Abdulazizxon Abdurashidov: "Bunyodkor" bilan o'yinda "Turon"ning g'alabasiz seriyasiga barham bera olamiz"
09 iyu 2021 22:00
Yangiliklar
Abdulazizxon Abdurashidov: "Bunyodkor" bilan o'yinda "Turon"ning g'alabasiz seriyasiga barham bera olamiz"
Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning yosh futbolchilaridan biri Abdulazizxon Abdurashidov fikrlarini bildirib o'tdi.
"To'g'ri, Superligadagi holatimizni yaxshi, deb bo'lmaydi. Lekin vaziyatni o'nglashga intilmoqdamiz. Tanaffusda kamchiliklar, o'yinimizdagi xatolar ustida ishlash jarayoni ketmoqda. Birinchi davraning qolgan to'rtta o'yinida natijalarimiz yaxshi bo'ladi, degan umiddaman.
Hozirgacha ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Jamoamizning taktikasida o'zgarish bo'lyapti. Buyog'iga ikki hujumchi bilan o'ynashga harakat qilamiz. Mazkur o'zgarish bo'lajak uchrashuvlarda samara berishiga aminman.
G'alabasiz seriya qachon tugaydi? "Bunyodkor" bilan o'yinda bor kuchimiz bilan to'p tepamiz. Ushbu uchrashuvda yutuqni o'zimizniki qilib, jamoaning g'alabasiz seriyasiga barham bera olamiz. Birinchi davraning so'nggi to'rtta o'yinida faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Abdulazizxon Abdurashidov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
Fikrlar