So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  6 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

780 million ishqiboz ko'radigan super o'yin prevyusi Yangiliklar

780 million ishqiboz ko'radigan super o'yin prevyusi

Italiya A Seriyasining 11-turidan o'rin olgan markaziy o'yin so'zsiz "San Siro"da "Milan" - "Yuventus" o'rtasida kechadi.

Turnir jadvali
A Seriyaning 10-turidan keyin yozdagi transfer bozorida millionlarni sarflagan "Milan" turnir jadvalida atiga 16 ochko bilan 8-o'rinni band etib turibdi. Montella jamoasi o'tkazilgan 10 o'yindan 5tasida g'alaba qozondi va turnir jadvalidagi 9ta jamoadan kamroq gol urdi.

Agarda faqat uydagi o'yinlarni hisobga oladigan bo'lsak, "Milan" bu jadvalda ham 8-o'rin bilan kifoyalanmoqda.

Jamoa o'z uyidagi oxirgi uchta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bu albatta "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan jamoaga qo'shimcha bosim yuklashi aniq.

Allegri boshchiligidagi "Yuve" esa 25 ochko bilan kuchli-uchlikni yakunlab turibdi. Turinliklar "Inter"dan 1 ochkoga, "Napoli"dan esa 3 ochkoga ortda qolishmoqda. Ammo "Yuventus" A Seriyada hozirgacha eng ko'p gol (31) urgan jamoa bo'lib turibdi.


"Milan"
Bu o'yin nafaqat Italiyada, balki butun jahon bo'yicha katta qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. Bugun "San Siro"da anshlag bo'lishi aniq. O'yinga chiqarilgan barcha chiptalar sotib bo'lingan. Italiya klassikosini 200dan ortiq davlatda 780 million muxlis tomosha qilishi kutilmoqda.
Jamoa o'yiniga keladigan bo'lsak, Montella jamoasi kuchli raqiblarga qarshi o'ynay olmaslik sindromini bugun engib o'tishi kerak bo'ladi.
O'tgan turda "Kevo" bilan bo'lgan bellashuvdagi sifatli o'yin va yirik g'alaba jamoani inqiroz ko'chasidan chiqib ketishiga yordamlashishi kerak.

Leonardo Bonuchchi diskvalifikaciya tufayli o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. Bugun muxlislar Bonuchchining "Yuve"ga qarshi to'p tepishini ko'ra olishmaydi. Bonuchchining yo'qligi tufayli "Milan"ni Suso sardorlik bog'ichi bilan maydonga boshlab tushishi mumkin.


"Yuventus"
Turinliklar hozir biroz qiyin vaziyatga tushib qolishgan. "Yuventus"ni kelgusi hafta boshida ECHL doirasidagi "Sporting"ga qarshi kechadigan o'ta muhim uchrashuv kutmoqda. Ammo Allegri ayni paytda "Milan" bilan bo'ladigan bahs haqida bosh qotirishga majbur. Aynan shu jihat "Yuventus" futbolchilariga bugun halal berishi mumkin. Agarda jamoa hayolida "Sporting"ga qarshi o'yin bilan tushadigan bo'lsa, unda bu turinliklarning zarariga ishlashi aniq.
Ammo "Yuventus" futbolchilari katta tajribaga ega va o'zlarining principial raqiblariga qarshi qanday o'ynash kerakligini juda yaxshi bilishadi. Bu o'yinga aslida ularni ortiqcha tayyorlash ham shart emas. To'qnashuvning afishasini o'zi futbolchilarga etarlicha motivaciya bag'ishlashi tabiiy. Faqatgina turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib futbolchilar bo'shashib qolishmasa bo'lgani.

Allegri qo'l ostida jamoa har mavsum boshida kichik inqirozni boshdan kechiradi. Joriy mavsumda ham bu narsa jamoani chetlab o'tmayapti. Ayni paytdagi "Yuventus"ning avvalgisidan farqi nimada, deb savol qo'yiladigan bo'lsa, unda javob aniq. Mavsum boshidagi "Yuve" barcha o'rganib va bilib olgan jihati, yani himoyasi bilan emas, balki hujumi bilan kuchli.



A Seriya, 11-tur.
"Milan" - "Yuventus" (21:00)
"San Siro" stadioni.
Bosh hakam
: Paolo Valeri.

O'zaro o'yinlar statistikasi: 171 o'yin:

("Milan"- 49 g'alaba, 60 durang va 62 mag'lubiyat)
("Yuventus" - 62 g'alaba, 60 durang va 49 mag'lubiyat)

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика