So’nggi yangiliklar

08:33"Насаф" - "Ал Шорта". Жамоалар қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  0 08:18Элит ОЧЛ. "Насаф" бугун Фарғонада "Ал Шорта" билан ўйнайди  1 07:50"Манчестер Сити" беш йилдан сўнг илк бор "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди  4 03:03Ўртоқлик ўйини. “Навбаҳор” “Рубин”га мағлуб бўлди  1 02:56Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Валенсия"ни мағлуб этди, "Барса" билан орадаги фарқ — 1 очко  21 02:53А Серия. "Ювентус" "Лацио" билан ўйинда 90+6 дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  1 02:48Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Марсел"га жавобсиз 5 та гол урди  1 00:50Гвардиола “Ливерпуль”га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  21 00:28Ла Лига. "Атлетико" кутилмаганда ўз майдонида "Бетис"га мағлуб бўлди, Антони ўйиндаги ягона голни урди  2 00:05АПЛ. "Ливерпуль" — "Манчестер Сити" 1:2  9 00:02А Серия. "Интер" меҳмонда "Сассуоло"га жавобсиз 5 та гол урди  1 23:45Бундеслига. "Бавария" ўз уйида таъқибчиларидан бири бўлмиш "Хоффенхайм"га 5 та гол урди  9 23:33АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди  165 23:15“Нефтчи” “Челси”, “Удинезе” ва “Уотфорд” собиқ ҳужумчиси билан шартнома имзолади  9 22:30“Манчестер Сити”нинг трансфер мақсади маълум  0

Abbos Omonov: "Mashal"ga moslashish jarayoni ketmoqda" Yangiliklar

Abbos Omonov: "Mashal"ga moslashish jarayoni ketmoqda"

Abbos Omonov. CHempionatimizning 6-tur o'yinlaridan o'rin olgan “Neftchi” – “Mashal” uchrashuvidan so'ng Abbos Omonov bilan bog'lanib uchrashuv haqida fikrlarini va yangi jamoasi haqida bilishga harakat qildik.
- Avvalo "Neftchi"ga qarshi bahs xususida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- "Neftchi"ga qarshi uchrashuv qiyin o'tishini avvaldan bilardik. SHunga qarab tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvning dastlabki 30 daqiqasi teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsa, keyin sekin-asta mezbonlar bizdan ko'ra yaxshiroq harakat qilganini aytishim mumkin. O'yinda har ikki jamoada qulay imkoniyatlar vujudga keldi. Afsus biz ham, raqib jamoa ham imkoniyatlardan foydalanishga erisha olmadik.

- "Neftchi" jamoasi bu yil yangilangan tarkib bilan harakat qilmoqda. Bu jamoa avvalgilaridan nimasi bolan farq qilmoqda?
- Xaqiqatdan "Neftchi" jamoaai bu yil tubdan yangilanib ketdi. Jamoa yaxshi shakllanganligini aytishim mumkin. Bu jamoaga ozgina vaqt kerak menimcha. Keyingi turlarda jamoa o'z o'yinini topib olsa, bemalol avvalgi mavqeyiga qaytishiga ishonishimiz mumkin.

- Abbos, bu yil siz "Mashal"jamoasi tarkibiga yangi kelib qo'sholdingiz. Jamoaga moslashish qiyin kechmayaptimi?
- Ha to'g'ri bu yil jamoaga yani kelganlardan biriman. "Mashal" jamoasi yaxshi shakllangan jamoalardan biri ekanligiga shubha yo'q. Jamoaga moslashish jarayoni hali ham ketmoqda. "Mashal"ga foyda keltirishga harakat qilaman.

- Jamoa murabbiyi Xomyakovning mashg'ulotlari haqida nima deya olasiz?

- Murabbiyimiz bilan tez til topishib ketishga muvaffaq bo'ldim desam adashmagan bo'laman. Mashg'ulotlar juda qiziqarli o'tmoqda. Biz asosan texnik va taktik uslublardan foydalanib mashg'ulotlar o'tkazayapmiz.

- Endi keyingi turda sizlarni jiddiy sinov kutib turibdi.
-To'g'ri aytasiz, keyingi o'yin shanba kuni "Olmaliq"qa qarshi bo'ladi. Biz bu o'yinga qarshi tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. “Olmaliq” yaxshi shakllangan jamoa. Ularni tarkibida mahoratli o'yinchilar talaygina. Bu o'yinda bizga oson bo'lmasligini sezib turibman. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimizni hursand etishga harakat qilamiz. Muboraklik muhlislarga g'alaba tortiq etishga niyat qilganmiz.


Komiljon Ikromov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика