A seriya. "Inter" birinchi pog'onaga ko'tarildi

Ammo "Yuventus"ning zahirasida bitta o'yin bor.

Milanning "Inter" klubi A seriya 12-turida "Verona"ni (2:1) mag'lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa hisobidagi ochkolar sonini 31 taga etkazib olgan Antonio Konte shogirdlari musobaqa jadvalida karvonboshilikni o'z qo'llariga olishdi. Ammo 29 ochko bilan ikkinchi o'rinda turgan Turinning "Yuventus" klubi zahirasida bir uchrashuv bor -  bugun yarim tunda "keksa sinora" "Milan"ni qabul qiladi. Mazkur bahsda turinliklar muvaffaqiyat qozonsalar, "neradzurrilar" bilan jadvalda o'rin almashishadi.


Manba: championat.asia