So’nggi yangiliklar

12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  0 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  7 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  0 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  14 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  4 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  7 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  2 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  12 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3

A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag'lub bo'ldi. Eldor 2-bo'limda maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. "Rim derbisi"da "Roma" mag'lub bo'ldi. Eldor 2-bo'limda maydonga tushdi

Mazkur sahifada kunning markaziy o'yini - "Rim derbisi" matnli tarzda translyaciya qilindi.

Lacio – Roma 3:2 

26 sentyabr, 21.00, «Stadio Olimpiko»

Gollar:

1:0 – 10 Milinkovich-Savich, 2:0 – 19 Pedro, 2:1 – 41 Rojer, 3:1 – 63 Felipe Anderson, 3:2 – 69, penalti Veretu.

Lacio – Reyna, Marushich, Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Leyva (Kataldi, 61), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 66), Milinkovich-Savich, Pedro, Immobile (Muriki, 90), Felipe Anderson.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 82), Manchini, Rojer, Vinya (Smolling, 82), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Dzanolo (Karles Peres, 77), El-SHaaravi (SHomurodov, 64), Abraxam.

Ogohlantirishlar:

Ruy Patrisiu (11), Leyva (24), Kristante (45), Vinya (48), Veretu (87), Kataldi (87).

Lazio

Sergej Milinkovic-Savic - 10', Pedro Rodriguez - 19', Felipe Anderson - 63'

Serie A . 6-tur

26/09/2021, 22:00

2
:
3
Tugadi

Roma

Roger Ibanez - 41', Jordan Veretout - 69'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 30000 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Guida

45'
90'
10'  Sergej Milinkovic-Savic
10'  Felipe Anderson
19'  Pedro Rodriguez
19'  Ciro Immobile
25'  Lucas Leiva
60'  Lucas Leiva (Danilo Cataldi)
63'  Felipe Anderson
63'  Ciro Immobile
66'  Luis Alberto (Jean-Daniel Akpa-Akpro)
87'  Danilo Cataldi
89'  Ciro Immobile (Vedat Muriqi)
11'  Rui Patricio
41'  Roger Ibanez
41'  Jordan Veretout
45'  Bryan Cristante
48'  Matias Vina
61'  Jose Mourinho
64'  Stephan El Shaarawy (Eldor Shomurodov)
69'  Jordan Veretout
77'  Nicolo Zaniolo (Carles Perez)
82'  Matias Vina (Chris Smalling)
82'  Rick Karsdorp (Nicola Zalewski)
87'  Jordan Veretout

YANGILASH

O'yindan keyin Sarri borib, burgut bilan rasmga tushgan bo'lsa, Joze Mourinyu maydonning o'zida shogirdlari bilan "tarbiyaviy soat" o'tkazdi.

Guidaning o'yinni yakunlovchi hushtagi chalindi. "Burgutlar" "bo'rilar" ustidan zafar quchdi.

90+2. Eldor pas berishda xatosha yo'l qo'ydi.

90+1. "Burgutlar"ning hujumini Patrisiu bartaraf qildi. 

SHu nuqtada bugungi matnli translyaciya amalga oshishida ko'maklashgan saytimizda tinchlikni taminlovchi Zafar akaga rahmat aytamiz.

O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Lacio"da o'zgarish. CHiro o'rnini "Fenerbahche"ning sobiq forvardi Vedat Muriki egalladi.

89. Anderson Nikolo Zalevskini zararsizlantirdi.

86. Maydondagi futbolchilar o'rtasida kichik janjal yuzaga keldi. Guida Kataldi va Veretuga sariq kartochka ko'rsatdi.

84. Eldor uzatgan to'pni Abraham darvozaga yo'llay olmadi. Bunchalar qaysar bo'lmasa bu Joze. SHomani markazga o'tkaz, axir...

83. "Lacio"ning hujumchlari tobora keskinlashmoqda. Immobilening zarbasiga har doimgidek aniqlik etishmadi.

82. Mourinyu Smolling va Zalevskini jangga tashladi.

81. Uxxxxx, Eldor! Hamyurtimiz Karles Peres uzatgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'llagan edi. Kuchli zarbani Reyna barataraf qildi.

80. Himoyachilarga yordamga etib kelgan Eldor Adam Marushichdan to'pni olib qo'ydi. Xuddi yosh bolaning qo'lidan muzqaymoqni olib qo'ygandek osonlik bilan.

79. CHiro Immobilening juda kuchli zarbasini Patrisiu qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

78. Zaniolo almashtirildi. Italyanning o'rniga Karles Perez maydonga tushdi.

77. Nikolo Zaniolo shifokorlar yordamiga muhtoj.

73. Zanioloning kuchli zarbasidan keyin SHomurodov to'pga ulgura bilmadi. Afsus!

69. Goool! Jordan Veretu penaltidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi. SHu imkoniyatni Eldorga bermaysanmi????

67. "Lacio" darvozasi tomon penalti belgilandi. Vaziyatni VAR o'rganmoqda.

65. Veretu ogohlantirildi.

64. Mourinyu goldan keyin darhol SHomurodovni maydonga tushirdi! El-SHaaravi endi bemalol dam olsa bo'ladi.

63. Goooool! CHiro Immobile "Roma" himoyasini xo'rlab tashladi va Andersonga to'p oshirdi. Braziliyalik futbolchi hisobni 3:1ga etkazdi.

60. "Lacio"da o'zgarish: Danilo Kataldi Lukas Leyva o'rniga o'yinni davom ettiradi.

53. Zaniolo burchakdan oshirgan to'pga yana Ibanez boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

49. Uxxxx! Immobile juda qulay vaziyatdan noaniq zarba yo'lladi. Forvardning chap oyog'i o'ziniki emas, shekilli.

48. Andersonni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan  Vinya ogohlantirildi.

47. "Roma"ning hujumi muvvaqiyatsiz yakun tomdi. Abraham oldinga o'tib, Zanioloni to'p bilan taminlagan edi. Ammo italiyalik futbolchi Temmining shuncha qilganini...

46. Marko Guidaning 2-bo'limni boshlab beruvchi hushtashi chalindi. "Roma" futbolchilari to'pni o'yinga kiritib berishdi.

Mark Guidoning taymni yakunlab beruvchi hushtagi chalindi.

45+1. Raqibning qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Kristante hakam tomonidan ogohlantirildi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Bo'rilar" taym oxirini "burgutlar"ning jarima maydoni ichida o'tkazmoqda.

41. Goooooool! Rojer Ibanes burchakdan oshirilgan uzatmani boshi bilan raqib darvozasiga yo'llab qo'ydi — 2:1.

40. Mxitaryandan zarba! Armanistonlik futbolchi tepgan to'pni "Lacio" himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

37. Mxitaryan o'z yarim maydonida to'pni oldirib qo'ydi. "Lacio"ning tezkor hujumi Immobilening kuchli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunlandi. Zarbani juda ham chiroyli, lekin ovozi erkaksifat sohibjamolga o'xshatsa bo'ladi.

34. Milinkovich-Savich yana "Roma" jarima maydonida tipirchilab yuribdi. Aql kirmas ekanda bu bolaga.

28. Xavfli vaziyat! Burchakdan oshirilgan to'pni Zaniolo darvozaga yo'lladi. 39 yoshli Reyna 1 daqiqa ichida 2 bor "burgutlar"ning joniga oro kirdi. Ispaniyalik posbon ikkala epizodda ham to'g'ri joy tanlagandi. SHunga aytishsa kerak: Qari bilganni pari bilmaydi.

26. Vux! Jordan Veretuning kuchli zarbasidan keyin Pepe Reyna to'pni qiyinchilik bilan bartaraf qildi. "Roma"dan burchak zarbasi.

24.  Qarshi hujumga qochayotgan Mxitaryanni qo'pollik bilan to'xtatib qolgan Leyva ogohlantirildi. Mark Guido braziliyalik futbolchilikning oldiga kelib, 5 kunlik dunyoda hamkasblari bilan murosa qilib yashashini so'radi.

19. Goooool! Pedro "Roma"ni jazolab, hisobni 2:0ga etkazdi. Eldor bo'lmasa, "Roma" ham o'zimizning "Nurafshon"ga o'xshagan jamoa ekan.

15. "Lacio" muxlislari Zaniologa taqlid qilishni boshlab yubordi ↓↓↓

12.  Mark Guido portugaliyalik posbonni ogohlantirdi.

11. Ehh! Patrisiu to'pga chiqish jarayonida Sergeyga zarba berib yuboribdi. "Lacio" xavbeki maydonda yotibdi. Vaqt 2 daqiqa ortga qaytsa Milinkovich-Savich gol urish fikridan voz kechgan bo'lardi.

10. Goooool! Sergey Milinkovich-Savich Filippe Anderson amalga oshirgan "kross"ni golga aylantirdi — 1:0.

7. Immobile o'yinni juda faol boshladi. Harakat bor-u foydasi bo'lmayapti.

1. Uchrashuv boshlandi! O'yinni Mark Guido boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Umid qilamizki, bugun Zanioloning oyoqlari ham tilidek faol bo'ladi (odamlarda uyat ham qolmadi????) ↓↓↓

Mana shu yigitcha bo'lmasa, bugun Eldor asosiy tarkibda bo'lardi  ↓↓↓

Bugun "Lacio" rasmiy mezbon. Amalda esa "Roma" ham o'z uyida o'ynaydi:)

Patrisiu bugun "burgutlar" etakchisining kuchli zarbalaridan ehtiyot bo'lishi kerak. CHiro urmay-urmay, yomon uradiganlar xilidan ↓↓↓

Derbi oldidan stadionda bayramona kayfiyat. Musiqiy chiqish.

Lazio

Sergej Milinkovic-Savic - 10', Pedro Rodriguez - 19', Felipe Anderson - 63'

Serie A . 6-tur

26/09/2021, 22:00

2
:
3
Tugadi

Roma

Roger Ibanez - 41', Jordan Veretout - 69'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 30000 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Guida

45'
90'
10'  Sergej Milinkovic-Savic
10'  Felipe Anderson
19'  Pedro Rodriguez
19'  Ciro Immobile
25'  Lucas Leiva
60'  Lucas Leiva (Danilo Cataldi)
63'  Felipe Anderson
63'  Ciro Immobile
66'  Luis Alberto (Jean-Daniel Akpa-Akpro)
87'  Danilo Cataldi
89'  Ciro Immobile (Vedat Muriqi)
11'  Rui Patricio
41'  Roger Ibanez
41'  Jordan Veretout
45'  Bryan Cristante
48'  Matias Vina
61'  Jose Mourinho
64'  Stephan El Shaarawy (Eldor Shomurodov)
69'  Jordan Veretout
77'  Nicolo Zaniolo (Carles Perez)
82'  Matias Vina (Chris Smalling)
82'  Rick Karsdorp (Nicola Zalewski)
87'  Jordan Veretout

Hamyurtimiz Eldor SHomurodov bugungi bahsni zaxira o'rindig'ida boshladi. Eslatib o'tamiz, jarqo'rg'onlik futbolchi bugun maydonga tushsa, "Rim derbisi"da o'ynagan birinchi o'zbekka aylanadi.

SHomurodov tarixda birinchi bo'ladi!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика