

62 yoshli mutaxassis hozirda ishsiz hisoblanadi. “Fiorentina” bilan birga Sarrining xizmatlariga uning sobiq jamoasi “Napoli” ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, italiyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi “Yuventus” bo'lgan va u 2020 yil yozida iste'foga chiqarilgan edi.
A Seriya joriy mavsumida 27 ta o'yin o'tkazgan “Fiorentina” 29 ochko to'plagan holda 14-o'rinda bormoqda. Neapolliklar esa 50 ochko bilan 5-o'rinda turibdi.



