So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  0 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  2 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  23 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  3 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

A Seriya. Ikkita penalti tepilgan o'yinda "Yuventus" "Lacio"ni mag'lub etdi Yangiliklar

A Seriya. Ikkita penalti tepilgan o'yinda "Yuventus" "Lacio"ni mag'lub etdi

Teglar :  LacioYuventus
Italiya chempionati 13-turi doirasidagi "Lacio" – "Yuventus" bashi boshlandi.

Lacio – Yuventus 0:2

22.00, «Stadio Olimpiko»

Gol: 0:1 – 23, penalti Bonuchchi, 0:2 – 83, penalti Bonuchchi.

Lacio – Reyna, Acherbi, Luis Felipe, Xyusay, Luis Alberto, Kataldi (Bashich, 84), Milinkovich-Savich, Ladzari, Dzakkani (Muriki, 65), Pedro, Felipe Anderson (Moro, 75).

Yuventus – SHchensny, Bonuchchi, Danilo (Kulusevski, 15), de Ligt, Pellegrini, Kuadrado, Rabo, Lokatelli (Bentankur, 89), Makkenni, Morata (Kin, 74), Keza.

Ogohlantirishlar: Kuadrado (28), Xyusay (43), Reyna (81), Luis Alberto (82).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! BONUCHCHINING PENALTILARDAN QAYD ETGAN DUBLI JAMOASIGA G'ALABA OLIB KELDI.

90+3. Rabo maydonda yotibdi, hakam esa unga qaragani ham yo'q. Mehmonlarning jahli chiqmoqda.

90+1. Ikkala jamoa murabbiyi hakam tomonidan "Sariq kartochka" mukofoti bilan "taqdirlandi".

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Yuventus"da o'zgarish: Bentankur Lokatelli o'rniga maydonga tushdi.

89. Moyze Kin qarshi hujumda bir himoyachiga qarshi harakat qilib, zarba yo'lladi, biroq Reyna o'z o'rnida.

86. Kinning zarbasini Reyna o'tkazib yubormadi.

84. Mezbonlarda o'zgarish: Bashich Kataldini almashtirdi.

83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL! Bonuchchidan dubl! Bu safar Reyna to'p yo'nalishini topa olmadi.

81. PENALTI. Reyna to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi hamda gol urishga tayyor Kezani "chopdi" hamda ogohlantirildi.

76. Kin o'yinga faol qo'shildi. Moratadan shuncha vaqtdan beri deyarli zarba ko'rmagandik, Moyze esa ikki daqiqada ikkita zarba yo'lladi.

74. O'ZGARISHLAR: Morata o'rniga Moyze Kin o'yinga qo'shildi, mezbonlar futbolchisi Moro esa Anderson o'rniga maydonga tushdi.

73. Keza qarshi hujumda bir o'zi sayr qilib yuribdi, oxir-oqibat, to'pni oldirib qo'ydi.

70. Pedro raqibini aldadi, keyin to'p uni aldab, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

68. "Yuventus" qisqa paslar orqali to'pni nazorat qilmoqda.

65. "Lacio"da o'zgarish: Muriki Zakkani o'rniga o'yinga qo'shildi.

60. Bonuchchi ham jarohatlangan ko'rinadi. Bugun harqanaqa ko'rinishdagi jang bo'lmoqda.

58. Qoidani buzgan ham, jabrlangan ham Kuadrado

56. To'pni egallab turish bo'yicha ko'rsatkich: 61-39

52. Pedro to'pga qo'shib Raboning oyog'iga ham zarba berib yubordi.

49. XAVFLI VAZIYAT! Burchak zarbasidagi palapartishliklardan so'ng Bonuchchi dublni rasmiylaghshtirishi mumkin edi, zarba o'xshamadi.

48. ZARBA! SHchesni boshlagan hujumni Kulusevski zarba bilan yakunladi, biroq Reyna oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Hozircha "burgutlar"ning parvozi o'xshamayapti.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

43. OGOHLANTIRISH: Xyusay qochib ketayotgan raqibini to'xtatib qolishni uddalagani uchun hakam tomonidan "siylandi".

42. ZARBA! Kuadroning o'ng qanotdan uzatgan to'pidan so'ng Morata turning eng chiroyli gollaridan birini kiritishi mumkin edi.

40. Felipe Anderson bugun ko'p tilga olinmoqda, yo unga nisbatan qoida buzilmoqda yoki u raqiblarini oyog'ini ushlashga majbur qilmoqda.

36. Milinkovich-Savich uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, SHensni to'pni egallab oldi.

34. Milinkovich-Savichning jarima zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

33. Felipe Anderson yiqitildi, mezbonlar standart vaziyat yuzaga keldi.

32. Morata to'p uchun kurashda raqibiga boks uslubini ishlatib yubordi.

28. OGOHLANTIRISH: Kuadrado raqibini qo'pollik bilan to'xtatgani uchun jazolandi.

28. Keza oldinga yugurdi-yugurdi, qarasa, birorta sherigi topilmadi, natijada to'pni orqaga qaytardi.

27. Bitta to'p futbolchilarga etarli bo'lmayapti, ikkinchi to'p ham maydonda o'z xizmatini taklif etdi.

25. To'pni egallab turish bo'yicha ko'rsatkich: 60-40

23. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Bonuchchi penaltidan unumli foydalandi. Darvozabon to'p yo'naligshini topdi, biroq zarba kuchlilik qildi.

22. "Lacio" darvozasi tomon penalti belgilandi, qoidani buzgan Kataldi bisotidagi bor "shirin" so'zlarni gapirmoqda.

21. Referi VARni ko'rgisi kelib qoldi.

20. Morata raqib jarima maydonida yiqitildi, hakam esa "og'ziga talqon solib olgan".

18. "Yuve" himoyachilari hazillashgisi keldi, darvozabon "podkat" tashlab, to'pni qaytarmaganda, Pedro golni nishonlayotgan bo'lardi.

17. Felipe Anderson hujumda qo'pollik ishlatdi.

15. "Yuventus"da o'zgarish: Danilo o'rniga Kulusevski maydonga tushdi.

12. Danilo jarohat oldi va o'yinni davom ettirolmasligi malum bo'ldi.

"Lacio" so'nggi 5 ta, "Yuventus" esa oxirgi 14 o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda.

10. Pedro raqib jarima maydonida yiqildi. Hammadan ko'proq tomoshabinlar etiroz bildirishdi.

9. Standart vaziyatni "Yuve"ning "jirafa" himoyachilari bartaraf etishdi.

8. Kuadrado raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

6. Andersonning zarbasi himoyachilardan nariga o'tmadi.

4. Keza bir necha futbolchi qurshovida qoldi hamda zarba berolmadi.

2. Uchrashuvni mezbonlar hujumlar bilan boshladi.

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahsda turinliklar o'z maydonida 3:1 hisobida g'alaba qozongan.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Burgutlar" murabbiyi Maurisio Sarri sobiq jamoasiga qarshi shogirdlarini boshlab tushgan.

"Lacio" ayni damda 21 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda, "Yuve" esa ulardan 3 ochko kam jamg'argan holda 8-pog'onada joylashgan.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli bahs guvohi bo'lamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика