Abbos Fayzullaevning "Benfika"ga transferi barbod bo'lgan?! Yangiliklar

Abbos Fayzullaevning "Benfika"ga transferi barbod bo'lgan?!

Pro Sports Management kompaniyasi rahbari German Tkachenko Sport24 muxbiri Aleksandr Muyjnekka bergan intervyusida "Benfika" CSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazishni xohlamaganini aytdi.

– Avvalroq Rossiya futboli Evropa bozorida rad qilinayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozirda buni engib o'tish tendenciyasi bormi?

– Bunga umid qilyapman. Bizga munosabat yumshoqlashdi. Masalan, "Sanderlend" tavakkal qilib, "Zenit"ga Izidor uchun pul to'ladi, Safonov esa PSJga o'tdi. Bu hali tendenciyadagi yakuniy burilish nuqtasi emas, evolyuciya jarayonda.

– Qanaqa qarama-qarshi misollar mavjud?

– Fayzullaev masalasini "Benfika" bilan muhokama qildik. Ammo birinchi bosqichdayoq klub rossiyaliklar bilan o'zaro munosabatlarga kirishmasligini bildirib, "yo'q" dedi.

– Bu CSKA bo'lgani uchunmi?

– Biz chuqurlashmadik. Shu bilan aloqalar uzilib qoldi. "Biz Rossiya bilan ish qilmaymiz" tezisi paydo bo'ldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика