So’nggi yangiliklar

22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  1 21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  3 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  89 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  31 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  419 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  3 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  18 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  9 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  37

A Seriya qaytmoqda: 8-tur prevyusi Yangiliklar

A Seriya qaytmoqda: 8-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi turi start oladi.

"Napoli" - "Torino"

Neapol sharafini himoya qiluvchi klub safida jarohat olganlar etarlicha topiladi. Lozano va Osimxen hamon tiklanish jarayonini boshdan o'tkazishmoqda, Politano ham bu turga qaytib ulgurmasa kerak. Zerbinga imkoniyat berilsa kerak. Bu holat ayniqsa Raspadorining terma o'yinidan keyin charchagan bo'lishi bilan ancha reallashmoqda. SHuningdek, hujumda Simeone ham ilk daqiqalardan maydonda harakat qilsa kerak. 

"Torino"da Richchi va Voyvod jamoasiga aniq yordam bera olmaydi. Aleksey Miranchuk zaxiradan maydonga tushirilsa ajab emas. Radonichni esa yana asosiy tarkibda ko'rishimiz ehtimoli yuqori.

O'tgan safar "Napoli" 1-0 hisobida zafar quchgan. Bo'lajak bahsda ham favorit aynan "Napoli". CHindan ham "Torino" oxirgi vaqtlarda ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. Qo'shimchasiga "Napoli" bilan o'yin Neapolda bo'lib o'tadi.


"Inter" - "Roma"

Simone Indzagini ham tarkib, ham jamoasi o'yini borasida muammolarga duch kelmoqda. CHalxanoglu jamoaga yordam bera olmasligi aniq, Lukakuning maydonga tushishi esa katta so'roq ostida. Futbolchining o'zi safga qaytishga vada bergan va astoydil buning uchun harakat qilmoqda. Ammo shifokorlar hozircha yakuniy javob berishmadi. Bunday holatda asosiy tarkibda "Roma"ning sobiq futbolchilari Mxitaryan va Jekoni asosiy tarkibda ko'rishimiz mumkin. SHuningdek, Brozovichning jarohatini ham unutmaslik zarur. 

"Roma" tarkibi haqida gapiradigan bo'lsak, Pellegrini safga qaytgan. Dibala ham zarurat tug'ilsa, maydonga tushishi mumkin, balki ikkinchi bo'limda. Lekin Kumbula va El-SHaaravi hamon lazaretda.

Jamoalarning oxirgi uchrashuvi aynan Milanda bo'lib o'tgan va "Inter" 3-1 hisobida g'olib bo'lgan. Bu safar ham "Inter" favorit sifatida qaralmoqda. Mutaxassislar Simone Indzagi terma jamoalar o'yini sababli yuzaga kelgan tanaffusda nimadir o'ylab topa olganiga ishoninshmoqda.


"Empoli" - "Milan"

Umuman olganda Empoli shahri jamoasining tarkib bilan muammolari ko'p emas. SHundoq ham anchadan buyon lazaretda bo'lgan Tonelli bu safar ham jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. SHuningdek, Baldanzi va Destroning ishtiroki so'roq ostida. Ammo Lammers yaxshi formada, aynan u hujumda Satriano bilan juftlikda harakat qilishi kutilmoqda. 

"Milan"da esa tarkib bilan vaziyat jiddiyroq. Kalabriya va Menyan, Teo jarohatlangan, Krunich safga qaytib ulgurishi ham aniq emas. Diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'lgan Leao tarkibga qaytishi jamoa muxlislari uchun quvonchli xabar.

So'nggi bor ushbu klublar Milanda ro'baro kelgan va bellashuv anchagina murosasiz ruhda o'tib, "qizil-qoralar" Kalyulyuning goli evaziga og'ir g'alabani tantana qilishgan. Tarkibdagi muammolariga qaramay, mutaxassislar bu safar ham "Milan"ga yaqqol ustunlikni berishmoqda. "Empoli"ga o'z uyida ham juda og'ir bo'ladi.


"Atalanta" - "Fiorentina"

Gasperini jarohatlardan aziyat chekishda davom etadi. Murabbiyga hozir hech kim havas qilmayotgan bo'lsa ajab emas. Kompeyners, Zappakosta va Musso jarohatlangan va bu hali oldinroq safdan chiqqan Jimsiti, Demiral, Palomino va Sapatasiz. Okolini ham, Skalvinini ham himoya chizig'ida chizig'ida harakat qilsa kerak. 

"Fiorentina"da ham bu borada hammasi joyida deb bo'lmaydi. Gollini hamon safga qaytganicha yo'q, shuningdek, Milenkovich, Dodo va Kastrovilli ham lazaretda. Yarim himoyada Amrabatning jamoaga yordam bera olishi katta so'roq ostida qolmoqda. Ammo Barak safga va ajoyib holatda, vaholanki, u ham bu bellashuvni o'tkazib yuborishi mumkin edi. 

Avvalgi safar "Fiorentina" o'z uyida 1-0 hisobida zafar quchgandi. SHunday bo'lsada, bo'lajak bahs oldidan favorit "Atalanta". "Bergmasklar" etakchilar qatorida bormoqda va jarohatlar ko'pligiga qaramay, bu turda ham Gasperini jamoasidan g'alaba kutilmoqda. Har qanday holatda ham mehmonlarga oson bo'lmasligi aniq.


"Yuventus" - "Bolonya" 

Diskvalifikaciyadan Milikning qaytishi Allegrini uchun ajoyib yangilik. Biroq xuddi shu sabab bilan Di Mariya bu turni o'tkazib yuborishga majbur. Aleks Sandro va Mirettining bu bahsda ishtirok etishi nomalumligicha qolmoqda. 

"Bolonya" haqida gapiradigan bo'lsak, Tiago Motta jamoasi bu o'yinga deyarli optimal holatda etib kelmoqda. "Rossoblyu" safida faqatgina Sumarogi o'yinni o'tkazib yuboradi. Sansone esa hech bo'lmasa bahsning malum bir qismida jamoasiga yordam bera oladi. 

Ushbu jamoalarning o'tgan safargi to'qnashuvida 1-1 hisobi qayd etilgan. Hozir "Yuventus" tabiiyki yaqqol favorit. Klub omadsiz davriga aynan shu o'yin orqali nuqta qo'yishga astoydil harakat qilishi aniq. Nazarimizda, turinliklar buni uddalay olishadi. "Bolonya" daraja bobida ham, jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib ham raqibi bilan tenglasha olmaydi.


Sergey Rumyancev 

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика