So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  0 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  90 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Abdesammad Muhammad: "Franciya o'z tarixida birinchi marotaba mundialda ishtirok etmoqda, ammo bizda qo'rquv yo'q" Yangiliklar

Abdesammad Muhammad: "Franciya o'z tarixida birinchi marotaba mundialda ishtirok etmoqda, ammo bizda qo'rquv yo'q"

Jahon chempionati 1/8 final doirasidagi Tailand - Franciya (2:5) uchrashuvdan so'ng bugungi bahsning eng yaxshi o'yinchisi

"Tailand kuchli jamoa ekanligini bilardik. Bugun raqibimiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Tailandning Osiyo kubogidagi, shuningdek Xorvatiya va Kubaga qarshi o'yinlarini o'rganib chiqqandik. Ular Braziliyaga mag'lub bo'lishdi, ammo "pentakampeon"larga qarshi o'yinda Tailand o'zining to'liq salohiyatini namoyish eta olmagani aniq. Biz aqlli o'ynadik. Bugun g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Butun jamoa ajoyib o'yin namoyish etdi, ayniqsa darvozabonimiz.

CHorak finaldagi raqibimiz Paragvay terma jamoasining bir nechta futzalchilari Evropa klublarida faoliyat olib borishadi. Klubdagi faoliyatimda paragvaylik futzalchilar bilan to'qnash kelganman. Keyingi uchrashuvimiz ham juda qiziqarli va tomoshabop bo'lishi aniq. Ikki jamoa ham faqatgina g'alaba uchun maydonga chiqadi. Biz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishimizga ishonaman.


Franciya o'z tarixida birinchi marotaba Jahon chempionatida ishtirok etmoqda, shu sababli har to'rt yilda mundialda qatnashadigan boshqa jamoalarni hurmat qilishimiz kerak. Bizda qo'rquv yo'q. Har bir jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. CHorak final ham yomon natija emas, agar yanada uzoqroqqa bora olsak bu biz uchun bonus bo'ladi" - deydi bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Abdesammad Muhammad.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Franciya Tailandni mag'lub etdi. Jahon chempionatida osiyolik jamoalar qolmadi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика