Abdulloh al Idrisi: "G'alaba qozonishni juda xohlagandik"
22 okt 2013 00:28
Yangiliklar
Abdulloh al Idrisi: "G'alaba qozonishni juda xohlagandik"
O'zbekiston - Marokash o'smirlar terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'yindan keyin ikki terma jamoa ustozi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"G'alaba qozonishni juda xohlagandik, buning uchun oxirigacha harakat qildik, ammo raqib darvozasiga to'p kirita olmadik. Lekin o'z darvozamiz daxsizligini saqlab qolganimizni ham aytib o'tish joiz. O'zbekistonlik o'smirlar menda iliq taassurot qoldirdi. Ularga qarshi kurash olib borish oson kechmadi", - deydi marokashliklar bosh murabbiyi.
- Jamoangiz guruhdagi oxirgi uchrashuvni aytsayder Panamaga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinda g'alaba kafolatlanganmi?
-O'ylaymanki, biz bilan bahsda Panamaning zafar quchishiga hech kim ishonmaydi. SHunday ekan, hozirdanoq uch ochko cho'ntagimizda deyish mumkin. Bugun nima uchun gol ura olmaganimiz xususida albatta bosh qotirib ko'ramiz va shunday so'ng Panma bilan kechadigan uchrashuvga hozirlik ko'ramiz.
X.Xoliqov yozib oldi.
Fikrlar