbolchilar esa o'yinga tayyor.

- O'tgan yili Kubok bahsida “Olmaliq”ni mag'lub etib, o'ziga yarasha shov-shuv uyg'otgandinglar. Bu yil ham “Cementchi”dan mana shunday sensaciya kutsak bo'ladimi?
- Albatta. Menimcha har bir jamoa maydonga faqat g'alaba uchun chiqadi. SHu jumladan “Cementchi” ham Kubok bahslarida imkon qadar uzoqroqqa borishni istaydi. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

- Jamoangizning yangi mavsumga tayyorgalik ishlaridan qoniqish xosil qildingizmi?
- Biz ishlab chiqqan rejamizdagi barcha yumushlarni amalga oshira oldik. Asosan o'z qarorgohimizda yig'in o'tkazdik. Bu orada ko'plab nazorat uchrashuvlarida va Farg'ona hokim kubogi turnirida ishtirok etdik.

- Selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ha, selekciya ishlarini yakunladik. Safimizni kuchaytirish mumkin bo'lgan yigitlarni qo'shib oldik. Endi asosiy etibor jamoaviy o'yinni shakllantirishga qaratiladi.

- Tarkibdagi o'zgarishlar borasida bizga sizdan boshqa hech kim aniq malumot bera olmasa kerak. SHu bois bu borada o'zingiz to'xtalib o'tsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi.
- Tarkibda etiborga molik o'zgarishlar yuz berganini aytishim joiz. Dastlab o'tgan mavsum “Cementchi” sharafini himoya qilgan va bu yil boshqa jamoaga o'tib ketganlarga to'xtalib o'tsam. To'rt nafar asosiy o'yinchilarimiz oliy liga klublari safiga borib qo'shildi. Bular – Farruh Turdaliev “SHo'rtan”ga, Elyor Akbarov bilan Nodirxon Kamolov “Qizilqum”ga, Azizxon Ibragimov esa “Qo'qon-1912” bilan shartnoma imzoladi. “Neftchi”dan ijara asosida kelgan Jahongir Dadaboev esa birinchi liga vakili “UzDongJu”ga ketdi. Endi safimizga kelib qo'shilganlarga to'xtalsam. Darvozabonlar Eldor Isaboev bilan Ilhom Jumanov, himoyachilar Oqiljon Mahmudov, Aziz Matkarimov, Azamat Abdullaev, yarim himoyachilar SHukur Jumaboev, Muhammadsulton Fozilov, Sardor Sotvoldiev, hujumchilar – Abdurazzoq Jo'raev, Nurlibek Talasboev. SHuningdek yana bir qator mahalliy yosh futbolchilarni safimizga qo'shib oldik. O'ylaymanki transfer oynasida foydali xaridlarni amalga oshirdik.   

- O'tgan mavsum bir nechta futbolchilarni ijara asosida olgandinglar. Bu yil ham shunday xolat takrorlandimi?
- Yo'q, bu yil hech bir futbolchini ijaraga olmadik.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика