So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  23 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  42 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

A Seriya. "Yuventus" safarda "Udineze"ga mag'lub bo'ldi va chempionlik keyinga qoldirildi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" safarda "Udineze"ga mag'lub bo'ldi va chempionlik keyinga qoldirildi

Italiya chempionati 35-turidan o'rin olgan "Udineze" - Yuventus" bahsi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib bordingiz.


Udineze – Yuventus 2:1 

«Friuli»

Gollar: 0:1 – 42 de Ligt, 1:1 – 52 Nestorovski, 2:1 – 90 Fofana.

Udineze – Musso, Zegelar (Larsen, 69), Rodrigo Bekao (De Mayo, 90), Nyuytink, ter Avest (Samir, 78), Fofana, Sema, de Paul, Trost-Ekong, Nestorovski, Okaka CHuka.

Yuventus – SHensni, de Ligt, Danilo (Kuadrado, 75), Rugani, Aleks Sandro, Bentankur, Rabo, Remzi (Matyuidi, 60), Bernardeski (Duglas Kosta, 60), Dibala, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Remzi (1), Trost-Ekong (20), Zegelar (68), Kuadrado (83).


Videoni telegram kanalimizda tomosha qiling.


O'yin tugadi. "Udineze" "Yuve"ni yutdi - 2:1. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Fofana! 2:1!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. Matyuidi Rodrigo Bekaoni yiqitdi va jarima zarbasi. 

87. Dibala raqib jarima maydoni tomonda yiqildi, hakam etibor qaratmadi.  

86. "Yuventus" hujam tashkil qilayotib xatoga yo'l qo'ydi. Endi "Udineze" hujumga o'tmoqda.  

83. Kuadrado Semaga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

82. Aleks Sadrodan juda kuchli zarba! Biroq aniqlik etishmadi. 

81. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 41% - 59%

79. Ronaldudan yana zarba - yana noaniq. 

78. "Udineze"da o'zgarish: ter Avest o'rniga Samir tushdi. 

76. Ronaldudan zarba, biroq ancha noaniq. 

75. "Yuventus"da almashtirish: Danilo o'rniga Kuadrado o'yinni daovm ettiradi. 

74. O'yin davom etyapti. Negadir "Yuve" o'ziga o'xshamayapti, o'yinchilar juda charchagan ko'rinadi. 

72. Hakam "time-ut" elon qildi. 

69. "Udineze"da almashtirish: Zegelar o'rniga Larsen tushirildi. 

68. Zegelarga sariq kartochka ko'rsatildi. U Raboga nisbatan qo'pol o'yin namoyish qildi. 

67. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 43% - 57%

65. Hakam qoida buzish qayd etdi. Rabo Nestorovskini maydonga qulatdi. 

64. Sema Okaka CHuka tomon to'pni uzatdi, ammo vaziyaitni oldindan va o'z vaqtida payqagan SHensni to'pga egalik qildi.  

62. Uuuuxx! Dibalaning uzoqdan yo'llagan zarbasini Musso shunchaki ilib oldi. Qoyil! 

60. "Yuvetus"da 2 ta o'zgarish: Bernardeski o'rniga Duglas Kosta, Remzi o'rniga Matyuidi tushdi. 

58. de Paulning uzatmasini Bentankur qaytardi va xavfni bartaraf etdi. 

56. "Yuve" himoyada palapartish o'ynamoqda: misol sifatida "Udineze" darvozaga kiritgan golni ko'rishingiz mumkin. 

52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nestorovski hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

49. Ronaldu Dibalaga yaxshi pas berdi, uning zarbasi esa noaniq. 

49. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 41% - 59%

47. Nestorovskidan yaxshi zarba! SHensni o'z o'rnida ekanligini ko'rsatdi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hisob - 0:1. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! de Ligt kuchli va aniq zarbasi orqali hisobni ochdi - 0:1! 

41. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 40% - 60%

39. Sandroning uzatmasini Rodrigo Bekao qaytarishga erishdi.

38. Hozircha "Yuve" o'ziga o'xshamayapti, ammo unutmaslik kerakki, klub asosan 2-bo'limda zo'r o'yin ko'rsatadi. 

36. Fofana maydonda yotibdi, u jarohat olgan bo'lishi mumkin, hakam ham shu bois o'yinni to'xtatib turdi. 

34. Uuux! Dibala to'pni ko'kragi bilan to'xtatdi va yiqilayotib zarba yo'lladi. Hammasi yaxshi bo'ldi, biroq ofsayd ekan :)

32. Aaron maydonga qaytdi va jamaosiga yordam berishda davom etadi. 

31. Remzi tibbiy yordamga muhtojligi bois hakam o'yinni to'xtatib, Aaronni maydon chetiga shifokorlar tomon kuzatib qo'ydi. 

28. Davom etamiz. Murabbiylar ko'rsatma berishga ham ulgurdilar. 

27. O'yinda "pauza" kuzatiladi. Futbolchilar suv ichib olishyapti. 

26. Zarba! Kirashtianuning ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

23. Zegelar chap qanotda to'pni qabul qilib oldi va ichkariga Nestorovskiga oshirdi, uning urinishi omadsiz amalga oshdi. 

21. Sema uzoqdan zarba berdi, biroq noaniq. 

20. Ekong Remziga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartoka oldi. 

18.  Dibala 2 marta o'z jamoasi hujumini boshlab berdi, birinchisida yiqilib tushdi, ikkinchisida sherigiga pas berishga ulgurdi, biroq Remzi raqibga to'pni oldirib qo'ydi. 

16. Krish qanotda bir nechta fint ishlatdi, himoyachi chalg'imadi. 

16. Dibala va Danilo o'zaro devor uslubida o'ynashdi, Daniloning zarbasi "bloklandi".  

15. "Yuve" ketma-ket 2 marta burchak to'pini amalga oshirdi, lekin "Udineze" himoyachilari qarshilik ko'rsata olishdi. 

14. Dibaladan qoyilmaqom zarba - Mussodan ajoyib seyv! 

9. "Yuventus" birinchi burchak to'pini o'yinga kiritdi, Dibala to'pni uzatib berdi, Fofana kutilmaganda to'pni qaytardi, ammo to'p Bernardeskiga keldi. U totomnidan yo'llagan zarba omadsiz chiqdi.  

8. Zarba! To'p darvoza to'siniga tegdi... Danilo bosh bilan o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.  

5. Krishtianu Ronaldu uzoqdan pas bermoqchi bo'ldi, ammo bu qaroridan qaytdi, keyingi urinishda esa "Udineze" himoyachisi to'pni tepib yubordi.

4. Krishtianu Ronaldudan zarba! Musso o'z o'rnida! 

1. Remzi de Paulga qarshi qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

1. O'yin boshlandi! 


Jamoalar chigil yozdi mashg'ulotlarda

"Yuventus" stadionda

O'yin Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Italiya A Seriyasi 35-turidan joy olgan, chempionlikni hal etishi mumkin bo'lgan "Udineze" - "Yuventus" bahsi bo'lib o'tadi. "Friuli" o'yingohidagi uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.   

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика