So’nggi yangiliklar

23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  2 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 22:00РПЛ. "Акрон" ва Эсанов "Ахмат" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 22:00Ла Лига. "Атлетико" Бильбаода "Атлетик" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  53 21:45РПЛ. "Спартак" ўз уйида Раҳмоналиев ва Ашурматов ҳаракат қилаётган "Рубин"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 21:30АПЛ. "Вест Хэм" Лондонда "Ман Сити"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ва Алиқулов ўз майдонида "Қосимпошо"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  4 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  1 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  13 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  4

A Seriya. O'tgan uy uchrashuvida 7 ta gol kiritgan "Atalanta" mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

A Seriya. O'tgan uy uchrashuvida 7 ta gol kiritgan "Atalanta" mag'lubiyatga uchradi

Italiya chempionati 11 turidan o'rin olgan "Atalanta" va "Kalyari" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar 3 ochkolik bo'lishdi.
A Seriya, 11 tur >>  Musobaqa jadvali 

Atalanta – Kalyari 0:2 (0:1, 0:1)

3 noyabr, 16.30, «Adzurri d′Italiya»

Gollar: Pashalich (avtogol) 33 — 0:1, Oliva 58 — 0:2.

Atalanta – 95.Gollini, 8.Gosens (Xeyteboyer, 46), 2.Toloi, 19.Gimshiti, 21.Kastan, 72.Ilichich, 88.Pashalich, 10.Gomes (Malinovski, 46), 11.Froyler, 6.Palomino, 9.Muriel (Berrou, 78).

Kalyari – 90.Olsen, 15.Klavan, 12.Kachchatore, 22.Likoyannis, 19.Pizakane, 17.Oliva, 6.Rog (Nandez, 71), 29.Kastro (Ionita, 88), 4.Nainggolan, 10.Joao Pedro, 99.Simeone (Serri, 84).

Ogohlantirishlar:
Rog (15), Likoyannis (25), Oliva (56), Malinovski (67).

CHetlatish:
Ilichich (39).

Atalanta

Serie A . 11-tur

03/11/2019, 15:30

2
:
0
Tugadi

Cagliari

Mario Pasalic - 32', Christian Oliva - 58'

Stadion: Gewiss Stadium, 18617 tomoshabin

Bosh hakam: Rosario Abisso

45'
90'
39'  Josip Ilicic
46'  Alejandro Gomez (Ruslan Malinovsky)
46'  Robin Gosens (Hans Hateboer)
67'  Ruslan Malinovsky
70'  Rafael Toloi
78'  Luis Muriel (Musa Barrow)
15'  Marko Rog
25'  Charalambos Lykogiannis
32'  Mario Pasalic
56'  Christian Oliva
58'  Christian Oliva
58'  Giovanni Simeone
71'  Marko Rog (Nahitan Nandez)
84'  Giovanni Simeone (Alberto Cerri)
88'  Lucas Nahuel Castro (Artur Ionita)

UCHRASHUV YAKUNLANDI.

— O'yinning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Atalanta" hujumlar yomg'irini uyushtirmoqda.

88. O'zgarish. Kastro o'rniga Ionita tushirildi.

87. Malinovskining zarbasini Olsen qaytarib qoldi.

84. O'zgarish. Simeone o'z o'rnini Serriga bo'shatib berdi.

83. "Kalyari" qarshi hujumga o'tib ketdi. Pedroning uzatmasidan keyin, Simeone darvozaning chap tomon pastki burchagini nishonga oldi. Gollinidan seyv!

81. Berrou ilk imkoniyatidan foydalana olmadi, darvozabon yaxshi o'ynadi.

78. Muriel almashtirldi, uning o'rniga Musa Berrou uchrashuvning qolgan qismida harakat qiladi.

71. O'zgarish. Rog o'rniga Nandez tushdi.

70. Asablar taranglashmoqda. Malinovski zarba berganidan keyin burchak zarbasi berilishini so'ramoqda.

67. Ruslan Malinovski ogohlantirildi.

62. "Atalanta" ikki tur avval o'z maydonida muxlislarini juda ham xursand qilgandi >>> A Seriya. "Napoli" ochko yo'qotdi, bir kishi ko'p o'ynagan "Atalanta"dan gollar yomg'iri 

58. Hisob o'zgardi, GOL! 0:2. Oliva yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalandi va Simeoning uzatmasini golga aylantirdi. 
56. Olivaga sariq kartochka ko'rsatildi. 
46. "Atalanta" ikkita o'zgarish amalga oshirdi. Gomes o'rniga Malinovski, Gosens o'rniga Xeytoboyer tushdi.
IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS...

— Birinchi taymga daqiqa qo'shib berildi.

45. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Simeone uzoq masafadan kuchli zarba berdi. Noaniq.

39. Yosip Ilichich maydondan chetlatildi. To'p uchun kurashda raqibini oyog'iga qasddan tepgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatildi. Ana endi bergamoliklarning ahvoli yanada og'irlashishi tabiiy.

38. GOOOMEEEEZ! Zarba mukammal bo'lgan vaziyatda to'p darvoza to'siniga va keyin darvozabonga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. "Atalanta" endi o'z o'yinini ko'rsatishni boshladi.

33. GOL! "Kalyari" hisobni ochdi. Jarima zarbasidan uzatmaga Kachattore chiroyli harakati orqali to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi. Yo'l-yo'lakay to'p Pashalichga tegib, darvoza to'ridan joy oldi. Avtogol!

31. Simeone va Kastro boshlagan hujumni Pedro omadli yakunlab qo'yishi mumkin edi. O'ng qanotdan jarima maydonchasiga erlatib uzutilgan to'pga Pedro zarba berdi. Uning zarbasi bloklandi.

29. Nainggiolan "Roma" va "Inter"dagi yillarini yodga oldi shekil, har holda uzoq masafadan kuchli zarba yo'lladi. Bu safar noaniq.

27. UXX. CHap qanotdan uzatma bo'lgandi. Kastanning sakrab kelayotgan to'pga bergan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

25. Likoyannis ham ogohlantirish oldi.

24. Ilishichning 25 mertdan yo'llagan jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi va to'p maydon markazigacha etib bordi.

21. Gollini! "Kalyari"ning markazdan boshlangan hujumini to'xtatib qoldi. Kastroning ajoyib uzatmasi orqali Rog deyarli birga-bir vaziyatga chiqib ketgandi. 

19. Simeone ikki himoyachining qattiq qarshiligiga uchradi. "Atalanta" mudofaa chizig'i mazkur forvardni jiddiy qo'riqlamoqda.

15. Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish. Marko Rog to'pga xavfli chiqib kelgani uchun sariq kartochka oldi.

12. Kastan to'pni o'ng qanotda turgan Ilichichga uzatdi va undan "devor" uslubida foydalanib, raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi. Maydonning holati va himoyachining hushyorligi Kastanning erga yiqilishi va katta bo'lmagan jarohat olishi bilan tugadi. Italiyada kuchli yomg'ir yog'moqda.

10. Maydon egalarida standart vaziyat. Ilichich to'pni jarima maydoniga uzatib berdi. Lekin, bu urinish muvaffaqiyatli chiqmadi.

6. Nainggolanning o'qdek zarbasini "Atalanta" himoyachilaridan biri boshi bilan qaytardi va burchak zarbasi. "Kalyari" ilk daqiqalardanoq ustunlikni qo'lga olmoqda va Bergamoga 3 ochko uchun kelgani ko'rinib turibdi.

3. Simeonening zarbasi juda xavfli chiqdi. Mehmonlar hujumchisi o'ng qanotdan krib bordi va yaqin burchakni nishonga oldi. Gollini o'z o'rnida.

1. Urashuvga start berildi!

— Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.  A Seriya madhiyasi yangradi. Uchrashuvga sanoqli soniyalar qolmoqda.



— Assalomu alaykum! Italiya chempionatining 11 turidan joy olgan "Atalanta" va "Kalyari" jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatishga taklif qilamiz.

Ayni vaqtda "Atalanta" 10 turdan keyin 21 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining 4 pog'onasida bormoqda. Mehmonlar hisobida 18 ochko va ular oltinchi o'rinni band etib turishibdi.

A Seriya. Musobaqa jadvali 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика