So’nggi yangiliklar

07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  1 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  2 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  13 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  12 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  33 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0

A PRO-Liga. Joriy mavsum yakunlari bo'yicha jamoalarda ko'rsatkichlar qanday? Yangiliklar

A PRO-Liga. Joriy mavsum yakunlari bo'yicha jamoalarda ko'rsatkichlar qanday?

Teglar :  MashalA PRO-Liga
Jami 8 ta jamoa ishtirok etgan xolda 4 davralik tizimda o'tkazilgan A PRO-Liga musobaqasining joriy mavsumi yakunlariga ko'ra, Muborakning "Mashal" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Keling, bugun sizlar bilan A PRO-Liganing 2019-yilgi mavsumida jamoalar tomonidan qayd etilgan natijalarni tahlil qilamiz.

1. "MASH'AL". Jami 55 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan muborakliklar joriy mavsumda o'tkazilgan 28 ta turda jami 16 bor g'alaba, 7 marta durang natija hamda 5 bor mag'lubiyat qayd etganliklarini takidlash joiz. "Mashal" ushbu mavsumda raqiblari darvozasiga 49 ta gol kiritib, o'z darvozasidan 24 marta to'p o'tkazib yubordi. Etiborlisi muborakliklar joriy mavsumda eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa sifatida namoyon bo'ldilar.


2. "ISTIQLOL". Butun mavsum davomida musobaqa jadvalida peshqadamlik uchun kurashib kelgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi joriy mavsumda 53 ochko bilan A PRO-Ligada ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. "Istiqlol" o'tkazilgan 28 turda jami 16 ta g'alaba, 5 durang, 7 ta mag'lubiyat qayd etdi. Raqiblari darvozasini 61 bor ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan farg'onaliklar mavsum davomida eng ko'p gol urgan jamoa sifatida tarixda qoladigan bo'ldilar. SHu bilan ular o'z darvozalaridan 28 bor to'p olib chiqqanliklarini takidlab o'tish joiz.


3. "OQ-TEPA". O'tkazilgan 28-turda 16 ta g'alaba, 3 durang, 9 mag'lubiyat qayd etgan toshkentliklar jami 51 ochko bilan A PRO-Ligada uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar. "Oq-Tepa" jamoasi vakillari joriy mavsumda raqiblari darvozasiga 59 ta gol kiritib, 42 ta o'tkazib yubordilar. SHu o'rinda "Oq-Tepa" jamoasi hujumchisi Pavel Purishkin jami 19 ta gol bilan joriy mavsum to'purariga aylanganligini takidlash o'rinli bo'lardi.


4. "NEFTCHI". Ilk bor PRO-Liga musobaqasida ishtirok etgan O'zbekistonning 5 karra chempioni Farg'onaning "Neftchi" jamoasi joriy mavsumda jami 15 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat qayd etgan xolda 48 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Farg'onaliklar o'tkazilgan 28 ta turda raqiblari darvozasiga 37 ta gol kiritib, 26 ta o'tkazib yubordilar.


5. "SHO'RTAN". G'uzorliklar joriy mavsumda o'tkazilgan 28 ta turning 15 tasida g'alaba qozonishni uddasidan chiqdilar. SHuningdek 3 bor durang va 10 mag'lubiyat qayd etgan xolda "Neftchi" jamoasi bilan bir xil 48 ochko jamg'ardilar. O'zaro bahslardagi ustunlik farg'onaliklar tomonida bo'lganligi sababli "SHo'rtan" musobaqa jadvalining 5-pog'onasidan joy oldi. G'uzorliklar raqiblari darvozasiga 56 ta gol kiritib, 36 ta o'tkazib yubordilar.


6. "XORAZM"
. Jami 14 g'alaba, 5 durang, 9 mag'lubiyat qayd etgan "Xorazm" jamoasi "Neftchi" va "SHo'rtan"dan atigi bir ochko kam, yani 47 ochko bilan A PRO-Ligada oltinchi o'rinni egalladi. Xorazmliklar joriy mavsumda raqiblari darvozasiga 55 ta gol kiritib, 37 bor o'z darvozalaridan to'p olib chiqishga majbur bo'ldilar. SHu o'rinda jamoa sardori, tajribali posbon G'ayrat O'daev ko'plab uchrashuvlarda mahorat ko'rsatib, "Xorazm"ni gollardan saqlab qolganligini alohida aytib o'tish joiz.

7. "SHERDOR". Samarqandliklar 2019-yilgi A PRO-Ligada 4 bor g'alaba, 2 ta durang va 22 ta mag'lubiyat qayd etgan xolda 14 ochko bilan ettinchi pog'onadan joy oldilar. "SHerdor" vakillari raqiblari darvozasiga 36 ta gol kiritib, 73 bor gol o'tkazib yubordilar.

8. "IFTIXOR". Musobaqadan chetlatilganligi tufayli mavsumni oxiriga etkaza olmagan oltiariqliklar 1ta g'alaba, 2 durang va 25 mag'lubiyat (texnik mag'lubiyatlar qo'shib hisoblangan) qayd etdilar. Jami 5 ochko jamg'ara olgan "Iftixor" musobaqa jadvalida so'ngi o'rinni egalladi. O'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazgan jamoa sifatida qayd etilgan "Iftixor" raqiblari darvozasiga 16 ta gol kiritib, 103 ta o'tkazib yuborganligini etirof etish joiz.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика