So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  2 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Abadiy shahardagi azaliy nafrat Yangiliklar

Abadiy shahardagi azaliy nafrat

Teglar :  Roma"Lacio"
A Seriya 18-turining muhim bahslaridan biri bo'lgan Rim Derbisi kecha "Lacio" g'alabasi bilan yakuniga etdi (3:0).

Bugun ikki jamoa muxlislari, ularning azaliy dushmanliklari haqida suhbat qurmoqchimiz.


Nega "Roma" va "Lacio" muxlislari bir-birini yomon ko'radi?

1900 yili "Lacio" sport majmuasi tashkil topdi. Logotip yaratishda Olimpiya o'yinlari vatani Yunoniston bayrog'idagi bo'lgani kabi havorang va oq rangdan foydalanishdi (shu tariqa klub taxallusi "Biancocelesti" - "oq-havoranglar" kelib chiqqan).

Klub gerbiga shahar ramzlaridan biri bo'lgan burgut aksi tushirildi. Rim tashkil topishi haqidagi afsonalarga ko'ra, egizaklar Romul va Rem uzoq vaqtgacha bunyod etilajak shahar tamal toshini qaysi tepalikka qo'yish borasida bir qarorga kelolmaydilar. Har biri o'z tepaligiga chiqib, yuqoridan uchib o'tgan yirtqich qushlar sonini sanashga qaror qilishadi: kimda ko'proq bo'lsa, o'sha bahsda g'olib chiqqan bo'ladi. Romul Palatin tepaligida 12ta qushni sanagan bo'lsa, egizagi Avetinda ikki barobar kam hisoblagan. SHu tariqa, yangi shahar bunyod etiladi. Biroq, keling yaxshisi, mavzuga qaytamiz.

"Lacio" birinchi o'yinini 1902 yil "Virtus" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Havoranglilar" 3:0 hisobda g'olib bo'ldilar. 20-yillar o'rtalariga qadar Italiya janubidagi jamoalar, xususan, "Lacio" katta yutuqlarga erisholmadi. 1927 yilda Rim federaciyasi fashistlar partiyasi kotibi Italo Foski Rimda mamlakat shimolidagi klublardan ustun va kuchli bo'la oladigan futbol klubini tuzish taklifini kiritdi. Uning bu fikrini Benito Amilkare Andrea Mussolini qo'llab-quvvatladi.

G'oyani amalga oshirish uchun 3ta jamoani birlashtirishga qaror qilishdi. "Fortitudo-Pro Roma", "Romanlar" va "Alba-Audache"larning o'rniga "Roma" klubi tashkil etildi. Yangi klub uchun "qizil-sariq" ranglar tanlandi. Logotipga esa bo'ri surati tushirildi, shahar ramzlaridan biri. Afsonalarga ko'ra, bo'ri o'z suti bilan Romul va Remni emizgan ekan.

"Oq-havoranglilar"ning vice-prezidenti general Jorjjo Vakkaroning say-harakatlari tufayli "Lacio" o'zligini saqlab qoldi. SHunday qilib, Rimda kelib chiqishi va klub atributlariga ko'ra ikkita jamoa qoldi. Tabiiyki, o'z-o'zidan ular "shahar ramzi va yuzi" hamda "chinakam Rim jamoasi" bo'lish uchun o'zaro jang boshladilar. Birinchi Rim derbisi 1929 yil 8 oktyabr kuni Italiya chempionati doirasida bo'lib o'tdi. Minimal hisob bilan "Roma" (1:0) g'alaba qozondi. "Bo'rilar" ketma-ket 6 o'yinda ham "Lacio"ga mag'lub bo'lmadilar. Va nihoyat, 1932 yil oktyabrdagi o'zaro bahsda omad "Lacio"ga kulib boqdi (2:1). 20-asr o'rtalaridan buyon jamoalar "Olimpiko" stadionida to'p tepadilar. Ehtimol, bu jamoalarni birlashtirib turgan yagona narsadir (shahardan tashqari, albatta).


Tragediya

"Roma" va "Lacio" muxlislarini bir-biriga do'st deyish qiyin. Ular o'rtasida muntazam ravishda nizo chiqadi. O'ylashimizcha, Rim derbisi kunlari mahalliy policiya kalendarlarida muhim kun sifatida qayd etilgan bo'lsa ajabmas. Sababi o'sha kunlari muxlislar hissiyotlarga berilib, turli janjallar keltirib chiqaradilar.


SHunday nizolardan eng mashhuri XX asrning 70-yillarida bo'lgan. 1979 yili bo'lgan derbidan avval "Roma" muxlislari o'z sektorida raketnica (bazi sport turlarida start berish uchun foydalanuvchi pistolet turi) yashiradi. O'yin vaqtida bir raketnica "Lacio" tiffozisi  tomonga uchib tushadi. Muxlislardan biri Vinchenco Paparelli voqea joyida vafot etadi...

SHundan so'ng ikki klub ishqibozlari o'rtasidagi nafrat yanada kuchayib ketadi.


"Roma" va "Lacio" murabbiyi uchun haykal o'rnatiladi...

Asr boshida "Lacio" o'zining eng yaxshi yillarini o'tkazdi: Pavel Nedved, Kristian Veri, Alessandro Nesta, Diego Simeone va boshqalar ko'pchilikni aqldan ozdirdi. Jamoani shveciyalik murabbiy Sven-Yoran Eriksson boshqardi. 1999 yili jamoa 2ta evroturnirda g'olib bo'ldi: Kubok egalari Kubogi va UEFA Superkubogi. O'sha yili Formellodagi "Lacio" bazasida shved murabbiyga atab haykal qo'yish qaroriga kelishdi.


Qizig'i shundaki, u faoliyati davomida avval "Roma"ni boshqargan, ammo bunga katta etibor berishmadi. Biroq muxlislar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik sababi faqatgina qo'lga kiritilgan titullar emasdi. Hamma gap 1998/1999 yilgi mavsumda edi... "Lacio" o'zaro to'qnashuvda 4 bora "Roma"ni mag'lub etdi: "bo'rilar" ikki marta A Seriya doirasida, ikki marta Italiya Kubogi doirasidagi uchrashuvda g'alabani boy berishgandi.


"Hech qachon! Axir biz Rimning hurmatli oilasimiz"

Bir kuni "Lacio" murabbiylari guruhi o'z saflarida bir bolani ko'rishni istashdi va uning uyi tomon yo'l olishdi. Yigitcha tengdoshlariga qaraganda ancha yaxshiroq futbol o'ynardi, lekin xarakteri juda og'ir edi. O'smirning onasi eshikni ochdi va ularning iltimosiga shunday javob berdi: "Hech qachon! Axir biz Rimning hurmatli oilasimiz!". Vaqt o'tdi, bolakay ulg'aydi. Va biror marta ham "Lacio"ga rad javobini berganidan afsuslanmadi. Uning ismi Franchesko Totti edi. 25 mavsum, 786 o'yin, 307ta gol — bularning barchasiga "Roma" futbolkasini kiygan holda erishdi. "Imperator" Rim derbisidagi rekord o'rnatdi — 44 uchrashuv, urilgan gollar soni — 11ta.

Franchesko Tottining turmush o'rtog'i Ilara Blazi — "Lacio" muxlisi! Taqdir hazilini qarang...

2017 yil "Lacio" - "Inter" uchrashuvida rimliklar muxlislari guruhlaridan biri tribunaga banner yoydi:

"Dushmanlar Franchesko Totti ketayotgani sabab bayram qilishmoqda" — deyishgandi italiyalik afsonaviy futbolchining katta futbolni tark etishi haqida. 

Bunday holatlar kam bo'lsa-da, ular baribir derbiga o'zgacha shukuh bag'ishlaydi.


"Finaldan keyin kelasi kuni odamlar meni to'xtatib, gol urgan o'ng oyog'imni o'pishdi!"

2013 yili "Roma" va "Lacio" ilk bor Italiya Kubogi finalida uchrashdilar. Yana bir omil o'yinga katta intriga bag'ishladi: final payti Italiyadagi mavsum yakuniga etib bo'lgandi. A Seriya natijalariga ko'ra, har ikki jamoa ham evrokubokka chiqolmadi. SHu sababli, kubok finali nafaqat sovrin uchun, balki Evropa Ligasiga chiqish uchun ham yaxshigina imkoniyat edi. Finalda "Lacio" zafar quchdi va tarixidagi oltinchi Italiya Kubogiga sazovor bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona golni Senad Lulich urdi.

Bosniyalik aytganidek: "Bu avlbovar qimas kecha edi. Men atrofdagi odamlar, muxlislarning ko'zlaridagi yoshni ko'rib, Rim derbisi qanchalik muhim ekanini his qildim. Finaldan bir kun o'tib, muxlislar kelib gol urgan o'ng oyog'imni o'pishdi!".


Italiyaning eng qaynoq derbisi

Appenin yarim orollarining eng qaynoq derbisi bu — shubhasiz, Rim to'qnashuvidir. Faqatgina stadion va bir-biriga bo'lgan nafrat birlashtirib turuvchi bu raqiblar butkul turlicha tarixga ega. "Quyoshli Derbi" ham ("Napoli" va "Roma") qaysidir manoda o'xshash, lekin u baribir derbi deb ko'pchilik tomonidan tan olinmagan, sababi klublar boshqa-boshqa shaharlar sharafini himoya qiladilar. "Milan derbisi"dagi harorat ham rimliklar to'qnashuvi oldida "ip esholmay qoladi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика