So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

A PRO-Liga. “Neftchi” “SHo'rtan”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-Liga. “Neftchi” “SHo'rtan”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (batafsil sharh)

Teglar :  SHo'rtan Neftchi
Pro-Liga "A" guruhi 3-turida “Neftchi” o'z maydonida “SHo'rtan”ni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim 12-daqiqasidayoq “Neftchi” vakillari raqiblari darvozasiga tezkor gol kiritishni uddasidan chiqdilar. Tajribali Bahodir Akramov uzoq masofadan gol kiritib, “Neftchi”ni oldinga olib chiqdi – 1:0. SHundan so'ng “SHo'rtan” jamoasi vakillari hisobni tenglashtirish uchun hujumkorlikni oshirdilar. Mehmonlar tomonidan uyushtirilgan hujumlar xavfli ko'rinish hosil qilgan bo'lsada, samarasiz yakunlandi. Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan pallada “SHo'rtan” vakilari o'z jarima maydonlari ichida mezbonlar futbolchisi Xurshid Asqaralievni yiqitishdi va bosh hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan “Neftchi”ning yosh xujumchisi Xamidullo Abduhamidov zarbada adashmadi – 2:0. 

Birinchi bo'lim shu tariqa “Neftchi”ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini “SHo'rtan” vakillari faol tarzda boshlashdi. Yaratilayotgan vaziyatlar, ketma-ket hujumlar “Neftchi” himoyachilari va posboninining tartibli harakatlari evaziga bartaraf etildi. 71-daqiqaga kelib zahiradan o'yinga qo'shilgan mezbonlar futbolchisi Davron Isoqovning uzatmasidan so'ng yana o'sha Xamidullo Abduxamidov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib “SHo'rtan” darvozasini ishg'ol qildi – 3:0. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotganda mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimov uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, “SHo'rtan ” darvozasini ishg'ol etdi – 4:0. Uchrashuv shu tarqia maydon eaglarining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

PRO-liga. "A" guruhi.
3-tur
“Neftchi”-“SHo'rtan” 4:0 (2:0)
Gollar:
Bahodir Akramov, 12 (1:0), Xamidullo Abduxamidov 45+1-pen (2:0), Xamidullo Abduxamidov, 71 (3:0), Islombek Karimov 90+3, (4:0)
Hakamlar: SH.Nasibullaev, X.Baxodirov, O.Kalaxo'jaev, M. Fozilov.
Nazoratchi: I.Nexochin.
Komissar: S.Qudratullaev.
"Neftchi": 12. Muzaffar Abdullaev, 4. SHodiyor Xojimatov, 5. Ruslan Meleziddinov, 6. Baxodir Akramov, 7. Islombek Toshpo'latov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 10. Xurshid Asqaraliev,
11. Xamidullo Abduxamidov, 13. Jamshid Qobulov, 20. Dilyor Irmatov, 77. Islombek Karimov.
Zaxira: 21. Farrux Turdaliev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 3. Davron Mamatov, 8. Doston Abdurahmonov, 15. Mirjamol Nematov, 17. Ilxom Vaxobov, 18. Davron Isaqov
“SHo'rtan”: 1.Botir Nosirov, 2.Nurali Padarov, 5.Sunnatillo Mamadaliev, 6.Xolmurod Xolmurodov, 7.Olimjon Karimov, 8.Sirojiddin Rahmatullaev, 10. Marufxon Murodov, 14.Akrom Bahromov, 22.Farhod Nomozov, 26.Qahramon Bahodirov, 28. SHerzod Temirov.
Zaxira: 1.Akmal Rahimov, 3.Hasanboy Ergashev, 11. Jasur Xolto'raev, 18.Samandar SHodmonov, 8.Islom SHodmonov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика