So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alaba qozonib, 3-o'ringa ko'tarildi, Ronaldudan dubl Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alaba qozonib, 3-o'ringa ko'tarildi, Ronaldudan dubl

Italiya chempionati 23-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Yuventus – Krotone 3:0 

«Alyanc Stedium»

Gollar: Ronaldu 39', 45+1', Makkenni 66'

Yuventus – Buffon, Demiral, de Ligt, Danilo, Aleks Sandro (di Pardo, 86), Remzi (Bernardeski, 76), Bentankur (Fadjoli, 70), Kulusevski (Morata, 76), Makkenni, Keza (Frabotta, 86), Ronaldu.

Krotone – Kordac, Pedru Pereyra, Magalyan, Luperto (Marrone, 46), Reca (Rispoli, 67), Unas (Nvankvo, 72), Molina (Zanellata, 72), Junior Messias, Vulich, Golemich, Di Karmine.

Ogohlantirishlar: Remzi (20), Danilo (50), Marrone (52), Frabotta (90+1).

Bahs yakunlandi. "Yuventus" muxlislarini g'alaba bilan muborakbod etamiz!  Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+1. Frabotta Rispoliga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

87. Magalyan Morataga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

86. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Keza o'rniga Frabotta, Sandro o'rniga di Pardo tushdi. 

83. Krishtianu Ronaldu himoyachilarni chalg'itib, zarba yo'lladi, ammo zarba "bloklandi".

81. Juniordan zarba!  Braziliyalik yigitcha chapdan Buffon darvozasini ishg'ol etishga urindi.

80. Keza jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq ofsayd qayd etildi. 

79. Zarba!   Bernardeskining kuchli zarbasi bir necha sm noaniq ketdi. 

77. Zarba!  Endigina o'yinga qo'shilgan Morataning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

76. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Kuluchevski o'rniga Morata, Remzi o'rniga Bernardeski maydonga tushdi.  

75. Uuuuxx!  Remzining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Kordac qaytara oldi. Qoyil! 

73. Kulusevski Remzi tomon pas berdi, ammo to'p manzilga qadar etib bormadi.

72. "Krotone"da 2 ta o'zgarish: Molina o'rniga Zanellato, Unas o'rniga Nvankvo tushirildi. 

70. "Yuventus"da o'zgarish: Bentankur o'rniga Fadjoli o'yinga qo'shildi. 

68. Unasning uzatmasni darvozadan chiqib kelgan BUffon qo'lga kiritdi.

67. "Krotone"da almashtirish: Reca o'rniga Rispoli tushdi. 

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Makkenni hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi! 

65. Zarba!  Ronalduning zarbasi Kordac tomonidan qaytarildi. 

63. Ronaldu katta tezlikda ichkariga kirib borib, zarba yo'lladi, himoyachi forvardga yaxshigina xalaqit qildi, shu bois zarba noaniq chiqdi. 

59. Ronaldu bir nechta fint ko'rsatib, Daniloga pas berdi, braziliyalikning zarbasiga aniqlik etishmadi.

56. Kulusevski Remzidan to'pni qabul qilib oldi va uzatma qayd etdi, muvaffaqiyatsiz. 

54. "Krotone" pressing namoyish qilib, to'pni raqibdan olib qo'yishga erishdi. 

52. Kulusevski mohirona o'yin ko'rasatib, Marroneni ortda qoldirib ketmoqchi bo'ldi, biroq qoida buzildi, Marrone ogohlantirildi.

50. Danilo Di Karminega nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

48. Vulich 34 metrdan uzatmasidan keyin to'p yo'l-yo'lakay Makkeniga tegib ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Krotone"da o'zgarish: Luperto o'rniga Marrone o'yinni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45+3. Uuuux!  Krishtianu xet-trik qayd etishiga oz qoldi, yaqin masofadan noaniq zarba ijro etildi. 

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu!  Remzining havodan amalga oshirgan uzatmasidan keyin "Gol mashina" bosh bilan gol urib, dublni rasmiylashtirdi – 2:0!  

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

45. Junior Messiasning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

41. Gol VARdagi uzoq tekshiruvlardan keyin vanihoyat inobatga olindi. 

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ronaldu!   Aleks Sandroning uzatmasidan so'ng Ronaldu bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi – 1:0!

38. Aaron Remzi bosh bilan zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida! 

36. Demiral Di Karmane bilan havofdagi kurashda qoidani buzdi.

34. Matteys de Ligt markaziy hududdan xavfli zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

33. Sebastyano Luperto shifokorlar yordamiga muhtojlik sezdi. 

31. Remzidan kuchli zarba!  To'p rikoshet orqali maydonni tark etdi, burchak to'pi.

29. Zarba!  Kezaning pasidan so'ng Ronaldu zarba berdi, chap tomonga yo'naltirilgan zarba noaniq ko'rinish kasb etdi.

26. "Krotone" qarshi hujumga o'tib ketdi, yakunda Unasning zarbasidan keyin Buffon to'pni hech bir qiyinchiliksiz egallab oldi.

25. Ronaldu Molinani qoida buzishga majbur qilib, jdarima zarbasiga ega bo'ldi. Darvozagacha taxminan 18 metr masofa bor. Zarba jonli devorga tegib qoldi. 

23. Sandro va Bentankur o'zaro pas o'ynab, kombinaciya tashkil etishji. Brao'iliyalikning qaltis uzatmasiga Remzi oyog'ini qo'ydi, xavfli!

20. Remzi qarshi hujumga intilgan Unasni yiqitgani bois ogohlantirildi.

18. Xavfli vaziyat!  Danilo ichkariga kirib kelib, qulay pas uzatdi, Remzining zarbasiga aniqlik etishmadi.

16. Ronaldu o'ng qanotga Remzi tomon diagonal uzatmani amalda tatbiq etdi, javob pasi esa kutilganidek chiqmadi va Krishtianuning boshi oldidan o'tib ketdi.

13. To'p "Krotone" jarima maydoni ichkarisiga Ronalduga oshirildi, biroq bu to'pga Ronaldu ulgurmadi va darvozabon Kordac unga ega chiqdi.

12. Milosh Vulich uzatmani amalga oshirdi, himoyachidar xavfni bartaraf qilishdi.

11. Deyan Kulusevskining qanotdan zarbasi noaniq chiqdi.

6. Junior Messias Arkadiush Recani to'p bilan taminladi, u esa himoyachidan o'zib ketib, noaniq zarba yo'lladi.

5. De Ligt o'ng qanotdan markazga, yani Ronaldu tomon pas uzatdi, ammo sherigi to'pni raqibga sovg'a qildi.

2. Mehmonlar burchak to'pidan foydalanishdi. Lupertoning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Buffon to'pni ilib oldi.

1. Bahsga start berildi!

O'yinoldi suratlar

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Italiya A Seriya Seriyasi 23-turida "Yuventus" o'z uyida "Krotone"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика