Abbos SHodmonov: "CHempionatdagi natija tasodif ekanligini isbotlamoqchimiz"
21 may 2016 10:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/208666_original.jpg)
![](/upload/storage/208666_220.jpg)
Abbos SHodmonov: "CHempionatdagi natija tasodif ekanligini isbotlamoqchimiz"
Bugun "Mashal" O'zbekiston kubogi doirasida 1/8 final bosqichining javob bahsini o'tkazadi.
Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi bo'ladigan mazkur o'yin haqida futbolchimiz Abbos SHodmonov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz hozirgi vaziyatda har bir o'yin qiyin o'tishini o'ylamoqdamiz. Jamoamizni chempionatda ishlari u qadar ham yurishmayapti. SHu bois bizga har qanday turnirdagi g'alaba juda ham zarur. Undan tashqari biz yaqinda "So'g'diyona"ga qarshi chempionat bahsida ham maydonga tushdik va imkoniyatni boy bergan edik. Bugun shu natija tasodifligini isbotlash uchun ham maydonga chiqamiz. Yo'qotilgan obruni tiklash uchun bizga har bir o'yinda g'alaba kerak.
O'zbekiston kubogining keyingi bosqichiga chiqmoqchimiz. SHu bois bizni faqat ijobiy natija qoniqtiradi", - deydi Abbos SHodmonov.
"Mashal" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar