Abdumalik Abdullaev: Gay Navbahorni birinchi liga jamoasiga aylantirib qo'ygandi
11 dek 2013 17:55
Yangiliklar
Abdumalik Abdullaev: Gay Navbahorni birinchi liga jamoasiga aylantirib qo'ygandi
Namanganning Navbahor jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan hujumchilardan biri Abdumalik Abdullaev tezkorlik borasida har qanday engil atletikachini ham ortda qoldirishi mumkin.
Garchi hujumchi maydonda tezkorligi bilan ajralib tursada, imkoniyatlardan foydalanish borasida Abdullaevga sovuqqonlik va aniqlik etishmaydi. Aynan uning tezkor harakatlarini ko'rgan murabbiylar futbolchini o'z tarkiblariga qo'shib olishga urinib ko'rishadi. O'tgan vaqt davomida hujumchiga Nasaf va Neftchi klublari qiziqish bildirgandi. Biroq, Abdumalikning Navbahor bilan amaldagi shartnomasi borligi bois Namangandan keta olmagandi. Joriy yilgi chempionatda futbolchi atigi bitta gol bilan cheklandi. Agarda hujumchi yuzaga keltirilgan imkoniyatlarni hech bo'lmaganda yarmidan samarali foydalanishni uddalaganida ham gollari soni ancha salmoqli bo'lardi.
- Abdumalik, yakuniga etgan chempionatda hujumchi bo'lishingizga qaramay, bitta gol bilan cheklandingiz. Mavsum qanday tassurot qoldirdi?
- Yakunlangan chempionat ancha qiyinchilik tug'dirdi. Jamoamiz og'ir mavsumni boshidan o'tkazdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Oliy ligada egallagan o'rnimiz qoniqarsiz bo'lgach, ishtirokimizdan ko'ngil umuman to'lmadi.
- Hujumchi uchun to'qqizta atigi bitta gol past ko'rsatkich sanaladi. Bu natijadan ko'nglingiz to'ldimi?
- Yo'q, albatta. CHempionat davomida murabbiylar deyarli imkoniyat berishmadi. Jamoaga No'mon Hasanov kelgach esa asosiy tarkibda maydonga tushishni boshladim. Hasanov kelgunga qadar murabbiylarimiz imkon berishganida, gollarim sonini oshirib olishim ham hech gap emasdi deb o'ylayman.
- Har yili asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashasiz. Ammo, bu vazifani mukammal bajarolmaysiz. Buning sababi nimada?
- Har bir murabbiy albatta barcha futbolchilarga o'zini ijobiy tarafdan ko'rsatish uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu borada menga ham imkoniyatlar yaratib berildi. Balki omadsizlik tufayli zimmamdagi vazifani mukammal tarzda ato eta olmayotgandirman.
- Boshqa jamoalardan ham takliflar bormi?
- Ha. CHempionat yakuniga etgach, 2-3 jamoadan taklif oldim.
- Sir bo'lmasa qaysi klublardan taklif tushdi?
- Olmaliq va Neftchi klublari qiziqish bildirishgan.
- Siz ham Navbahorni moliyaviy holatiga qarab qaror qabul qilasizmi?
- O'zimga qo'yib bersa jamoadan ketishni istamayman. Faoliyatimni tug'ilib o'sgan shaxrimda davom ettirish tarafdoriman. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Voqealar rivoji qanday tus olishi hozircha nomalum.
- Katta tezlikka ega ekanligingizni bilamiz, biroq ko'p hollarda hujumlarni gol bilan yakunlay olmaysiz. Nima uchun shunday bo'ladi?
- (kuladi) SHu savol o'zimni ham qiynaydi. Bazan bo'sh darvozaga ham to'pni joylay olmayman. Raqib taqibidan qochib, yakuniy nuqtani qo'yishga kelganda omad yuz o'girmoqda.
- Buni omadsizlikka yo'yganingiz bilan, ammo omad kuchlilarga kulib boqadi degan ibora bor. Balki ayb birgina Sizda emas murabbiydadir?
- Yo'q. Murabbiylar doimo to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsatib, kerakli ko'rsatmalarni berishadi.
- Yakuniga etgan mavsumda Navbahorga yaxshi natija ko'rsatish uchun nima etishmadi?
- Nazarimda moliyaviy masaladagi qiyinchiliklar, chempionatni yuqoriroq o'rinlarda yakunlashimizga imkon bermadi.
- Mavsum davomida jamoada Asqaraliev, Gay va Hasanov kabi murabbiylar ham ish yuritishdi. Aytingchi, ulardan qay biri jamoaga ko'proq foyda keltirdi?
- Robert Sergeevich xabaringiz bor, birinchi liga vakili CHust-Paxtakordan taklif etildi. Aynan shu hol jamoa azolarini mushkul ahvolga solib qo'ydi. Gayning yuqori ligada munosib tarzda ishlashi uchun tajribasi kamlik qildi deb o'ylayman. Ushbu omil ham ko'rsatgan natijalarimizga tasir etdi. Qolaversa, murabbiy tarkibni yoshartiraman deb o'z shogirdlarini jalb eta boshladi va jamoani qiyin axvolga solib qo'ydi. Bu gaplarni aslida gapirmasligim kerak edi. Gay Navbahorni birinchi liga jamoasiga aylantirib qo'ygandi. Asosiy tarkibning ayrim tajribali o'yinchilarini yoshlar safida shug'ullanishlari borasidagi qarorni ham aynan shu murabbiy qabul qilgandi. U ketgach, malum vaqt davomida yoshlar safida yurgan jamoadoshlarim o'zlarini nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishdi. Ularni kimligini aytmas ham ko'pchilik gap qaysi futbolchilar haqida ketayotganligini payqab olishadi.
- Jamoadoshingiz Ayubxon G'apparov o'z intervyusida Kosonsoydagi maydon holatidan norozi bo'lganini aytdi.
- Jamoadoshimning gapida jon bor. Lekin, futbolchi maydon tanlamasligi lozim. Sportchiga maoshini to'langandan so'ng aytilgan joyda to'p tepishi shart. Namangandagi markaziy o'yingoh foydalanishga topshirilgach, uy uchrashuvlarimizni qadrdon o'yingohimizda o'tkazamiz. Muxlislarimizga yangi mavsumda ijobiy natijalar va yorqin o'yinlar namoyish eta olamiz deb o'ylayman.
- Yanagi mavsumda nechta gol urmoqchisiz?
- Agarda No'mon Hasanov keyingi mavsumda ham jamoada qolsa, iloji boricha ko'proq gol urishga harakat qilaman. Bu yil o'yin amaliyotiga kam ega bo'ldim. SHu sababdan maydonda ko'proq harakat qilsam, iloji boricha murabbiy ishonchini oqlashga urinaman.
- Bunyodkorni Anvar G'ofurov, Jasur Hasanov va Lutfulla To'raevlar tark etib, Lokomotiv safini to'ldirishdi. Keyingi yilda ushbu jamoalar yana chempionlik uchun asosiy raqobatchilar bo'lishadi chog'i. Bu boradagi fikringiz qanday?
- Hozirgi kunda bu jamoalar mamlakatimizning etakchilari sanalishadi. Nasafni ham ular qatoriga kiritish mumkin. Lekin, bu yilgi mavsumda chempion nomi so'nggi turlarda aniqlanganini inobatga olib aytadigan bo'lsam, chempionatimiz yildan-yilga qiziqarli tarzda tus olib bormoqda. SHuning uchun oldindan biron jamoani ajratib ko'rsatish ham noo'rin.
- Abdumalik Abdullaevni shu darajaga etishishida qaysi murabbiyning hissasi katta bo'lgan?
- Futboldagi ilk saboqlarimni birinchi ustozim Aleksandr Lyandan olganman. SHu sababdan bunday darajaga etishimda Aleksandr Nikolaevichning hissasi katta deb o'ylayman.
Javlon Mahmudov suhbatlashdi.
Manba: “Asr futboli” gazetasi.

Fikrlar