So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  6 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Skamakkaning dubli "Jenoa"ga "Parma" maydonidagi irodali g'alabani taqdim qildi Yangiliklar

Skamakkaning dubli "Jenoa"ga "Parma" maydonidagi irodali g'alabani taqdim qildi

A Seriyaning 28-turidan o'rin olgan "Parma" - "Jenoa" bahsining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Parma" - "Jenoa" 1:2

Gollar: Pelle (16, 1:0), Skamakka (50, 1:1), Skamakka (69, 1:2).

Parma – Sepe, Osorio, Konti, Peccella (Byusi, 79), Bani (Galolo, 71), Kucka, Brugman (Ernani, 79), Man, Kurtich (Zirkzee, 79), Karamo (Mixeile, 64), Pelle.

Jenoa – Perin, Dzappakosta, Masello, Krishito, CHiborra (Pyaca, 46), Badel, Radovanovich, Zayc, Strotman (Biraski, 68), Destro (Bexrami, 64), SHomurodov (Skamakka, 46).

Ogohlantirish: Bani (19), Peccella (57), Pelle (71), Radovanovich (72), Brugman (78), Biraski (84)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Skamakkaning dubli "Jenoa"ga muhim uch ochkoni taqdim qildi. Ushbu g'alaba "Jenoa"ni 13-pog'onaga olib chiqmoqda.

Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Jenoa" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Zappakostaning zarbasini raqib himoyachisi qaytardi. 

85. O'yinda bosim yuqori darajada. Ikki tomon ham gol urish uchun harakat qilishmoqda.

81. ZARBAAAA!!! UXXXX!! Pellening boshi bilan yo'llagan zarbasini Perin ushlab oldi.

79. ZARBAAAA!!! UXXXX!! Skamakka xet-trik qayd etishi mumkin edi. Uning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

78. "Jenoa"da yana bir imkoniyat. Jarima zarbasi. Zarba berish qiyinu, biroq yaxshi vaziyat yaratsa bo'ladi.

74. Pelle taxminan 18 metrlardan boshi bilan zarba berib ko'rdi. Tabiiyki, gol bo'lmadi.

69. GOOOOOOOOOOOLLLLL!L!!!! SKAMAKKKAAAAAA!!! SUPERGOOOOOOOOOLLLLLL!!!

65. ZARBAAAAAA!! Perindan daxshatli seyv ko'rdik! Bani sobiq jamoasi darvozasi tomon kuchli zarba berdi. O'qdek ketayotgan to'pni Perin qaytardi.

63. KARAMOOOOO!! Ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi forvard. Hisob mezbonlar foydasiga o'zgarishi hech gap emasdi. Bu pallada himoyachi unga halaqit qila oldi.

57. Tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgan Zaycni ushlab qolgani uchun Peccella ogohlantirildi.

54. Kuckaning zarbasini Perin ushlab oldi.

50. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Skamakka hisobni tenglashtirmoqda!!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Uyqisi kelganlarga uxlayverishini tavsiya qilamiz. SHomurodov o'rnini Pyaca egalladi.

Tanaffus!

Dastlabki bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. UXXX!! Jarimadan uzatilgan to'pga Bani boshi bilan zarba yo'lladi. Kuchli ammo noaniq.

41. "Jenoa" uzoq vaqt davomida hujum uyushtirdi. CHiborraning havolatib to'p uzatishidan keyin Destro boshi bilan kuchsiz va noaniq zarba yo'lladi.

38. "Jenoa"da burchak zarbasi yuzaga kelgandi. Undan uzatilgan to'pni Strootman ohistagina darvozaga tepdi. Himoyachilar to'pni qaytarishda qiynalishmadi.

35. Juda zerikarli o'yin bo'lyapti. Jamoalar nomiga bo'lsa-da, uzoq masofalardan zarba ham berishmayapti.

32. ZARBAAAA!! Jarimadan uzatilgan ajoyib uzatmadan keyin Kurtich boshi bilan zarba yo'lladi. To'p Perinning qo'llariga borib tushdi.

29. Zappakosta o'ng qanotdan to'pni markazga oshirdi. Dastlabki urinishni himoyachilar qaytarib yubordi. Ikkinchi urinishni esa darvozabon ushlab oldi.

26. Xavfli vaziyat! "Parma"ning o'ng qanoti bugun faol ishlamoqda. Kuckaning havolatib oshirgan to'pini Perin urib yuborishda no'noq o'ynadi. Baxtiga unga qarshi fol ishlatildi.

19. Strootman raqib jarima maydonchasi yonginasida yiqitilgandi. Ammo jarima zarbasi belgilanmadiva o'yin davom ettirildi. Ammo mehmonlar vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Keyinchalik fol ishlatgan Baniga sariq kartochka ko'rsatildi.

16. GOL! Pelledan shunchaki super gol. To'pni ko'kragi bilan to'xtatib olgan Graciano chalqancha uslubda zarba berib, Perinni ojiz qoldirdi. 

14. UXXXXX!! SHomurodovning qanotdan oshirgan to'piga CHiborra zarba berdi. To'p raqibiga tegib, autga chiqib ketdi.

11. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Ammo "Jenoa" darvozasi yonida Karamox raqibini yiqitdi va fol belgilandi. Bunga qadar Perin Manning zarbasini bartaraf etdi.

5. Xavfli vaziyat!!! Zappakosta jarimadan to'pni darvoza tomon tepdi. Sepe o'z o'rnida.

1. Uchrashuv boshlandi!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! A Seriyaning 28-turi doirasida ayni damda "Parma" hamda "Jenoa" jamoalari bahs olib borishmoqda. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика