So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  10 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

“A” seriya, 13-tur prevyusi: Mixaylovich va Verona derbisining qaytishi Yangiliklar

“A” seriya, 13-tur prevyusi: Mixaylovich va Verona derbisining qaytishi

Apennin yarim orollarida bu hafta 13-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
SHubhasiz, turning eng etiborga molik voqealari sifatida “Sampdoriya” boshqaruvini qo'lga olgan Sinisha Mixaylovichning qadrdon jamoasi “Lacio”ga qarshi bahs bilan “A” seriyaga qaytishi va uzoq yillardan so'ng Verona derbisining bo'lib o'tishi.

23 noyabr, shanba
19:00. "Verona" – "Kevo"
Taxminimiz
– 2:1
Verona derbisiga tiffozilar oxirgi marta 2001-02 yilgi mavsumda guvoh bo'lishgandi. SHundan buyon quyi ligalarda o'ynagan “Verona” bu yil yana shaharga derbini qaytarishga erishdi. “Kevo” chempionatda yaqqol autsayder bo'lib turgani bois uchrashuvda debyutant jamoaning imkoniyati yuqori baholanyapti. Toni va Jorjino hujumda katta faollik ko'rsatsa, “Kevo”ga ancha qiyin bo'ladi. Veronadagi uchrashuv shuncha yillik kutishlarga yarasha o'tishi taxmin qilingan.

00:45. "Napoli" – "Parma"
Taxminimiz
– 3:1
Neapolda Rafael Benites shogirdlari “Parma”ni imtihondan o'tkazishadi. Roberto Donadoni jamoasi hamisha peshqadamlarga etarlicha qarshilik ko'rsatishga intilishadi. Yaqindagina terma jamoada debyutini o'tkazgan Marko Parolo va Antonio Kassanodan ko'p narsaga umid qilish mumkin. Lekin umumiy saviya borasida mezbonlar raqiblaridan etarlicha ustunlar. Bahsda “Napoli”ning g'alaba qozonishini ko'pchilik kutmoqda. Maydon egalari safida etakchi Marek Xamshik maydonga tushishi mumkin.

00:45. "Milan" – "Jenoa"
Taxminimiz
– 2:1
Butun Italiya ayni paytda “Milan”ning har bir o'yinini diqqat bilan kuzatyapti. CHunki jamoa o'ta omadsiz o'yin ko'rsatyapti. Bu safargi ochko yo'qotish klub tepasida jiddiy o'zgarishlar bo'lishiga olib kelishi mumkin. Muxlislarni esa oxirgi paytlardagi natijalar norozilik holatiga olib keldi. Jarohatlar qiynayotgan Kaka genuyaliklarga qarshi bellashuvda harakat qilishini milanliklar takidlab o'tishdi. O'rtamiyonalar qatorida o'yin namoyish qilayotgan “Jenoa” esa qarshi hujumda imkoniyatlardan foydalanishga urinib ko'radi. 13-turda “Milan” nihoyat ishqibozlarini g'alaba bilan xursand etishini taxmin qilamiz. Genuyaliklar Milanda bu jamoani 60 yildan ortiqroq vaqtdan beri mag'lub etishmagan.



24 noyabr, yakshanba
19:00. "Sassuolo" – "Atalanta"
Taxminimiz
– 1:1
Debyutant bo'lishiga qaramay, safarda “Napoli” va “Roma”dan ochko olgan Redjo Emilya shahri jamoasi barchani ajablantirdi. Domeniko Berardi esa turdan-turga to'purarlik mahoratini ko'rsatyapti. Lekin hozircha jamoa o'yinlarida barqarorlik yo'q. Bergamoliklar “A” seriyaning o'rtamiyona klublaridan biri sanaladi. Mazkur bellashuvda mezbonlarning imkoniyati ozgina yuqoriroq, lekin o'yindagi har bir holat vaziyatni keskin o'zgartirib yuborishi hech gap emas.

19:00. "Torino" – "Kataniya"
Taxminimiz
– 3:2
Alessio CHerchi va CHiro Immobile dueti “Torino”ning joriy mavsumdagi asosiy quroli bo'lib turibdi. Janubiy amerikaliklar jamoasi sanalgan “Kataniya” esa autsayderlar safida bormoqda. Turinliklar g'alaba yordamida xavfli o'rinlardan uzoqlashib olishlari mumkin. Mezbonlik faktori “Torino”ga g'alabaga erishishda yordam berish ehtimoli katta.

19:00. "Sampdoriya" – "Lacio"
Taxminimiz
– 2:1
“A” seriyada jarima zarbalaridan eng ko'p gol urgan Sinisha Mixaylovich murabbiy sifatida qadrdon chempionatiga qaytishini “Lacio”ga qarshi o'yinda amalga oshiradi! Bundan tasirliroq holatni topish qiyin, chunki rimliklar uning uchun qadrdon jamoa sanaladi. Petkovich shogirdlari bu mavsumda chempionlik uchun kurash olib borishi kutilgandi, biroq hozircha bu o'zini oqlamadi. Kloze jarohat tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. “Sampdoriya” esa Manolo Gabbyadining yorqin o'yinlarini inobatga olmasa, boshqa biror jihat bilan yodda qolmayapti. Mixaylovichga jamoadagi muhitni o'zgartirish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi, lekin ilk o'yinda uning jamoasi g'alabasi taxmin qilamiz.



19:00. "Udineze" – "Fiorentina"
Taxminimiz
– 2:2
Hujumkor futbol namoyish qiladigan ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuv Udineda bo'lib o'tadi. Di Natale va Rossi ijrosidagi harakatlar muxlislarga zavq ulashishi tabiiy. Franchesko Gvidolin shogirdlari grandlar bilan bahslarda ko'proq bo'sh hududlarga ega bo'lishlari sababli juda yaxshi o'yin namoyish qilishadi. Vinchenco Montella esa CHempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqishga kurashadigan jamoa tuzishga urinyapti. O'yinda gollarga boy durang qayd etilishi mumkin. Mehmonlar safida Mario Gomesning safga qaytishi kutilmoqda.

19:00. "Livorno" – "Yuventus"
Taxminimiz
– 1:3
Livornoga safar uyushtiradigan Antonio Konte shogirdlari himoyachilar masalasida katta muammolarga duch kelishgan. Ogbonna va Bonuchchi diskvalifikaciya, Lixtshtayner va Islada jarohat bor. Barcali ham o'ynay olmasligi mumkin. Bunday holatda Konte maydonga Kellini, Kaseres va Peluzoni tushirish ehtimoli mavjud. Lekin yarim himoya va hujumda barcha etakchilar o'ynashga tayyor holatda turibdi. Mezbonlar esa chempionatni o'rtacha o'tkazishmoqda, bu jamoa “A” seriyada o'rnini saqlab qolishga urinadi. Tarkibdagi yo'qotishlarga qaramay, mehmonlarning g'alaba qozonish imkoniyati ancha yuqori.



00:00. "Bolonya" – "Inter"
Taxminimiz –
1:3
“Bolonya” Jilardinosiz o'ynashga qiynalmoqda. Diamantidek hujumlar tuzuvchi futbolchiga ega bo'lgani bilan ularni yakunlay oladigan hujumchining yo'qligi jamoaga qimmatga tushmoqda. “Inter” esa barqaror o'ynamayapti, lekin autsayderlarni bemalol mag'lub etadigan saviyaga ega. Zanettining safga qaytishi futbolchilar ruhiyatini ko'tarib yuborgan bo'lishi tabiiy.

25 noyabr, dushanba
00:45. "Roma" – "Kalyari"
Taxminimiz
– 2:1
Tur dushanba kuni Rimdagi bahs bilan yakuniga etadi. Oxirgi 2 turda ochko yo'qotgan “Roma” bu safar “Kalyari”ni qabul qiladi. Rudi Garsiya Totti va Jervino xizmatidan foydalana olmaydi. SHuningdek, De Rossida ham kichik jarohat bor. Bu yarim himoyachisiz rimliklarga ancha qiyin bo'lishi turgan gap. Greciyalik Torosidis ham 3 haftacha “Roma”ga yordam bera olmaydi. Mehmonlar safida o'tgan hafta jamoa bilan shartnoma imzolagan “Real”ning sobiq posboni Adan maydonga tushishi mumkin. Bellashuvda mezbonlarning kichik hisobdagi g'alabasini taxmin qilamiz. Aks holda, vaziyat rimliklar uchun salbiy tomonga o'zgarib ketadi.


FIFA.UZ da Italiyada ushbu tur dedlayni 15:00da tugaydi. SHoshiling.


#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

Ochk

1

Roma

12

10

2

0

26 - 3

32

2

Juventus

12

10

1

1

26 - 10

31

3

SSC Napoli

12

9

1

2

24 - 11

28

4

Inter

12

7

4

1

29 - 12

25

5

Fiorentina

12

7

3

2

24 - 14

24

6

Hellas Verona

12

7

1

4

22 - 19

22

7

Genoa

12

5

2

5

13 - 14

17

8

Lazio

12

4

4

4

16 - 16

16

9

Atalanta

12

5

1

6

14 - 15

16

10

AC Milan

12

3

4

5

17 - 19

13

11

Parma

12

3

4

5

17 - 20

13

12

Udinese

12

4

1

7

11 - 15

13

13

Cagliari

12

3

4

5

13 - 20

13

14

Torino

12

2

6

4

18 - 21

12

15

Livorno

12

3

3

6

13 - 18

12

16

Bologna

12

2

4

6

14 - 24

10

17

Sassuolo

12

2

4

6

13 - 28

10

18

Sampdoria

12

2

3

7

13 - 22

9

19

Catania

12

2

3

7

8 - 19

9

20

ChievoVerona

12

1

3

8

7 - 18

6

 

Behzod Nazarov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика