So’nggi yangiliklar

15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  2 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  16

A PRO-Liga. Farg'ona viloyati derbisida “Istiqlol” g'alaba qozondi Yangiliklar

A PRO-Liga. Farg'ona viloyati derbisida “Istiqlol” g'alaba qozondi

A Pro-Liga 8-turida "Istiqlol" va “Iftixor” jamoalari o'rtasida Farg'ona viloyati derbisi o'tkazildi.

Bellashuvning birinchi bo'limi dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa vakillari raqib darvozasini ishg'ol etish maqsadida hujumkor o'yin namoyish etdilar. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib «Istiqlol» jamoasining 17-raqamli futbolchisi Anvar Hojimirzaevda ikkita qulay imkoniyat yuzaga keldi, uning dastlabki zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytgan bo'lsa, ikkinchi zarbasini «Iftixor» himoyachisi deyarli darvoza chig'ig'i ustidan qaytarib qoldi. Birinchi bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi - 0:0.




Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning 83-daqiqasida «Istiqlol» futbolchisi Sardorbek Sotvoldiev hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi – 1:0. Farg'ona viloyati derbisi shu tariqa «Istiqlol» jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.



PRO-liga. "A" guruhi.
8-tur
“Istiqlol”  - “Iftixor" – 1:0 (0:0)
Gol:
Sardorbek Sotvoldiev 83-pen. (1:0)
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukrulloev, Hasan Nabiev, D.Tilloev, Ravshan Kopadze
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jahongir Rahmatullev
"Istiqlol": 1.Rustam Nartadjiev, 3.Farrux Ibrohimov, 4. Jasurbek Ermamatov, 8.Sardorbek Sotvoldiev, 14.Rustamjon Abduhamidov, 17.Anvarjon Xojimirzaev, 19. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 20.Ulug'bek Xudayberdiev, 22. Sardor Telyakov, 30.Eldor Ergashev, 77. Umidjon Qodirov
Zaxira: 16.SHuxratillo Raxmonov, 2. SHerzodbek Sodiqjonov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7.Riza Ayvazov, 9. Abduqodir Artikov, 11.Anvar Berdiev, 13. Timur Sultonov, 18. SHoxrux Boyqo'ziev, 21. Elyor Mamasoliev
"Iftixor": 1. Malik Abdulaziz Burxonov, 2.Ahmadxon Ro'ziboev, 4.Davronbek Qoraboev, 5.Asrorbek Tilovoldiev, 10. Dostonbek Bobojonov, 18. Nodirxon Kamolov, 20.Izzatbek G'aniev, 21.Jamshid To'raqulov, 25.SHoxruh Yuldashev, 77.Abdumalik Toshpo'latov, G'iyosjon Tursunov
Zaxira: 16.Dilxushbek Mo'ydinov,3. Javohir Azamov, 8. Olloyor Solijonov, 9.Dostonjon Rashidov, 13.SHuxratjon O'rinboev, 14.Bekzod Aliev, 17.Nurullo Mirzajonov, 22.Ozodbek Davronbekov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика