So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  3 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

A Seriyani kuzatishimiz uchun 5 sabab Yangiliklar

A Seriyani kuzatishimiz uchun 5 sabab

Italiya A Seriyasi yakunlanmoqda. Italiya A Seriyasida hali ko'p narsa hal bo'lmadi.

"YUVENTUS" QACHON CHEMPIONLIKNI NISHONLAYDI

"Byankoneri"ning "Napoli"dan mag'lubiyatga uchrashi turnir jadvalidagi etakchilik uchun kurashni qaytargandek edi, biroq intriga bir tur davom etdi. Dramatik bahsda "Yuventus" "Inter"ni mag'lub etdi. Spaletti jamoasi "Napoli"ga birinchi o'rinni sovg'a qilishi mumkin bo'lgandi. Balki ushbu holat neapolliklarning ruhiyatiga jiddiy tasir o'tkazgandir. Garchi etakchilari safda bo'lsa-da, "Napoli" safarda "Fiorentina"ga 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi asosiy savol shunday: Buffon qachon futbolchiligidagi so'nggi sovrinini boshi uzra baland ko'taradi?

Taxmin: "Yuventus" 37-turda "Roma"ga yutqazmaydi va Skudettoni qo'lga kiritadi. Balki barchasi bundan-da ertaroq bo'lishi mumkin: "Napoli" "Torino"ga mag'lub bo'lishi ham mumkin. Ammo neapolliklar g'alaba uchun qattiq harakat qilishi aniq.

"INTER" RIMLIKLARGA ETIB OLISHNI UDDALAYDIMI?

"Inter"ning o'zi vazifalarini qiyinlashtirib yubordi: "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyat tufayli Rimning ikki jamoasidan 4 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa "Lacio" bilan so'nggi turda to'qnash keladi va "burgutlar"ga etib olish imkoniyati saqlanib turibdi. "Byankocheleste" esa kuchga to'lgan "Atalanta" va "Krotone"ga qarshi maydonga tushadi. "Yuventus"dan tashqari "Roma"ni "Kalyari" va "Sassuolo" kabi jamoalar kutib turibdi. Immobileni yo'qotganidan keyin "Lacio"dagi holat biroz og'irlashdi. Hujumchi kamida ikki turni o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. "Inter" esa tinimsiz mag'lubiyatdan qochishi qiyin bo'lmoqda, moliyaviy muammolar borasidagi mish-mishlar ularning ishtiyoqini "o'ldirayotgandir". Bizni g'olibini taxmin qilib bo'lmaydigan poyga kutib turibdi barchasi o'zaro o'yinda hal bo'lishi mumkin.

"MILAN" EVROKUBOKLARGA ILINA OLADIMI?"Bolonya" ustidan qozonilgan g'alaba Jennaro Gattuzo jamoasiga juda ham muhim edi. "Rossoneri"lar ketma ket 4 uchrashuvda g'alaba nimaligini bilishmagandi. Evropa ligasi uchun qizg'in kurash o'zaro o'yinda hal bo'lishi mumkin. SHak-shubhasiz, bu uchrashuvda ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi, hissiyotlar jilovlanmaydi. Haqiqatdan ham "Lacio", "Milan" va "Kalyari" qattiq kurashishmoqda, biroq Gasperini jamoasida bir ochkolik ustunlik bor. Agarda "Milan" ham, "Atalanta" ham qoqiladigan bo'lsa, "Fiorentina" evrokubokda qatnashishi mumkin. "Sampdoriya"da ham imkoniyatlar saqlanib qolgan.

Taxmin: Bu mavsum "Milan" uchun o'ta muvaffaqiyat o'tmoqda. Jamoa mavsumni yomon notada yakunlashni istamaydi. Agarda Gattuzo Kubok finalida "Yuventus"ni yutishni uddalasa, tarix chiroyli tugaydi.

LIGADA QOLISH UCHUN KURASH"Benevento" hozirdanoq "B" Seriya haqida o'ylamoqda. Ularning do'stlari esa qiyin holatda. Ayni damda xavfli hududda "Verona" va "Kevo" kabi jamoalar bor. Biroq 18 va 14-o'rinlar orasidagi farq 3 ochkoni tashkil etadi. SHu boisdan hali barchasi bo'lishi mumkin. "Kalyari"da esa taqvim engil emas, "Udineze" va "Krotone" hali masalani hal qilmagan. Eng yaxshi taqvim esa "Kevo"da bo'lsa kerak. So'nggi turlarda ligada qolish uchun kurash qiziydi va shunday pallalarda jamoa futbolchilarining jismoniy jihatdan kuchi qandayligini bilinadi. "A" Seriyada har doim shunday kurash bo'ladi.

Taxmin: "Kalyari" xavf ostida. Ular "Roma", "Fiorentina" va "Atalanta"ga qarshi bahs olib borishadi. Diego Lopes jamoasi ushbu klublardan ochko olishga va ligada qolishga qattiq intilishlari aniq.

TO'PURARLAR POYGASIDA KIM YUTADI?


Immobile va Ikardi butun bir mavsum davomida "Oltin butsa" uchun kurash olib borishdi. Ammo Immobile jarohat olib safdan chiqdi va kamida 2 o'yinda qatnasha olmasligi malum bo'ldi. Argentinalik futbolchi esa bemalol asosiy raqibining natijasidan o'tib ketishi va yakunda yaqqol to'purar bo'lib olish imkoniyati bor. SHu orqali Ikardi jamoasini ECHLga olib chiqishi va o'sha butsani o'ziniki qilib olishi mumkin.

Taxmin: Mauro Ikardi va CHiro Immobile 30tadan gol kiritgan va ikkisi ham to'purar bo'lishi mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика