So’nggi yangiliklar

14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  5 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  5 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  5 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6

A Seriya. SHchesni 2:2 "Yuventus": darvozabonning xatolari Turin klubiga qimmatga tushdi Yangiliklar

A Seriya. SHchesni 2:2 "Yuventus": darvozabonning xatolari Turin klubiga qimmatga tushdi

Italiya chempionati 1-turidan shhrin olgan "Udineze" – "Yuventus" uchrashuvi yakunlandi.


Udineze – Yuventus 2:2 

22 avgust, 21.30, «Friuli»

Gollar:

0:1 – 3 Dibala, 0:2 – 23 Kuadrado, 1:2 – 51, penalti Pereyra, 2:2 – 83 Deulofeu.

Udineze – Silvestri, Molina, Nyuytink, Samir, Rodrigo Bekao, Udodji (Larsen, 57), Arslan (Yayalo, 80), Pereyra, Uolas, Makengo (Deulofeu, 57), Pussetto (Okaka CHuka, 80).

Yuventus – SHchensni, Danilo, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Kuadrado (Keza, 74), Remzi (Kellini, 59), Bentankur (Lokatelli, 90), Morata (Ronaldu, 60), Dibala, Bernardeski (Kulusevski, 60).

Ogohlantirishlar:

SHchensni (50), Uolas (76), Kulusevski (88).

SAHIFANI YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" mavsumni durang bilan boshladi. 

90+6. Yo'q, offsayd tufayli gol bekor qilindi. 2:2

90+5. SHoshmaymiz, VAR tizimi ishga tushdi.

90+4. Goooooool! Zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu "Yuventus"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:3. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

"Udineze" raqib jarima maydonida vaziyatlar yaratishda davom etyapti. "Yuve"ni tanib bo'lmay qoldi.

90. Bentankur o'rniga Lokatelli tushdi. Bu uning "Yuve"dagi rasmiy debyut o'yini hisoblanadi.

88. "Yuve"da xatolar ko'payib ketdi. Kulusevskida sariq kartochka.

84. Vaziyatga VAR tizimi aralashdi. Gol bekor qilinadimi? Yo'q, 2:2.

83.  Goooool!!! Jerar Deulofeu Voycex SHchesnining qo'pol xatosidan keyin muvozanatni tikladi.

74. Kuadradoning o'rniga Keza tushirildi.

71. Deulofeuning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini SHchesni qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

62. Yo'q, penalti belgilanmadi. O'sha epizod yuzaga kelishidan oldin o'yindan tashqari holat bor ekan.

60. O'zgarish! Ronaldu Fede Bernardeskini almashtirdi.

59. "Yuve" jarima maydonchasida Deulofeuga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Vaziyatga VAR aralashdi. 2-penalti belgilanishi mumkin.

54. Morataning zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

51. Goool! Roberto Pereyra 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi.

50. "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilandi. Voysex SHchesni "Udineze" vakiliga nisbatan qoidani buzdi.

49. Ronaldu chigilyozdi mashqlarini boshlab yubordi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

Birinchi taym yakunlandi. Tanaffus!

45+2. Morataning zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

40. "Yuventus"da standart vaziyat. To'p oldida Bernardeski. Italiyalik futbolchining jarima maydoniga oshirgan to'piga zarba yo'llaydigan kishi topilmadi.

27. Cooling break! Futbolchilarga suv ichib olish uchun ruxsat berildi.

23. "Keksa sinora"dan navbatdagi gol! Xuan Kuadrado o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

19. Mezbon jamoa to'pni burchakdan o'yinga kiritib berdi. Pussettoning  zarbasi noaniq.

10. Bentankurning jarima maydoni sari oshirilgan navbatdagi uzatmasi raqib himoyachilari tomonidan bertaraf qilindi. Burchak zarbasi...

3. Gooooool! Dibala Bentankurning uzatmasini chiroyli tarzda golga aylantirdi, 0:1.

1. Uchrashuv start oldi. To'pni o'yinga "Yuventus" futbolchilari kiritib berishdi.


Krishtianu bugungi o'yinni zaxirada boshlaydi → Ronaldu "Yuve"dan ketmoqchi. U o'zini zaxirada qoldirishlarini so'ragan 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика