So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  1 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   11 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  6 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  16 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

A Seriya qaytdi! "Yuventus" musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

A Seriya qaytdi! "Yuventus" musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi

Mazkur sahifa orqali Turinda o'tkaziladigan uchrashuvning matnli translyaciyasi bilan tanishib borish imkoniga egasiz.

Yuventus – Sampdoriya 3:0 

20 sentyabr, 23.45, «Alyanc Stedium»

Gollar:

1:0 – 13 Kulusevski, 2:0 – 78 Bonuchchi, 3:0 – 88 Ronaldu.

Yuventus – SHchensny, Bonuchchi, Kellini (Demiral, 83), Danilo, Frabotta (De SHilo, 67), Kuadrado (Bentankur, 78), Rabo, Remzi, Makkenni, Kulusevski (Duglas Kosta, 82), Ronaldu.

Sampdoriya – Audero, Audjello, Kolli, Bereshinski, Depaoli (Ramires, 46), Torsbyu (Damsgor, 70), Ekdal, Yankto, Tonelli (Yosida, 46), Bonaccoli (Verre, 70), Leris (Kualyarella, 46).

Ogohlantirishlar:

Tonelli (4), Frabotta (54).

Juventus

Dejan Kulusevski - 13', Leonardo Bonucci - 78', Cristiano Ronaldo - 88'

Serie A . 1-tur

20/09/2020, 23:45

0
:
3
Tugadi

Sampdoria

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Piccinini

45'
90'
13'  Dejan Kulusevski
54'  Gianluca Frabotta
67'  Gianluca Frabotta (Mattia De Sciglio)
78'  Juan Cuadrado (Rodrigo Bentancur)
78'  Leonardo Bonucci
82'  Dejan Kulusevski (Douglas Costa)
82'  Giorgio Chiellini (Merih Demiral)
88'  Cristiano Ronaldo
88'  Aaron Ramsey
4'  Lorenzo Tonelli
46'  Fabio Depaoli (Gaston Ramirez)
46'  Mehdi Leris (Fabio Quagliarella)
46'  Lorenzo Tonelli (Maya Yoshida)
69'  Federico Bonazzoli (Valerio Verre)
70'  Morten Thorsby (Mikkel Damsgaard)

Turnir jadvali

Hakam yakuniy hushtagini chaldi. Turin superklubi muxlislarini ajoyib g'alaba va 3 ochko bilan tabriklaymiz.

90+2. "Sampdoriya"ning so'nggi hujumi ham muvaffaqiyatsiz chiqdi.
90. Marko Pichchinini o'yinga 2 daqiqa qo'shib berdi.
88. Gollllll! Nihoyat, Ronaldu ham o'z nomini tabloga yozdirdi. Remzi forvardni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Krishtianu o'ng oyoqda kuchli zarbasi bilan Auderoni dog'da qoldirdi - 3:0.
87. "Sampdoriya"ning navbatdagi hujumini Kvalyarella yakuniga etkaza olmadi.
85. "Yuve" to'pni burchakdan o'yinga kiritadi. Kostaning uzatmasidan keyin hujum 2-tempda davom etdi va Makkenidan kuchli zarba. Emil Audero to'pni qi1yinchilik bilan qaytarib yubordi.
83. Uxxx! Sal qoldi Bonuchchi o'z darvozasini ishg'ol qilishiga. SHchesniy bo'lmaganida hisob o'zgarardi.
81. O'zgarish: Kulusevski va Kellini o'rnini Duglas Kosta hamda Merix Demiral egallaydi.
80. De SHilo jarima maydoni yoqasida qoidani buzdi, "Sampdoriya"da qulay standart.

79. Golllll! Burchakdan uzatilgan to'pni Makkenni darvozaga yo'lladi, qaytgan to'pni Bonuchchi darvozaga kiritib qo'ydi - 2:0.
78. O'zgarish: Kuadrado o'rnini Bentankur egalladi.
77. Jarimani Kvalyarella amalga oshirdi. To'p qaytarilgach "Yuve" qarshi hujumga o'tdi. Hujumning tezligi pasayib pozicion hujumga aylandi, burchak zarbasi.
76. To'pga ulgurmagan Bonuchchi Gaston Ramiresni qo'pollik bilan to'xtatdi. Endi standart "Sampdoriya"da.
75. Jarimani Krishtianuning o'zi amalga oshirdi. Emil Audero o'z o'rnida.
74. Remzidan to'pni qabul qilib olgan Ronaldu oldinga intildi, forvardga nisbatan o'yin qoidasi buzildi, jarima. Qoidabuzar rolida Albin Ekdal.
72. Kuadrado to'pni jarima maydoni ichidagi Ronalduning manziliga yo'llagandi, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
71. De SHiloning o'ng oyoqdagi zarbasi rikashet hosil qilib maydonni tark edi, korner.
70. O'zgarishlar: Bonaccoli va Torsbyu o'rniga Valerio Verre hamda daniyalik Mikkel Damsgor maydonga chiqdi.
69. Genuyaliklar burchak zarbasi tepishadi. Gaston Ramiresning uzatmasidan keyin jamoadoshlari imkoniyatni qo'ldan chiqardi.
67. O'zgarish: "Yuventus"ning chap qanotida faolligi bilan ajralib turgan Janluka Frabotta o'rniga o'yinni Mattia de SHilo davom ettiradi.
64. Gaston Ramires "Yuve" jarima maydonchasida 3 kishini aldamoqchi bo'ldi, ammo to'p uchun kurashda Remzi ustun keldi.
62. Bugun turinliklar safida bir qator futbolchilar debyut qilyapti. "Barselona"dan xarid qilingan Artur Meloni qachon maydonda ko'ramiz?
59. Kuadrado jarima maydoni ichidagi Ronalduga zarba berish imkonini yaratib berdi, forvardning navbatdagi zarbasi ham noaniq.
57. "Yuve"ning qatoraasiga 2 hujumi zarbasiz yakunlandi. Jamoaga Jeko yoki Suares juda zarur.
54. Frabottaga sariq.
53. Mezbonlar qarshi hujumda. Ronalduning zarbasi rikashet hosil qilib maydonni tark etdi, korner.
52. Tajribali Gaston Ramires chiroyli harakatlar bilan "Yuve" mudofaachilarini aldadi va darvoza yaqiniga uzatdi. Bonaccolli to'pga ulgurmadi.
49. Rabo to'pni Ronalduga oshirdi. Krishtianu tepishga chog'landi, to'xtadi va kulusevskiga uzatmani amalga oshirmoqchi edi, pas noaniq chiqdi.
"Yuve" jarima maydonida to'qnashuv. Kvalyarella to'p qolib Kellininign oyog'iga zarba berib qo'ydi.
Klaudio Raneri uchta o'zgarishni amalga oshirdi: Tonelli, Depaoli va Leri maydonni tark etdi. Ularning o'rnini Maya Eshida, Gaston Ramires va Fabio Kvalyarella to'ldiradi.

46. Ikkinchi taym start oldi. To'pni "Yuve" futbolchilari o'yinga kiritishdi.

Marko Pichchinini o'yinning birinchi bo'limiga hech qancha vaqt qo'shib bermadi. Tanaffus!
45. Bonaccolli maydon markazida "Yuve" himoyachisidan to'pni olib qo'ydi va Lerisga uzatdi. Mexdi "keksa sinora" darvozasiga yaqinlashib zarba berdi, kuchli va noaniq.
43. Makkenni ham uzoqdan tepib ko'rishga qaror qildi. AQSHlik futbolchining chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.
42. Kulusevski jarima maydonchasi ichida chiroyli harakatlarni amalga oshirdi, biroq himoyachilar to'pnii qaytarib yuborishdi.
35. Jarima maydonchasi ichida Tonelli Remziga to'pni oldirib qo'ydi, 2-golga guvoh bo'lishimiz mumkin edi. Ammo uning o'zi uelslik futbolchini taqib qilib, uning zarbasini to'sib qoldi.
34. Remzining uzatmasidan keyin Ronaldu zarba yo'lladi, noaniq.
31. Bonaccolli 27 metrlardan zarba berdi, noaniq.
29, So'nggi daqiqalarda to'p nazorati Klaudio Ranerri shogirdlari tomonga o'tgandek taassurot uyg'otmoqda. Ketma-ket hujumlar, burchak zarbalari...
26. "Sampdoriya"ning o'ng qanotdan hujumi, Tonelli yaxshi o'ynadi. Burchak zarbasi.
25. Frabotta chap tomondagi bo'sh zonaga ochilgan Ronalduga pas uzatdi. Ammo "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi offsaydda edi.
24. Uxxx! Ronaldudan ajoyib zarba. Makkenni Krishtianuga uzatmani amalga oshirdi, portugaliyalik futbolchi zarba poziciyasiga chiqdi va tepdi. To'p darvoza to'siniga tegib ortga qaytdi.
21. Janluka Frabotta maydon markazida o'yin qoidasini buzdi. Jabrlanuvchi rolida Fabio Depaoli.
19. Makkenni jarima maydoni yaqinidagi Kulusevskini to'p bilan taminladi. Ushbu vaziyatda "Sampdoriya" himoyachisi Omar Kolli to'pni ilib ketdi. Deyan tezroq fikrlashi kerak.
18. Remzi qanotda Bereshinskiga nisbatan qo'pol o'ynadi. Natijada genuyaliklar standart vaziyatga ega bo'lishdi.

13. Gollllll! Deyan Kulusevski uchrashuvda hisobni ochdi. Ronaldu jarima maydonchasi ichiga kirishga urinayotgan vaziyatida yiqildi, to'p esa Kulusevski tomon yo'naldi, 20 yoshli shveciyalik futbolchi esa to'pga bir teginishda (chap oyoq) darvoza to'riga joyladi - 1:0.
12. "Sampdoriya" vakili Mexdi Leris maydon markazida Kelliniga nisbatan qoidani buzdi.
11. Xavfli vaziyat! Raqiblariga bosim o'tkazgan Remzi to'pni egallab oldi va Ronalduga oshirib berdi. Portugaliyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirib zarba yo'lladi. Auderodan seyv!
10. Adrien Rabo maydon markazida raqibiga nisbatan qoidani buzdi.
6. Zarba! Danilo 25 metrdan judayam kuchli zarba yo'lladi. Braziliyalik futbolchiga biroz aniqlik etishmadi.
5. Lorenco Tonelliga sariq kartochka ko'rsatildi. U Aujelloning xatosidan keyin to'pni egallab olgan Remzini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan edi.
3. Klaudio Raneri shogirdlariga "Yuvening" yosh, iqtidorli futbolchisi Janluka Frabottagana nisbatan bosim o'tkazishni aytgan, shekilli. Ilk daqiqalardan Fabio Depaoli Frabottaga bugun oson bo'lmasligini bildirib qo'ydi.
1. Futbolchilar "Alyanc Stedium"da ko'rinish berishdi. Bugungi sardorlar - Jorjo Kellini hamda Albin Ekdal. O'yinni "Sampdoriya" futbolchilari boshlab berishdi, ketdik!

- Uchrashuv boshlanishiga 15 daqiqa qoldi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика