So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

“A” seriya, 14-tur: “Napoli” va “Milan” qaytish qiladimi? Yangiliklar

“A” seriya, 14-tur: “Napoli” va “Milan” qaytish qiladimi?

“A” seriyaning 14-turida avvalgi turdan farqli ravishda bir qator markaziy o'yinlarga guvoh bo'lishimiz mumkin.
Lekin 13-turda etakchilardan faqat “Yuventus” g'alaba qozongani Italiyada markaziy uchrashuvlar bo'lmagan paytda ham ochko yo'qotishlar kafolatlanmaganini ko'rsatdi. Endi esa 14-tur prevyusi bilan tanishing.

30 noyabr, shanba
22:00. Parma – Bolonya
Taxminimiz – 2:1

O'tgan turda “Napoli”ni ham o'yin, ham hisob taraflama dog'da qoldirgan “Parma”ni bu safar yana bir sinov kutmoqda. CHunki Emiliya derbisi mamlakatda eng keskin o'tadigan bahslardan biri sifatida etirof etiladi. Jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rinlari bu uchrashuvda ahamiyatli emas. Parolo, Kassano va Biabiani singari etakchilarga ega “Parma” Diamantidek yaratuvchi futbolchisi bor “Bolonya”ga qarshi o'ynaydi. Agar mezbonlar g'alaba qozonishsa, jadvalda yanada yuqorilab olish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Biroq bunday derbilarda oldindan taxmin qilish o'zini oqlamasligi ham mumkin. Birgina vaziyat o'yin taqdirini o'zgartirib yuboradi. Mazkur bahsni kuzatishni tavsiya qilamiz.

00:45. Jenoa – Torino
Taxminimiz – 2:1

Joriy mavsumda o'zlarini yaxshi tarafdan ko'rsatayotgan jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv. Ikkala jamoa safida Jilardino va CHerchidek to'purar futbolchilar bor. Oxirgi 4 bellashuvda 10 ochko to'plagan genuyaliklar oldingi turda darvozabon Mattia Perinning mahorati tufayli “Milan” maydonidan ochko bilan qaytishgandi. Turinliklarga esa barqaror futbol ko'rsatishga ijrochilar etishmayapti. Lekin Ventura shogirdlari hech bir raqibga osonlikcha taslim bo'lishmayapti. “Torino” ishtirokidagi bellashuvlar ko'proq qiziqishga sabab bo'lmoqda.

1 dekabr, yakshanba
16:30. Kataniya – Milan
Taxminimiz – 1:2

Har ikki jamoa uchun juda muhim bo'lgan uchrashuv. “Kataniya” oxirgi o'ringa tushib qolgan, “Milan” ECHLda g'alaba qozongani bilan “A” seriyada 13-pog'onadan o'rin olib turibdi. Peshqadamdan 20, sovrinli o'rinlardan 14 ochko ortda qolyapti. Endi jamoaning ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Istefo Allegriga xavf solmoqda, Galliani esa ECHLda “Ayaks” bilan bahsdan so'ng istefo berishini malum qildi. Uning o'rniga klub boshqaruviga Paolo Maldini kelishi aytildi. Bu jiddiy o'zgarish bo'lishi mumkin. Tarkib borasida Allegri oldida muammolar bor. Abate va Robino ham jarohat olgan futbolchilar safiga qo'shilishdi. Mezbonlar Plashil, Bergissio va Lopes singari o'yinchilar yordamida ijobiy natijani qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi. Bizni o'ta keskin uchrashuv kutib turganiga shubha yo'q.

19:00. Atalanta – Roma
Taxminimiz – 1:1

Oxirgi 3 uchrashuvda faqat durang o'ynagan “Roma” shulardan ikkitasida o'z maydonida raqiblarga ochko tuhfa qildi. SHuningdek, so'nggi 5 bahsda rimliklar bittadan ortiq gol urishmadi. Bu esa hujumda muammolar yuzaga kelganini ko'rsatadi. Mavsum boshida ishtiyoq evaziga yorqin o'yin namoyish qilgan Rudi Garsiya shogirdlari endi o'zlariga qarshi shunday ishtiyoq bilan harakat qilayotgan jamoalar bilan bellashuvda qiyinchilikka duch kelishyapti. Yepes, CHigarini, Morales, Denis va Livaya singari yaxshi ijrochilarga ega bo'lgan Stefano Kolantuono jamoasi asosiy ochkolarni o'z maydonida to'playapti. Hozircha jamoaning o'yinlari yomon taassurot qoldirmayapti. “Roma” esa hozircha o'rtamiyona raqiblarni o'rtacha o'yin bilan yuta olmayapti. Navbatdagi ochko yo'qotishi jamoaning ahvolini murakkablashtiradi. CHunki davra oxirigacha rimliklar “Fiorentina”, “Milan”, “Kataniya”, “Yuventus” hamda “Jenoa” bilan to'qnash keladi. Oldinda “Roma”ni juda qiyin kechadigan uchrashuvlar kutyapti. “Atalanta” esa uyida shunchaki taslim bo'lmaydi. Rimliklar safida Totti, Balcaretti va Torosidis maydonga tushmaydi.

19:00. Inter – Sampdoriya
Taxminimiz – 3:2

Turdagi etiborga molik yana bir bellashuv. “Sampdoriya” boshqaruviga Sinisha Mixaylovich kelgach, genuyaliklar alohida qiziqish uyg'otishadi. “Inter” hozircha Valter Maccari qo'l ostida yaxshi o'yin namoyish qilmoqda, biroq natijalar maqtashga arziydigan darajada emas. O'rtamiyona klublar bilan bahslarda milanliklar ochkolarni boy berib qo'yishyapti. Hujumkorlik borasida jamoaning natijalari juda yaxshi. Eng muhimi, “Inter”ni Erik Tohir sotib olgach, ertangi kunga ishonch paydo bo'ldi. Darvoqe, indoneziyalik biznesmen mazkur o'yinni bevosita “Juzeppe Meacca”da tomosha qiladi. Bu mezbonlarga qo'shimcha kuch bag'ishlashi tabiiy. O'z navbatida “Sampdoriya” Gabbiyadini va Ederning faolligi evaziga qarshilik ko'rishga urinib ko'radi.

19:00. Kalyari – Sassuolo
Taxminimiz – 1:1

Haqiqiy o'rtamiyonalar va “A” seriyada qolish uchun kurashadigan jamoalar bahsi. Bu erda ortiqcha gap-so'zlarga hojat yo'q. Har ikki jamoa muhim ochkolarga ega chiqish uchun kurash olib boradi. CHunki peshqadamlardan ochko olgandan ko'ra shunday raqobatchini ochkosiz qoldirish foydaliroq. SHu sababli murabbiylarning taktik jangida kim kuchliroq chiqsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Oxirgi 3 bellashuvda 7 ochko to'plagan “Sassuolo” safida Berardi o'zini ko'rsatyapti. Biroq etakchi himoyachi sanalgan Antei diskvalifikaciya sababli o'yinni o'tkazib yuboradi. Mezbonlar safida Ibarbo va Nainggolan singari etakchilar o'yin taqdirini hal etishga urinib ko'rishadi.

19:00. Kevo – Livorno
Taxminimiz – 1:0

Veronada kechadigan bahs autsayderlar bahsiga aylanadi. Bu jamoalarni uch ochko ajratmoqda, mehmonlar yuqoriroqda borishyapti. Oxirgi 2 turda o'ziga kelgan “Kevo” bu safar ham muhim ochkolarni qo'ldan chiqarmasa kerak. “Livorno” o'z maydonidagi uchrashuvlarga ko'proq etibor qaratyapti. Mazkur uchrashuvda veronaliklar zafar quchish ehtimoli ko'proq.

22:30. Yuventus – Udineze
Taxminimiz – 3:0

“Zebra”lar bellashuvi. Har ikki jamoaning birinchi libosi o'xshash. SHu sababli ular o'rtasidagi bahsni Italiyada shunday atashadi. Mehmonlar etakchisi Antonio Di Natale jamoasi “Yuventus”ni dog'da qoldirishga urinib ko'rishini takidladi. Biroq udineliklar ushbu mavsumda safarda 6 bahsdan 5tasida imkoniyatni boy berishdi. Antonio Konte shogirdlari esa oktyabr oyi o'rtalaridan boshlab yuqori saviyaga chiqishdi. Oxirgi 5 bellashuvda turinliklar gol o'tkazishmadi va barcha o'yinda g'alaba qozonishdi. Franchesko Gvidolin har doimgidek iqtidorli futbolchilardan yaxshi jamoa tuzishga intilmoqda. Lekin “Yuventus”da tarkib va ijrochilar mahorati borasida yaqqol ustunlik mavjud. Italiya uchun xos bo'lmagan vaqtda boshlanadigan uchrashuvni tomosha qilish uchun 10 mingga yaqin bolalar tashrif buyurishadi. “Napoli” bilan bellashuvdan so'ng shimoliy va janubiy tribunalarga tiffozilarning kirishi bir o'yinga taqiqlangandi. Natijada klub rahbariyati bolalarga o'yinni kuzatish imkoniyatini tuhfa etdi.

2 dekabr, dushanba
23:00. Fiorentina – Verona
Taxminimiz – 4:2

Florenciyaga Luka Toni qaytmoqda. Biroq endi u raqib etakchisi sifatida “Artemio Franki”da maydonga tushadi. Toni “Verona” safida 5 to'p kiritib, yana 7 to'p kiritilishida bevosita ishtirok etdi. Turnir jadvalida yonma-yon borayotgan klublarning o'zaro uchrashuvida florenciyalar favorit. Vinchenco Montella shogirdlari bu mavsumda ham hujumkor futbol bilan muxlislarni xursand etib kelishyapti. ECHLda o'ynash huquqini beradigan o'rinlardan biriga davogarlik qilayotgan “Fiorentina”da bunga etarlicha imkoniyat bor. Veronaliklar mavsum arafasida “A” seriyada qolishni xohlashlarini bayon etishgandi. Lekin hozirgi o'yini bilan jamoa Evropa Ligasiga yo'llanma olish uchun kurashib ko'rsa bo'ladi. “A” seriyada qolish vazifasini “Verona” davra oxirigacha bajarib qo'ysa ajab emas.

01:00. Lacio – Napoli
Taxminimiz – 2:1

Turni Rimda o'tadigan markaziy uchrashuv yakunlab beradi. Oxirgi turlarda duranglar girdobiga tushib qolgan Vladimir Petkovich shogirdlari Xamshik va Sunigasiz qolgan “Napoli” qarshiligini sindirishga urinib ko'rishadi. Rafael Benites jamoasi so'nggi 3 bellashuvda mag'lubiyatga uchradi. “Lacio” murabbiyi keyingi yozdan SHveycariya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida Evropa OAV xabar tarqatdi, biroq buni “Lacio” prezidenti tasdiqlagani yo'q. Petkovich etiborini dushanba kuni o'tkaziladigan muhim bellashuvga qaratgan. SHiddatli kechadigan uchrashuvda mezbonlarning imkoniyati salgina yuqori.


14-tur oldidan turnir jadvali
#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Juventus13111128 - 101834
2Roma13103026 - 32333
3SSC Napoli1391324 - 121228
4Inter1375130 - 131726
5Fiorentina1373324 - 15924
6Hellas Verona1371522 - 20222
7Genoa1353514 - 15-118
8Lazio1345417 - 17017
9Parma1344518 - 20-216
10Atalanta1351714 - 17-316
11Udinese1351712 - 15-316
12Torino1336422 - 22015
13AC Milan1335518 - 20-214
14Cagliari1335513 - 20-714
15Sassuolo1334615 - 28-1313
16Livorno1333713 - 20-712
17Bologna1325615 - 25-1011
18Sampdoria1324714 - 23-910
19ChievoVerona132388 - 18-109
20Catania132389 - 23-149


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика