So’nggi yangiliklar

00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  0 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  1 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  4 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  29 20:39ЖЧ-2034 2034 йилда бўлмаслиги мумкин  10 20:05Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон - Кувайт 2:0  18 19:59"Реал" асосий футболчиси фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаб қолган  0 19:58Ўртоқлик учрашуви. Каннавародан ғалабали дебют, Ўзбекистон Кувайтдан устун келди  125 19:38"Бу ғирт тентаклик": Рабьо Австралияда ўтадиган "Милан" – "Комо" учрашувини танқид қилди  1

A Seriya. "Roma" 90+2-daqiqadagi gol evaziga "Napoli" bilan murosa ko'chasini tanladi, SHomurodov 80 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" 90+2-daqiqadagi gol evaziga "Napoli" bilan murosa ko'chasini tanladi, SHomurodov 80 daqiqa o'ynadi

Italiya A Seriyasi 23-turidan o'rin olgan "Roma" – "Napoli" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Eldor SHomurodov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.

"Roma" – "Napoli" 1:1

00:45, 2 fevral

Gollar: Spinaccola (29), Anxelino (90+2).

Roma – Svilar, Anxelino, Ndika, Manchini, Rensx (Baldanci, 80), Pizilli, Kristante (Dovbik, 64), Kone (Paredes, 56), El-SHaaravi (Salemakers, 55), SHomurodov (Dibala, 80), Soule.

Napoli – Meret, Spinaccola, Jezus, Rraxmani, Di Lorenco, Maktominey, Lobotka, Zambo-Angissa, Neres (Maccokki, 76), Lukaku (Simeone, 81), Politano.

Ogohlantirish: Politano (14), Kone (51), Pizilli (72).

Roma

Angelino - 90'

Serie A . 23-tur

03/02/2025, 00:45

1
:
1
Tugadi

SSC Napoli

Leonardo Spinazzola - 29'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 60788 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Fabbri

45'
90'
51'  Kouadio Kone
55'  Stephan El Shaarawy (Alexis Saelemaekers)
56'  Kouadio Kone (Leandro Paredes)
64'  Bryan Cristante (Artem Dovbyk)
72'  Niccolo Pisilli
80'  Eldor Shomurodov (Paulo Dybala)
80'  Devyne Rensch (Tommaso Baldanzi)
90'  Angelino
90'  Alexis Saelemaekers
14'  Matteo Politano
29'  Leonardo Spinazzola
29'  Juan Jesus
76'  David Neres (Pasquale Mazzocchi)
81'  Romelu Lukaku (Giovanni Simeone)
86'  Matteo Politano (Giacomo Raspadori)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Roma" etakchi "Napoli" bilan o'yinda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. "Napoli" esa "Inter"ning durangidan foydalana olmadi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Salemakersning super uzatmasidan keyin Anxelino to'pni erga tushirmasdan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi! 

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

88. Oxirgi daqiqalarda "Roma" raqibini qamal holatiga olib kelgan. Uzatmalar zarbaga aylanmayapti.

84. Maktominining zarbasini himoyachilar qaytardi. "Roma" tezlikda qarshi hujumga o'tayotganida Dibalani to'xtatishdi.

80. SHomurodov o'rniga Dibala tushdi. Hujumdagi kuchni biroz yangilash kerak edi. Eldor bugun yaxshi o'yin o'tkazdi.

78. "Roma" katta bosim uyushtirdi. Biroq vaziyat zarbagacha etib bormadi.

75. PAREDEEEEEESSSSSS!! Jarimadan to'pni shunaqangi aylantirib, darvozaga yo'lladi. Karlosning jarimadan urgan afsonaviy goliga o'xshab ketardi gol bo'lganida... Ustun to'pni qaytardi.

71. LUKAKUUUUU!! Deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi. Himoyachi Rensx to'pni qaytarib yuborganda to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

69. "Napoli" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pga Maktomini boshi bilan zarba yo'llashga harakat qildi, biroq to'p sal balandroqdan keldi.

64. Dovbik maydonga tushdi. SHomurodov ham maydonda. "Roma" ikki markaziy hujumchi bilan o'yinni davom ettiradi.

61. ANXELINOOOOO!! SHomurodovning pasidan keyin Anxelino zarba nuqtasida turib, darvoza yoniga to'pni uzatdi. Himoyachilar qaytarishdi, to'p yana uning yoniga keldi. Bu safargi zarba ancha noaniq ketdi. 

58. Neres chap qanotdan "Roma" jarima maydonchasiga yorib kirdi va o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. To'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

56. "Roma"da ikki o'zgarish bo'ldi. Yaxshiki, SHomurodov chiqib ketmadi.

53. Kone jarohat olgani bois bir necha daqiqa unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

50. UXXXXXXX!! Maktominining zarbasi biroz noaniq ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+1. ZARBAAAAAAA!! Ndikaning boshi bilan yo'llagan zarbasini Meret qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pni darvozaga yo'llaydiganlar topilmadi.

42. Politano chap qanotdan to'pni markazga, darvoza yoniga uzatdi. Himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yubordi.

39. Tomonlar sifatli o'yin namoyish qilishmoqda. Braklar kam, himoyada xatolar ko'zga tashlanmayapti. Buning hisobiga zarbalar yo'q.

36. Bugun SHomurodov tomon to'pni ko'p tepib yuborishyapti. Eldor ham shu to'p uchun kurashmoqda. Lekin to'p asosan raqiblar manziliga boryapti.

31. Pissili raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni egallab oldi va darvozaga qarab borayotgandi. Himoyachilar uni to'xtatdi.

29. GOOOOLLLL!! Spinaccola hisobni ochmoqda. Bugun jamoalarimiz uchun omadsiz kun o'tmoqda...

28. Ehhhhhh!! SHomurodovning pasidan keyin Soule qulay nuqtadan darvozaga aniq zarba yo'llay bilmadi.

27. Maktomini zo'r o'ynamoqda. Hozircha markaz qiroli bo'lib turibdi.

25. Endi Manchinining o'zi zarba yo'lladi. To'p darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

22. ZARBAAAAAAAA!! "Roma" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Manchinining boshi bilan bergan pasidan keyin Pizilli darvozaga zarba yo'lladi. Aaaaanchagina noaniq.

19. "Roma" o'yinni biroz oldinroqqa ko'chirdi. Lekin hali ham o'yin tashkil qilishda juda qiynalmoqda.

16. ZARBAAAAAA!! Lukaku ikki himoyachidan o'tib ketdi va zarba yo'lladi.Biroz noaniq.

12. UXXXXXX!! Lukakuning pasidan keyin Maktomini "Roma" posboni bilan birga-bir holatga chiqib borayotgandi. Himoyachi to'pni tepib yubordi.

9. To'p uchun kurashda SHomurodov yiqildi. Biroq penalti haqida gap-so'z bo'lmadi.

6. Hozircha hududiy ustunlik mehmonlar tomonida.

2. "Napoli" hujumga o'tdi. Politano qanotdan to'pni markazga oshirdi. To'p avvalo raqibiga, keyin o'ziga tegib, maydonni tark etdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! "Olimpiko"ga yuzlanamiz. Bu erda Eldor SHomurodov "Napoli"ga qarshi o'ynaydi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика