So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

A Seriya. "Roma" "Verona"ga mavsumdagi ilk ochkolarni "sovg'a qildi" Yangiliklar

A Seriya. "Roma" "Verona"ga mavsumdagi ilk ochkolarni "sovg'a qildi"

Italiya chempionati 5-turidan o'rin olgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Verona" "Roma" 3:2
"Mark Antonio Bentegodi" stadioni
Gollar: 0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.

"Verona" – Montipo, Faraoni, CHekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).

"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (El-SHaaravi, 65), SHomurodov (Mxitaryan, 65), Abraxam.

Ogohlantirishlar: Veretu (17), Faraoni (30), Barak (51), Kristante (71), Ongla (83), Kazale (86).


Hellas Verona

Antonin Barak - 49', Gianluca Caprari - 54', Marco Davide Faraoni - 63'

Serie A . 4-tur

19/09/2021, 21:00

2
:
3
Tugadi

Roma

Lorenzo Pellegrini - 36', Ivan Ilic - 58'

Stadion: Stadio M. A. Bentegodi, 10148 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
30'  Marco Davide Faraoni
46'  Federico Ceccherini (Giangiacomo Magnani)
49'  Antonin Barak
51'  Antonin Barak
54'  Gianluca Caprari
54'  Ivan Ilic
63'  Marco Davide Faraoni
63'  Giovanni Simeone
64'  Giovanni Simeone (Nikola Kalinic)
64'  Daniel Bessa (Adrien Tameze)
78'  Gianluca Caprari (Martin Hongla)
82'  Darko Lazovic (Nicolo Casale)
83'  Martin Hongla
86'  Nicolo Casale
18'  Jordan Veretout
36'  Lorenzo Pellegrini
36'  Rick Karsdorp
58'  Ivan Ilic
65'  Eldor Shomurodov (Henrikh Mkhitaryan)
66'  Jordan Veretout (Carles Perez)
66'  Nicolo Zaniolo (Stephan El Shaarawy)
71'  Bryan Cristante
77'  Riccardo Calafiori (Borja Mayoral)
77'  Rick Karsdorp (Chris Smalling)


Italiya chempionati musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing 


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+5-daqiqa. Jarima maydonchasi tomon yana bir havodan uzatma, lekin himoyachilar bu safar ham turib berishdi... To'p maydon markazigacha ketib qolgach, bosh hakam final hushtagini chaldi va "Roma" sensacion ravishda hali bir ochkosi ham yo'q "Verona"ga mag'lub bo'ldi.  

90+4-daqiqa. Stefaning uzatmasiga intilayotgan Abraxam to'p o'rniga raqib himoyachisi oyog'iga zarba berib yubordi. Albatta futbolchi hakamning bu qaroridan norozi.    

90+3-daqiqa. Stefan El-SHaaravining zarbasi bu safar ham noaniq. 

90+2-daqiqa. Rui Patrisiu so'nggi himoyachi rolini yaxshi bajardiyu, ammo to'pni maydonda saqlab qololmadi.  

90+1-daqiqa. "Roma"da yana burchak to'pi. Ammo mehmonlar qanchalik urinmasin, xavfli zarbaga imkon topilmadi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. Zarbadan keyin darvoza tomon ketayotgan to'pni boshi bilan qaytargan "Verona" himoyachisi yordamga muxtoj. SHu sabab o'yinda to'xtalish yuzaga keldi.  

87-daqiqa. "Roma" o'zi jarima zarbasini amalga oshirdiyu, sal qolsa raqibni qarshi hujumga qochirib yuborardi. Mezbonlar futbolchisi uzatmada biroz noaniqlikka yo'l qo'ydi. Aslini olganda "Verona" vakillari hozir yana gol urgandan ko'ra, tezroq vaqt o'tkazishni ko'proq istayotgan bo'lsa ajab emas.    

Uzatmadan keyin zaxiradan o'yinga qo'shilgan Smolling to'pni sheriklariga tashlab berayotgandi, darvozabon mehmonlar rejalarini buzib, to'pni egallab oldi.  

85-daqiqa. Karlos Peresning qanotdagi faolligi oqibatida rimliklar burchak zarbasi ishlab oldi.  

82-daqiqa. Pellegrini qiyin vaziyatda zarba yo'llashga qaror qildi. Tabiiyki uning urinishi o'xshamadi, ammo bugun Lorencoga etiroz bildirish qiyin bo'lsa kerak.  

80-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich foiz hisobida 55 - 45 mezbonlar foydasiga.

79-daqiqa. "Roma"ning yana bir urinishi omadsiz yakunlandi. Montito to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritadi.  

78-daqiqa. O'zgarish! Rik Karsdorp o'rnini Kris Smollingga bo'shatib bermoqda. 

77-daqiqa. Qaytgan to'pni Genrix Mxitaryan yana jarima maydonchasi ichiga yo'llagandi, himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

76-daqiqa. Rik Karsdorp jamoasiga burchak zarbasi ishlab bermoqda. 

74-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasidan samara chiqara olishmadi. 

72-daqiqa. Xavfli vaziyat! Yana Kaprarini yolg'iz qoldirishmoqda. Hujumkor yarim himoyachining aniq zarbasini bu safar Rui Patrisiu katta qiyinchilik bilan bo'lsada, qaytarishni uddaladi.  

71-daqiqa. Ogohlantirish! Brayan Kristante raqib bilan to'qnashuvdan keyin ogohlantirildi.

70-daqiqa. Genrix Mxitaryan himoyachilar ortiga ochilayotgan sherigiga to'pni oshirmoqchi bo'ldi, ammo raqib futbolchisi buni sezib qoldi.  

69-daqiqa. "Verona" yana hujum uyushtirdi, biroq himoyachi to'pni qaytardi.   

66-daqiqa. O'zgarishlar! SHomurodov uchun o'yin yakuniga etdi. U o'rnini Mxitaryanga bo'shatib berdi. SHuningdek, Jordan Veretu va Nikolo Zanolo o'rniga Karlos Peres hamda Stefan El-SHaraavi tushirildi.  

63-daqiqa. GOOOOOOOL! Mezbonlar yana oldinga chiqib olishdi. Davide Faraonidan shunchaki shedevr!  


61-daqiqa. Jamoalar yana barchasini boshidan boshlashmoqda. "Verona" o'ng qanotdan hujumga o'tayotganda, to'pni yo'qotdi.

58-daqiqa. GOOOOOOOL! Ikkinchi bo'lim kutganimizdan ham zo'r bo'lmoqda. "Roma"ning o'sha uchligi tezkor hujumga intildi, Lorenco Pellegrini to'pni jarima maydonchasi ichiga, Abraxamga uzatgandi, Ivan Ilich uni o'z darvozasiga to'g'rilab yubordi. 

54-daqiqa. GOOOOOOOL! Janluka Kaprari mezbonlarni oldinga olib chiqmoqda. Uyg'on "Roma"...

52-daqiqa. "Roma"ning hujumi boshlanmay, uzilib qoldi.

 

49-daqiqa. GOOOOOOOL! Mezbonlar tanaffusdan qaytgach, juda tez hisobni tenglashtirishdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! "Verona" darhol oldinga tashlandi.  

Hozir 1:0 "Roma" foydasiga. Taymning ko'proq qismida raqibga nisbatan faolroq harakat qilgan rimliklar haqli ravishda oldinda. Ikkinchi bo'limda esa SHomurodovdan ham yanada faol o'yin va albatta samarali harakatlar kutib qolamiz. 

45+2-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin ham ish yakuniy zarbagacha bormadi va hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45+1-daqiqa. O'sha qo'shib berilgan bir daqiqani "Roma" hujumda o'tkazmoqda. Pellegrini to'pni SHomurodov tomon yo'llagandi, lekin himoyachilar faolroq harakat qilishdi va burchak zarbasi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

43-daqiqa. O'yin asosan maydon markaziga ko'chdi va to'xtalishlar biroz ko'paydi. Kim biladi deysiz, balki bunga ob-havo ham sabab bo'layotgandir. 

41-daqiqa. Yog'ayotgan yomg'ir esa do'lga aylanib ulgurdi.  

40-daqiqa. Ustunlikni berib qo'ygan, keyin yana gol ham o'tkazib yuborgan mezbonlar o'zini yo'qotib qo'ygandek tasavvur uyg'onmoqda.  

39-daqiqa. Nikolo Zanolodan kuchli zarba ko'rdik. Jarima maydonchasi tashqarisidan amalga oshirilgan urinishga biroz aniqlik etishmadi. 

36-daqiqa. GOOOOOOOL! Lorenco Pellegrini ijrosida ajoyib gol! Rik Karsdorp qanotdan uzatmasidan keyin Pellegrini nostandart harakati bilan to'pni darvozaga yo'lladi. 

34-daqiqa. Kalafiorining uzatmasidan keyin SHomurodov ikkinchi qavatdagi kurashda yutib chiqdi, ammo zarbasi aniq bo'lmadi. 

33-daqiqa. Jovanni Simeone Rojer Ibanesga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. Futbolchining o'zi bu fikrga rozi emas. 

32-daqiqa. Mezbonlarning navbatdagi urinishi nihoyasiga etmay qoldi. 

31-daqiqa. Pellegrini yiqilib tushdi, hakam qoida buzilmadi deb hisobladi.   

Yomg'ir tobora kuchayayotgani etiborga loyiq. 

30-daqiqa. Ogohlantirish! Endi "Roma" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotganida Zanoloni yiqitishdi. Mezbonlar sardori Faraoniga fol uchun sariq kartochka ko'rsatildi.   

28-daqiqa. Xavfli vaziyat! Tezkor qarshi hujum himoyachining sustkashligidan keyin yuzaga keldi va Darko Lazovich aniqroq harakat qilganida Patrisiu jamoasiga yordam bera olmasligi hech gap emasdi.   

27-daqiqa. "Roma" oxirgi ikki daqiqa qayta-qayta SHomurodovning qanotidan oldinga o'tishga harakat qilmoqda. 

24-daqiqa. Simeone o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi. 

22-daqiqa. Abraxam hujumda qoidani buzdi. 

21-daqiqa. Ibanes raqib hujumini to'xtatib, to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

Abraxam oyog'ini ushlab, og'riq his qilib turib qoldi.  

19-daqiqa. Zanolo ijrosidagi burchak zarbasi umuman o'xshamadi va narigi tomondan maydonni tark etdi. SHomurodov qanchalik harakat qilmasin, to'pni o'yinda olib qololmadi. 

18-daqiqa. Ogohlantirish! O'zini raqib yiqitganidan keyin jarima zarbasi belgilamagani uchun hakamga noroziligini qo'l harakatlari bilanda ko'rsatib tashlagani uchun Jordan Veretuga sariq kartochka. 

16-daqiqa. Standart vaziyat! Pellegrinining uzatmasidan keyin yaqin burchakdagi Kristante boshi bilan zarba yo'lladi va to'p darvoza to'siniga tegib ketdi. Golga juda yaqin kelishgandi Mour shogirdlari. 

13-daqiqa. Bu safar Eldor to'p bilan oldinga o'tdi va jarima maydoniga yaqin nuqtada markazroqdan kelayotgan Temmiga to'pni aniq oshirdi, ammo ingliz futbolchisi nima qilganini o'zi ham tushunmagan bo'lsa kerak. 

12-daqiqa. Eldor SHomurodovning jarima maydonchasi ichiga uzatmasi qovushmadi. Abraxam noroziligi yashirib o'tirmadi. 

11-daqiqa. Mezbonlar himoyachilari to'pni Zanolodan olib qo'yib, javob hujumini ham uzib qo'yishdi.  

10-daqiqa. "Verona"ning hujumi zarba bilan yakunlandi, lekin Manchini to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

7-daqiqa. Veretu va Simeone to'p uchun kurashdan keyin maydonga qulashdi. Takroriy lavhada ko'rindiki, "Atletiko Madrid" bosh murabbiyining o'g'li butsalarining tagi bilan, bevosita tishlari bilan raqibning tizzasiga zarba berib qolgan ekan... 

Xavfli vaziyat! Jovanni Simeone jarima maydonchasiga yaqin hududda chaqqonligini namoyish qilib, darvoza burchagiga kuchli zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

6-daqiqa. "Verona" hujumga o'tmoqchi bo'ldi, ammo ortga qaytishga majbur. 

4-daqiqa. SHomurodov pressingda ancha faol. Eldor va Abraxam bilan birgalikda Pellegrini ham qo'shilib, o'ziga xos uchlik hosil qilmoqda.  

3-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'yindagi birinchi xavfli vaziyat "Roma" darvozasi oldida yuzaga keldi, raqib chap qanotidan hujumga o'tib, zarba berdi, Rui Patrisiu o'z o'rnida. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi. 

Qizig'i, hamyurtimiz suratga tushishdan, ishni boshlaylik dedi chog'i, oxirgi bo'lib etib keldi suratga tushishga.   

Odatga ko'ra, har ikki jamoa esdalik uchun suratga tushishdi. Rimlik muxlislar afsonaviy SHomurodov-Abraxam juftligi ilk bor birga asosiy tarkibda tushgan o'yin deb eslab yurishsa ne ajab. 

Asosiy tarkib vakillari va hakamlar brigadasi bir chiziqqa saf tortishdi. Bir-birlariga omad tilashdi va sardorlar yordamida bosh hakam Fabio Mareska o'yinni kim boshlashi, kim qaysi tomonda boshlashini aniqlab olishmoqda.  

 Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

Verona – Roma

21.00, «Mark Antonio Bentegodi»

Verona – Montipo, Faraoni, CHekkerini, Gyunter, Davidovich, Lazovich, Bessa, Barak, Ilich, Kaprari, Simeone.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Kalafori, Veretu, Kristante, Pellegrini, Zanolo, SHomurodov, Abraxam.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика