So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

A PRO-Liga. Farg'ona derbisida “Neftchi” mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

A PRO-Liga. Farg'ona derbisida “Neftchi” mag'lubiyatga uchradi

A PRO-Liganing 9-turida “Neftchi” o'z maydonida “Istiqlol”ni qabul qildi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa vakillari dastlabki daqiqalardanoq hujumkor o'yin namoyish etishdi. Birinchi bo'lim 22-daiqasiga kelib uchrashuvda hisob ochildi. Qanotdan uzatib berilgan to'pni “Istiqlol” futbolchisi Rustam Abduhamidov aniq zarba bilan “Neftchi” darvozasiga joylab qo'ydi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

O'tkazib yuborilgan goldan so'ng “Neftchi” hujumkorlikni oshirdi. Mezbonlar ketma-ket uyushtirilgan hujumlar, xavfli vaziyatlar sodir etgan bo'lsalarda, raqib darvozasiga gol ura olishmadi. Birinchi bo'lim 0:1 hisobida yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limni “Neftchi” shiddatli hujumkorlar bilan boshladi. Lekin vaziyatlar gol bilan yakunlanmadi. “Istiqlol” himoyachilari ketma-ket uyushtirilayotgan hujumlarni bartaraf etishdi.

SHu kuni himoya va hujumda tartibli harakat qilgan “Istiqlol” futbolchilari “Neftchi” darvozasiga ikkinchi golni ham kiritishgandi, biroq yon hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etdi va gol inobatga olinmadi.

SHu kuni “Neftchi” futbolchilari raqib darvozasini ishg'ol etish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, ularnig xech biriga gol urish nasib etmadi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar futbolchisi Islombek Karimov jarima zarbasidan hisobni tenglashtirishi mumkin edi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi, hisob o'zgarmay qoldi Uchrashuv 0:1 hisobida “Istiqlol” jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.


A PRO-Liga.
9-tur.
“Neftchi” – “Istiqlol” 0:1 (0:1)
Hakamlar:
A.Nadjafaliev, S.Nishonboev, N.Afinogenov, M.Fozilov.
Nazoratchi – S.Ermatov
Komissar: Z.Akramxonov
Gol: Rustam Abduxamidov, 22 (0:1)

"Neftchi": 16.Xurshid Muxammadov, 2.Asilbek G'oyibjonov, 7.Islom Toshpo'latov, 10.Xurshidbek Asqaraliev, 13.Jamshid Qobulov, 14.Abjujalil Manazarov, 15.Mirjamol Nematov, 17.Ilxomjon Vahobov, 18.Davron Isaqov, 19.Alisher Abduvoxidov, 77.Islombek Karimov
Zahira: 1.Rasul Abdumo'minov, 11.Xamidullo Abduxamidov, 20.Dilyorbek Ermatov. 23.SHaxzodbek Usmonov, 25.Azizbek Muxtorov, 41. Begzod Xomidov, 93. Doniyor Madaminov.
"Istiqlol": 1.Rustam Nartadjiev, 3.Farrux Ibroximov, 4.Jasur Ermamatov, 5.Abduxoliq Qurbonov, 21.Elyor Mamasoliev, 14. Rusatm Abduxamidov, 17. Anvar Xojimirzaev, 8.Sardor Sotvoldiev, 19.Fayzullo Jumanqo'ziev, 30.Eldor Ergashev, 77.Umid Qodirov.
Zahira: 12.Jasurbek Abdullaev, 4.Jasurbek Ermamatov, 7.Riza Ayvazov, 9.Abduqodir Artikov, 10.Elyorjon Akbarov, 11.Anvar Berdiev, 18. SHoxrux Boyqo'ziev, 20.Ulug'bek Xudoyberdiev, 22.Sardor Telyakov


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика